Tizim haqida

Yagona milliy mehnat tizimi – mehnat bozori va bandlik, mehnat resurslari balansi, tashkil etilayotgan ish o‘rinlari haqidagi xolis, muntazam yangilab boriladigan ma'lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan, ish beruvchilar va xodimlarga mehnat munosabatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, ishga joylashishning shaxsga doir tarixi, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari, xodimlarning son va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirish hamda saqlash uchun maydoncha taqdim etadigan axborot tizimi.

Yagona milliy mehnat tizimining asosiy maqsadi – xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularning mehnat stajini hisoblash mexanizmini takomillashtirish, ijtimoiy-mehnat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.

Yagona milliy mehnat tizimi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- xodimning mehnat stajini hisobga olish va pensiya to‘lovlarini hisoblashni osonlashtiradigan elektron mehnat daftarchani shakllantirish;

- bandlik sohasidagi davlat siyosati samaradorligini oshirish;

- xodimlarning miqdoriy va sifat tarkibi, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida oshkora ma'lumotlarni shakllantirish;

- ish o‘rinlarining attestasiyasi natijalari monitoringi amalga oshirish;

- mehnat bozori, mintaqalar, yosh va jins omillari, sohalar va mutaxassisliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab va taklifning rivojlanishini bashorat qilish.


Normativ-hujjatlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2019 y. ““Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-sonli qarori. 

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2019 y. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 971-sonli qarori.

fikr almashish: