Mehnat va bandlik sohasiga oid atamalarning izohli lug'ati
-
Administrator (lot. adminstrator – boshqaruvchi)
Muassasa, jamoa, kompaniyani boshqaruvchi mansabdor shaxs.
-
Agentlik (lot. agere – boshqarmoq, yetaklamoq)
O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv tizimining muayyan soha yo‘nalishi va uning mahalliy bo‘limi hisoblanadi, shuningdek ayrim axborot, vositachilik va shu kabi muassasalarning nomi.
-
Aholi
Maʼlum bir maʼmuriy hududda va muddatda (yil, chorak, oy) yashovchi odamlar soni.
-
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi
Aholining ish bilan bandligini rag‘batlantirish bo‘yicha faol chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida respublika tumanlarida faoliyat ko‘rsatuvchi davlat ijroya muassasasi.
-
Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi
Davlat miqyosidagi barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholini bandlik darajasini oshirib borish prognoz ko‘rsatkichlari, o‘sha prognoz ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq muddatlarni va masʼul ijrochilarni o‘z ichiga olgan, belgilangan, respublika va hududiy idoralar tomonidan tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi.
-
Aholi daromadlari
Bu aholi yoki uning aʼzolari tomonidan maʼlum davr ichida bir oy, bir yilda olingan mablag‘ shakli yoki natural qiymatga ega ne’matlar miqdori.
-
Aholining demografik holati
Demografik vaziyat maʼlum bir hududda, maʼlum bir vaqt ichida demografik hodisalarni to‘playdigan bir qator ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ularning asosiylari – tug‘ilish, o‘lim, migratsiya, nikoh, ajralish hisoblanadi. Globallashuv sharoitida har qanday mamlakatning ijtimoiy barqarorligi va milliy xavfsizligi uchun oila, jamiyat va davlat manfaatlarining muvozanatlashgan qulay demografik holatini taʼminlash juda muhimdir.)
-
Aholining demografik rivojlanishi
Tarixiy taraqqiyotning erishilgan natijasi sifatida aholi sonini saqlash jarayoni. Aholi sifatining pasayishi tufayli bu chora keskin ravishda buzilsa, demografik inqiroz yuzaga keladi va natijada demografik rivojlanish to‘xtab, “demografik turg‘unlik” paydo bo‘ladi.
-
Aholining ijtimoiy muhtoj toifalari
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar.
-
Aholining ijtimoiy tarkibi
Aholining turmush sifati va daromad darajasiga taalluqli ko‘rsatkichlarga asosan taqsimlanishi.
-
Aholining jinsiy tarkibi
Aholining erkak va ayollarga taqsimlanishi.
-
Aholining ish bilan bandligi
Qonunchilikka zid bo‘lmagan va qoida tariqasida, ularga daromad olib keladigan, shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq fuqarolarning mehnat faoliyati.
-
Aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashish
Ish axtarayotgan fuqarolarga tashkiliy, maʼmuriy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha davlat idoralarining aholini ishga jalb qilish chora-tadbirlar tizimi.
-
Aholining ish bilan bandlik darajasi
Davlat va uning hududlarida iqtisodiy-ijtimoiy holatni nazorat qilish borasida maʼlum yoshdagi ish bilan band aholining tegishli yosh guruhining umumiy aholisiga nisbati, foiz hisobida aniqlanadi.
-
Aholining ish bilan bandlik darajasini tadqiqot qilishda intervyuer o‘rni
Ushbu holatni o‘rganish jarayonida hududda tanlash ro‘yxatiga tushgan uy xo‘jaliklari aʼzolaridan so‘rovnoma asosida intervyu (suhbat) o‘tkazadigan hududiy mehnat organlari vakili intervyuer hisoblanadi.
-
Aholini ish bilan bandligu
Fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq, qonunchilikka zid bo‘lmagan va qoida tariqasida ularga daromad olib keladigan mehnat faoliyati.
-
Aholini ish bilan band qilish kafolati
Xodimning ish joyi ayrim sabablarga ko‘ra tugatilganda (texnologik o‘zgarishlar, korxona ishlab chiqarish turi o‘zgarishi) xodimga maʼmuriyat boshqa ish joyini taklif etishi va boshqa lavozimga joylashtirish kafolatlatini saqlab qoladi.
-
Aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashish
Ish axtarayotgan fuqarolarga tashkiliy, maʼmuriy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha davlat idoralarining aholini ishga jalb qilish chora-tadbirlar tizimi.
-
Aholini ish bilan band qilish siyosati
Davlat va jamiyatni rivojlantirish maqsadlari uchun ishsiz shaxslarning ijtimoiy-mehnat jarayoniga to‘laqonli jalb etilish va fuqarolarni mehnatga rag‘batlantirish borasidagi chora-tadbirlar majmuasidir.
-
Aholini ish bilan band qilish tizimining funksiyasi
Jamiyatda vaqtinchalik mavjud ishsizlar oqimi (bir yil, chorak, oy uchun) va iqtisodiy sektordagi yangi barpo etilgan va bo‘sh bo‘lgan ish o‘rinlari o‘rtasidagi muvozanatga bog‘liqdir. Tizimning asosiy iqtisodiy – ijtimoiy funksiyasi – o‘sha o‘zgaruvchan muvozanatda jamiyatdagi vaqtinchalik ishsizlarni ishga jalb qilish jarayonining samaradorligini ifoda etadi.
-
Aholini ish bilan bandligini o‘lchash barometri
Davlatimizdagi firma va korxonalarda o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asosan ish beruvchilarning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari haqida maʼlumot beruvchi indeks hisoblanadi. Ushbu barometr o‘tkazilgan har bir so‘rovnomaga nisbatan keyingi
-
Aholi jon boshiga daromadi
Bu oilaning har bir aʼzosiga oyiga to‘g‘ri keladigan umumiy daromadining ulushidir.
-
Aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot (YaIM)
Bu mamlakatning har bir kishiga iqtisodiy ishlab chiqarish hajmini taqsimlaydigan ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakat YaIMini aholi soniga bo‘lish orqali hisoblanadi.
-
Aholining mexanik harakati
Aholining yashash joyini o‘zgartirish maqsadida mamlakat chegaralari yoki har qanday hududdan ko‘chishi (migratsiyasi) hisoblanadi.
-
Aholi migratsiyasi
Aholini bir hududdan boshqa (yoki bir davlatdan boshqa davlatga) doimiy (yoki vaqtinchalik) yashash (yoki ishlash, o‘qish) maqsadida joyini o‘zgartirish jarayoni. Tashqi (mamlakat tashqarisida) va ichki (mamlakat ichida) migratsiya harakatlari mavjud.
-
Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar
Yashash joyidagi aholini ro‘yxatga olish va olib tashlash uchun ichki ishlar xizmatining hududiy organlari tomonidan tuzilgan kelish va ketish bo‘yicha statistik hisoboti.
-
Aholining migratsion o‘sishi
Maʼlum bir vaqt ichida hududga kelganlar va ushbu hududdan tashqariga chiqqanlar o‘rtasidagi farqning mutlaq soni.
-
Aholining pul daromadlari
Ish haqi, ijtimoiy transferlar, mulkdan tushgan daromad, tadbirkorlik faoliyati, shuningdek shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari mahsulotlarini sotish va boshqa turdagi (aliment, yig‘im, xayriya yordami va boshqalar) ko‘rinishidagi maʼlum bir davr davomidagi pul tushumlar miqdori.
-
Aholi sonining tabiiy o‘sish koeffitsiyenti
Tug‘ilish va o‘limning umumiy koeffitsiyentlari orasidagi umumiy farqidir. Promilleda hisoblab chiqiladi.
-
Aholining sonining tabiiy o‘sishi
Maʼlum bir vaqt ichida tug‘ilganlar va o‘lganlarning soni o‘rtasidagi farqning mutlaq raqami hisoblanadi. Uning harakat natijasi ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin.
-
Aholining tabiiy harakati
Maʼlum bir hududda aholi sonining o‘zgarishiga olib keladigan tug‘ilish va o‘limlar to‘plamining umumiy ifodasi.
-
Aholi turmush darajasi
Aholining asosiy moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich. (oziq - ovqat, uy-joy, xizmatlar, taʼlim, sog‘liqni saqlash va boshqalar). Bu ko‘rsatkich aholining isteʼmolini ilmiy asoslangan meʼyorlarga yoki maʼlum vaqt ichida yoki maʼlum bir mamlakatda (mintaqada) erishilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
-
Aholining tug‘ilish koeffitsiyenti
Doimiy aholi soniga nisbatan tug‘ilishning intensivligini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Bu yil davomida tirik tug‘ilganlarning umumiy sonining o‘rtacha yillik aholi soniga nisbati. Odatda, u aholi 1000 kishi uchun hisoblanadi.
-
Aholining yosh tarkibi
Yosh haqidagi maʼlumotlar aholini har 10 yilda bir marotaba aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, jumladan, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralishlarni o‘z ichiga qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar majmuasi.
-
Akkreditatsiya (lot. accredo-"ishonch")
Obʼyektning belgilangan meʼzon va ko‘rsatkichlarga (standartga) muvofiqligini rasmiy tasdiqlash tartibi.
-
Amaliy tadqiqotlar
Amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlarni va fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalda qo‘llashga qaratilgan ilmiy faoliyat.
-
Annuitent (frans. annuite – yillik badal)
O‘ziga nisbatan annuitetlar shartnomasi tuzilgan va joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.
-
Annuitetlar shartnomasi
Sug‘urtalovchi annuitetlar shartnomasiga asosan kelishilgan to‘lovni (sug‘urta mukofotini) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta miqdori doirasida sug‘urta tovonini to‘lashga qaratilgan majburiyatini belgilovchi shartnoma hisoblanadi.
-
Annuitentlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mablag‘i
Jabrlanuvchiga (naf oluvchiga) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini to‘lashni nazarda tutadigan va etkazilgan zararni qoplash uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdori.
-
Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi
Sug‘urtalangan shaxsning shartnoma amal qiladigan davrdagi joriy to‘lov tarzida sug‘urta tovonini to‘lash sanasigacha yashashi hisobga olinadi.
-
Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi
Hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
-
Antitsiklik siyosat
Makroiqtisodiy siyosat, bunda hukumat tanazzul paytida xarajatlarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy o‘sish va normal o‘sish davrida “fiskal makon” ni yaratadi.
-
Aprobatsiya (lot. approbatio – “maʼqullash, tan olish”)
Haqiqiy sharoitda, ishning rejalashtirilgan tarkibi (turlari), taʼlim va maxsus tayyorgarlik darajasining amalda bajarilgan ish hajmiga va malaka darajasiga muvofiqligini tekshirish.
-
Aqliy mehnat
Murakkab mehnat jarayonining turi, asosan insonning intellektual qobiliyatidan foydalanish bilan bog‘liqligi bilan tavsiflanadi.
-
Ariza beruvchi
Davlat organiga so‘rov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
-
Asosiy ish haqi
Bu ish haqining nisbatan doimiy qismi, shu jumladan tarif stavkalari bo‘yicha to‘lovlar, rasmiy maoshlar, stavkalar va O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida, tarmoq kelishuvlari, jamoaviy va (yoki) mehnat shartnomalarida nazarda tutilgan doimiy to‘lovlar.
-
Asosiy ish sharoitlarini o‘zgartirish
Ish haqi tizimidagi o‘zgarishlar, ish vaqti, shu jumladan to‘liq bo‘lmagan ish vaqtini belgilash yoki bekor qilish, kafolatlarning o‘zgarishi, ish haqining kamayishi, nomaʼlum muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan xodim bilan shartnoma tuzish taklifi, shuningdek, Mehnat kodeksiga muvofiq belgilangan boshqa shartlar.
-
Assotsiatsiya (lot. assosio – birlashish, qo‘shish)
Umumiy maqsadga va vazifalarga erishish uchun tuzilgan nodavlat, notijorat uyushma, ittifoq, guruh.
-
Attestatsiya (lot. attestatio – guvohnoma)
Xodimning mavjud bir davrda bilim darajasining egallab turgan lavozim vazifalari talablariga, u daʼvo qilgan ish joyiga (lavozim) muvofiqligini aniqlash; xodimning malaka darajasiga muvofiq ish haqi toifasini belgilash.
-
Attestatsiya komissiyasi
Xodimlarni attesstatsiya qilish jarayoninining barcha bosqichlarida mehnat sharoitlari, mavjud texnik-texnologik jarohatlanish havfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attesstatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, unga rahbarlik qilish va uni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarning butun kompleksini amalga oshirish uchun korxona rahbarining qarori bilan tashkil etiladigan komissiya.
-
Attestatsiya komissiyasi xulosasi
Xodimning egallab turgan lavozimga loyiqligi hamda uning bilim va malaka darajasi haqidagi belgilangan fikr-mulohazalar.
-
Attestatsiyadan o‘tkazuvchilar
Korxona (muassasada) mavjud mehnat sharoitlari texnik-texnologik jarohatlanish havfliligi, yangi ish o‘rinlarini attesstatsiyadan o‘tkazish talablariga javob beradigan va fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini o‘lchaydigan va mehnat sharoitlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini baholaydigan shaxslar.
-
Audit (ing. audit – eshitmoq)
Korxona, firma, kompaniyalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazish jarayoni; muayyan vakolatlar berilgan shaxslar - auditorlar (auditorlar firmalari) tomonidan ho‘jalik yuritayotgan subʼyektlarning moliyaviy hisobotlari to‘g‘riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining amaldagi davlat qonunlariga muvofiqligini tekshirish maqsadlarida o‘tkaziladigan moliya hujjatlari ekspertizasi va tahlili; taftish jarayoni.
-
Autstaffing (ingl. “out”– tashqari va “staff”– shtat)
Bu xodimning o‘z korxonasining shtati tarkibidan tashqarida boshqa korxona yoki tashkilot ish beruvchisi bilan tuzgan mehnat shartnomasi asosida shartnoma vazifalarini bajarishdan iborat. Kompaniyalar fuqarolarni ish bilan bandlikning ushbu shaklidan ishlab chiqarish jarayonlarini maqbullashtirib, xodimlar bilan egiluvchan mehnat munosabatlarini yo‘lga qo‘yish uchun foydalanadi.
-
Autsorsing (ingl. out - tashqi, source - manba)
Maʼlum bir tashkilotning (muassasa) baʼzi funksiyalarini (buxgalteriya, yuridik, transport va boshqalar) yuqori texnologik, malakali xodimlar va mutaxassislarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotga topshirish uslubi.
-
Axborot
Biron jarayon yoki voqea haqidagi batafsil (yoki tezkor) xabar, maʼlumot.
-
“Ayollar daftari”
Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha maʼlumotlar bazasi.
-
“Ayollar maslahat kengashi”
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “maʼrifatli ayol” g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuzilma.
-
“Ayollar maslahat kengashi”
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “maʼrifatli ayol” g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuzilma.
-
Baholash usullari
Kasbiy imtihonni o‘tkazishda kompetensiyalarni baholash markazlari tomonidan qo‘llaniladigan va xodim yoki ishga (kasbga) talabgor tomonidan belgilangan mezon va kasb standartlariga mosligini aniqlashga qaratilgan usullar majmuasi.
-
Bandlik
Fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq, qonunchilikka zid bo‘lmagan va qoida tariqasida ularga daromad olib keladigan faoliyati.
-
Band bo‘lmagan aholi (band bo‘lmagan shaxslar)
Haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan shaxslar.
-
Bandlikning egiluvchanligi
Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi bilan bandlikning o‘sishi qanday o‘zgarishini ko‘rsatuvchi raqamli o‘lchov. Bandlikning egiluvchanligi, maʼlum bir davr mobaynida ishlab chiqarish bir foizga o‘zgarganda, maʼlum bir aholi guruhi uchun bandlikning o‘rtacha foiz o‘zgarishi sifatida belgilanadi. Tarmoq uchun bandlikning egiluvchanligini bilish tahlilchilarga ushbu sohani rivojlantirish orqali qancha bandlik yaratish mumkinligini hisoblash imkonini beradi.
-
Bandlik kategoriyasi
Aholining mehnat faoliyatiga qo‘shilish darajasini, xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish darajasini va shaxsiy yehtiyojlarini, haq to‘lanadigan ishlarga bo‘lgan qiziqishlarini, daromad olishini ifodalovchi munosabatlar majmui.
-
Bandlik kafolati
Xodimning ish joyini saqlab qolishini yoki (u tugatilgan taqdirda) shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa ish joyi bilan taʼminlash kafolatidir.
-
Bandlik va daromad ko‘paytiruvchilari
Maʼlum bir sohadagi o‘zgarish natijasida yaratiladigan ish o‘rinlari va daromadlar sonining ko‘rsatkichlari.
-
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
Yuridik shaxs tashkil etilmagan holda respublika va mahalliy darajalarda tuziladigan davlatning maqsadli jamg‘armasi.
-
“Bandlik xizmati” axborot tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan elektron axborot tizimi.
-
Bakalavriat
Oliy taʼlimning dastlabki bosqichi va odatda bakalavriat mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan odatda 4 yillik tayanch oliy taʼlimdir.
-
Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo‘yicha statistikani takomillashtirish
2015-yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkloti Bosh Assambleyasi Barqaror rivojlanish sammitida O‘zbekiston ishtirok etgan va qabul qilgan rezolyusiya.
-
Baxtsiz hodisalar kvalifikatsiyasi
Baxtsiz hodisani ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisa deb tan olish tartibi.
-
Bayonnoma
Muhokama natijasi bo‘yicha shakllangan va faoliyat miqdori hamda muddatlari jihatidan aniqlangan, qabul qilingan qaror va qoidalarni ijro etuvchi masʼullar javobgarligi o‘z o‘rnini topgan, rahbariyat tomonidan tasdiqlangan hujjat.
-
Beparvolik
Xavfsizlik talablarini qasddan buzish yoki ushbu ishni bajarishda mehnat xavfsizligi talablarini bilmaslik sababli ularni qo‘pol ravishda buzish.
-
Bilimlar
Insonning faktlar va oqilona dalillarga asoslangan haqiqiy holatni aks ettiruvchi etiqodi; o‘qitish va shaxsiy tajriba orqali mehnat faoliyati uchun ahamiyatli maʼlumotni o‘zlashtirish natijasi.
-
Bipartizm (lot. bi partis – ikkita partiya; ikki partiyaviylik)
Ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining (yoki xodimlar manfaatlarini himoya qiladigan boshqa vakillari) o‘zaro manfaatlarni ko‘zda tutgan ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirish mexanizmi.
-
Birinchi marta ish izlovchi
Mehnatga layoqatli fuqaro, asosan, ilgari hech qachon ishlamagan yoshlar orasida, birinchi marta mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs.
-
Bir martalik mukofotlar
Bir marotalik iqtisodiy rag‘batlantiruvchi to‘lovlar turi (xodimning yubileyi yoki oilaviy tadbirlar munosabati bilan yoki alohida muhim ishlab chiqarish vazifalarini bajarishda) o‘zi yoki u ishlaydigan korxona, kasbiy bayram munosabati bilan, ayniqsa, shoshilinch maxsus maqsadli ishlarni belgilagan muddatlarda va yuqori sifatli bajargani uchun beriladi).
-
Biznes yuritish indeksi (“Doing business”)
Mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyatini yuritishning osonligi, ular tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillarning soddalashtirilganligini baholaydigan xalqaro indeks.
-
Bolalar mehnati
O‘zbekiston Respublikasi 2020-yilda Halqaro mehnat tashkilotining “Bolalar mehnatini man etish Konvensiyasiga” qo‘shilgan holda respublika hududlarida mehnatga layoqatsiz yoshdagi bolalarni mehnatga jalb qilishni qatʼiy man qilgan.
-
Boshqarma
Davlat boshqaruvi tizimida yirik tarmoq yoki xo‘jalik sohasida markaziy yoki o‘rta bo‘g‘indagi boshqaruv idorasi (mas. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining viloyat bosh boshqarmasi). Boshqarma vertikal (vazirlik, qo‘mita, korporatsiya darajasida sektor - bo‘lim - boshqarma - bosh boshqarma) va gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi bo‘limlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.
-
Boshqaruv xodimlari
Boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun maʼlumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini taʼminlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi.
-
Boshqaruv tizimi rahbar xodimlari
Davlat boshqaruv idoralariga yuklangan vazifalarni samarali taqsimlab, belgilangan muddatlarda va miqdorlarda ijro etuvchi xodimlarning faoliyatiga rahbarlik qilish, soha va hududlarga taalluqli muhim qarorlarni tayyorlash va qabul qilish, tizim faoliyatini rejalashtirish, unumli nazorat qilish va har bir boshqaruv bo‘g‘inida jarayonlarni tartibga solish, tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va tezkor chora tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklangan. Boshqaruv xodimlarining bevosita rahbari har bir qo‘l ostidagi xodimning lavozim vazifalaridan kelib chiqib, ular oldiga qo‘yilgan aniq maqsadlar va vazifalarni ijro etishi uchun tashkiliy, maʼmuriy va moliyaviy hamda aloqa vositalarini muhayyo etishi, yuklangan funksiyalarni o‘z vaqtida va to‘laqonli ijro etish imkonini yaratishi kerak.
-
Bozor iqtisodiyoti
Bu erkin tadbirkorlik tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish vositalariga turli xil mulkchilik shakllari, bozor bahosi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari, subyektlarning iqtisodiy faoliyatiga davlatning cheklangan aralashuvi.
-
Brigada (frans. brigade; ital. brigata – jamiyat, otryad)
Mehnat natijalariga erishish maqsadida bir yoki bir nechta kasb va malakali ishchilarni ishlab chiqarish topshirig‘ini birgalikda bajarish uchun jamoaviy masʼuliyat ostida birlashtiradigan mehnat jamoasi.
-
Buyruq (farmoyish)
Har bir mehnat jamoasini maʼmuriy huquq asosida boshqarib borish jarayonining turi, rahbar, yoki uning rasmiy vakolatlari doirasida berilgan va xodimlar uchun majburiy bo‘lgan vakolati doirasida rasmiy hujjat.
-
Byudjet (fran. “bougette” – hamyon, sumka)
Maʼlum bir tashkilotning (oila, korxona, tashkilot, davlat va boshqalar) moliyaviy rejasi, maʼlum muddatga, odatda bir yilga tuziladi. Budjetlarni o‘rganish va ulardan foydalanish yondashuvlari iqtisodiyot sohasiga qarab farq qiladi: korporativ sektor, davlat sektori yoki uy xo‘jaligi sektori - ularning har birida budjet boshqalardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
-
Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy–apparat kompleksiga kiruvchi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan maʼlumotlarning axborot bazasi.
-
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
Aholini ish bilan bandligiga ko‘maklashish Markazlari tomonidan taklif qilingan ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni vositachilik yordamida muntazam ravishda maxsus tashkil etadigan tadbir.
-
Dam olish va bayram kunlari
Xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan kun. Amaliyotda O‘zbekiston Respublikasida har yili Prezident farmoni bilan oldindan bayram kunlari belgilab qo‘yiladi.
-
Dam olish vaqti
Rahbarning jamoa tashkilotlari bilan kelishilgan holda xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. O‘z ixtiyoriga binoan mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo‘lgan ish vaqti uchun xodimning lavozim maoshi va ish haqi to‘lanmaydi.
-
Daromad
Shaxs o‘z mehnati tufayli lavozim maoshi yoki ish haqini naqd pul shaklida yoki boshqa shakldagi (bankdagi mablag‘lari uchun foiz, tomorqa mahsulotini xarid etish, mulkini ijaraga berish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, o‘z-o‘zini ishga jalb qilish va hokazolar) tufayli oladigan moddiy va pul mablag‘lari.
-
Davlatning aholini ish bilan bandlik siyosati
Aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish, uning miqdor va sifat xususiyatlarini yaxshilash va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan siyosatdir. Bu siyosat choralari borasida yangi ish o‘rinlarini barpo etish va takomillashtirish, ishsiz fuqarolarni qayta tayyorlash, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar majmuasi.
-
Davlatning budjet-soliq siyosati
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ijtimoiy-mehnat hajmini to‘laqonli tashkillashtirish va mehnatni iqtisodiy rag‘batlantirishga qaratilgan davlatning moliyaviy siyosati.
-
Davlatning ijtimoiy himoya tizimi
O‘zgaruvchan va beqaror mehnat bozorida sharoitida fuqarolar uchun teng mehnat sharoitlarini vujudga keltirish, ayniqsa, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini kafolatlangan ijtimoiy himoya qilishning qonuniy, tashkiliy va moliyaviy majmuasi hisoblanadi.
-
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi
Mehnat va ijtimoiy hayotda kutilmagan ijtimoiy hodisalar turlari: kasallik, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nogironlik, keksalik, homiladorlik, o‘lim hollarining oldini oluvchi, ijtimoiy va moliyaviy tuzilma bo‘lib, yuqoridagi hodisalar ro‘y berganida tezkorlik bilan fuqarolarning xarajatlarini to‘laqonli qoplash maqsadida tuzilgan jamg‘armalar mablag‘i hisobiga faoliyat ko‘rsatadi. Ijtimoiy sug‘urta davlat va xususiy shaklda amal qilib, ko‘ngilli va majburiy turlarga bo‘linadi.
-
Davlat xizmati
Ayrim o‘ta markazlashgan davlat vakolatlarini aholiga qulayliklar yaratish maqsadida mahalliy hokimiyat organlarining vakolatiga berish, davlat xizmatlari sohasida rasmiyatchilik va byurokratik uslublaridan voz kechish.
-
Davlat xizmatchisi
Davlat xizmati sohasidagi idoralarda shtat lavozimida mehnat faoliyatini ijro etib kelayotgan davlat xodimi davlat xizmatchisi hisoblanadi.
-
Davlat xizmatchilari lavozimlarini egallashga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari
- maʼlumot (daraja va mutaxassislik);
-
Davlat–xususiy sheriklik loyihasi
Iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investisiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui.
-
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi
Davlat sherigi va(yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlangan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tanlovni asoslab beradigan, loyihaning qiymatini, loyihani moliyalashtirish manbaini hamda rentabelligini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini o‘z ichiga olgan hujjat.
-
Davlat–xususiy sheriklik munosabatlari
Davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishga asoslangan hamkorligi.
-
Davlat-xususiy sheriklik obʼyekti
Loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, etkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, ekspluatatsiya qilinishi va xizmat ko‘rsatilishi davlat-xususiy sheriklik loyihasini ro‘yobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, er uchastkalari, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim bo‘lgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar.
-
Davlat sherigi
O‘zbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari.
-
Davlat kadrlar siyosati
Yuksak darajali mutaxassislarni tayyorlash, ularni milliy iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz sohalaridagi faoliyati natijadorligiga qarab saralash, hisobga olish hamda kadrlar zaxirasida har tomonlama sinovlardan o‘tkazib, malakasiga muvofiq oliy, yuqori, o‘rta bo‘g‘in va ijro lavozimlariga tayinlash davlatning strategik harakat majmuasi.
-
Davolash profilaktika oziq–ovqat mahsuloti
Inson aʼzolari va tizimlarini zararli va noqulay mehnat omillari taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maxsus oziq–ovqat.
-
Davriy ishsizlik
Iqtisodiy davrda past surʼatlarda o‘sish yoki inqiroz vaqtida mehnat resurslariga talab pasayadi va davriy ishsizlik vujudga keladi.
-
Dekvalifikatsiya (lot. de –ajratish, kamaytirish, qualificatio: quails – qanday sifat; facere - qilmoq)
Uzoq davom etgan ishsizlik, surunkali kasallik, maʼlum bir kasbda ishlashda uzoq muddatli tanaffus natijasida kasbiy bilim, ko‘nikma, va professional ko‘nikmalarni yo‘qotish.
-
Demografiya (yunon. demos – aholi va grapho – yozish)
Aholining o‘zgaruvchanlik tendensiyalari, tug‘ilish va o‘lim, migratsiya, jinsi, yosh tuzilishi, milliy tarkibi, malakaviy tuzilishi, geografik taqsimoti va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, madaniy, maʼnaviy va boshqa omillar taʼsirini o‘rganadigan ilmiy-amaliy fan.
-
Demograf
Demografiya mutaxassisligi bo‘yicha xodim.
-
Demografik koeffitsientlar
Aholi tarkibida davr ichida maʼlum bo‘lgan o‘zgarishlar sonining o‘rtacha aholi soniga qarab o‘lchangan nisbiy o‘lchash ko‘rsatkich.
-
Demografik yuk
Aholining maʼlum bir davrda yosh tarkibining umumiy miqdoriy xarakteristikasi bo‘lib, unda mehnatga layoqati yo‘q aholi (16 yoshgacha bolalar, 60 yoshdan yuqori keksa-qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar) bo‘lgan jamiyatga “demografik yuk” deb belgilanadi. Katta yoshdagi aholi guruhlar soni o‘zining “demografik yuki” taʼsiriga binoan turlicha belgilanadi: bolalar va o‘smirlar (0-14 yosh), mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (60 yosh va undan yuqori), umumiy mehnatga layoqatli guruh (shartli 15-59 yosh).
-
Diskriminatsiya
Ijtimoiy va mehnat munosabatlari subektlarining huquqlarini bilmaslik yoki atayin g‘araz maqsadlarda cheklash, ularning mehnat bozorida teng imkoniyatlardan foydalanishni inkor etish. Xodim va ishchilarning turli sabablarga (diniy, irsiy, millatiga va mulkiga) qarab kamsitish yo‘llari.
-
(lot. discrīminātio – ajratish, farqlash)
-
Dividend (lot. dividendum – bo‘linishi lozim bo‘lgan narsa)
Aksiyadorlar, ishtirokchilar o‘rtasida aksiyalar soni va turiga (oddiy, imtiyozli, taʼsischi va boshqalar), ularga tegishli aksiyalarga muvofiq taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning foydasining bir qismi.
-
Doimiy aholi
Hududda maʼlum bir davrda doimiy istiqomat qiluvchilar, shu jumladan doimiy aholiga vaqtincha fuqaro bo‘lmagan shaxslar kiradi.
-
Doimiy bo‘lmagan ish o‘rinlari
Maʼlum bir vaqtda (mavsumda) korxonada va hududda ish zonalarida o‘zgarib turadigan ish o‘rinlari.
-
Doimiy ish joyi
Xodimning (ishchining) mehnat faoliyatini bajarishga munosib tashkiliy, huquqiy hamda moliyaviy imkonlari mavjud ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) texnologiyasining bir bo‘g‘ini hisoblanadi. Xodim (ishchi) o‘zining mehnat faoliyatini bajarish uchun 2 soatdan kam bo‘lmagan va Mehnat kodeksida belgilangan ish vaqtining davomiyligida faoliyat ko‘rsatadigan joy.
-
Doktorant
Milliy taʼlim tizimida eng yuqori taʼlim darajasi beruvchi ilmiy – uslubiy jarayon. O‘zbekiston Respublikasidagi oliygohlar, ilmiy markazlar va ayrim ilmiy-tadqiqot muassasalarida bazaviy doktoranturasi yoki mustaqil doktorantura asosida ilmiy tadqiqotlarni o‘tab, belgilangan tartibda falsafa doktori, fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish uchun qabul qilingan shaxs.
-
Dotatsiya (lot. dotatio – tuhfa, xayriya)
Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan pul tushumlari ushbu mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan kam bo‘lgan tarzda, zarar ko‘rayotgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun davlat va mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablag‘lar hisoblanadi.
-
Dual o‘qitish
1. Ikki tomonlama o‘qitish – bu kadrlar tayyorlashning bir shakli bo‘lib, u taʼlim muassasasida o‘qitishni korxonada o‘qitish amaliyoti davri bilan birlashtiradi. 2. Bu mashg‘ulotning nazariy qismi taʼlim tashkiloti bazasida, amaliy qismi esa ish joyida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turi.
-
Ehtiyotsizlik
Shaxsning mehnat sharoitidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish jarayoni omillarining salbiy taʼsiri, xavfini oshiradigan kutilmagan harakatlar.
-
Eksport (lot. exporto – “portdan chiqish”)
Xalqaro savdoda boshqa mamlakatlarga tovarlar yoki xizmatlar sotishni anglatadigan tushuncha.
-
Ekvivalent (lot. aequivalens – teng ahamiyatli, teng qimmatli)
Biror narsaning xususiyatiga ega bo‘lib, uning o‘rnini bosa oladigan yoki uning ifodasi bo‘lib xizmat qiladigan teng baholi, teng qimmatli tovar yoki miqdor.
-
Elektron davlat xizmati
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
-
Elektron davlat xizmatining reglamenti
Elektron davlat xizmati ko‘rsatishga doir tartibni va talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat.
-
Elektron hukumat
Davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
-
Erta mehnat pensiyasi
Oldindan belgilangan pensiya yoshiga erishish uchun tayinlangan keksa yoshdagi mehnat pensiyasining turi. Erta pensiyaga chiqish, birinchi navbatda, ishsizlar roziligi bilan ishga joylashish imkoniyati bo‘lmasa, lekin pensiya yoshi boshlanishidan kamida ikki yil oldin bo‘lishi mumkin.
-
Eng kam ish haqi
1. Davlat tomonidan rasmiy ravishda belgilanadigan har qanday mulk shaklidagi korxonalarda eng kam oylik stavka yoki soatlik to‘lov shaklida eng kam ish haqi darajasi. Har bir davrda davlatning moliyaviy imkoniyatlari bilan byelgilanadi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaradi. Davlat soliqlari, to‘lovlar, jarimalar miqdorini hisoblash uchun ishlatiladi. 2. Ish beruvchi o‘z xodimiga soat, kun, hafta yoki oy (yil) uchun to‘lashi kerak bo‘lgan belgilangan eng kam ish haqi.
-
Fan
Insonlarning tabiat, jamiyat, inson, aql-idrok, shuningdek, sun'iy yaratilgan obʼyektlar hodisalari, xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini anglab etish, bilish, voqelik to‘g‘risida obʼyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy jiratdan tizimlashtirishga qaratilgan intellektual, ijodiy faoliyati sohasi.
-
Fan doktori (DSc)
Muayyan ilmiy mutaxassislik bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy ishlarga ega, ilmiy kadrlarni tayyorlaydigan, ilmiy tadqiqotlarni bajarishga rahbarlik qiladigan yoki ishtirok etadigan olim.
-
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD)
Muayyan ilmiy mutaxassislik bo‘yicha fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va ilmiy ishlarga ega, ilmiy kadrlarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda ishtirok etadigan olim.
-
Faol bandlik siyosati
Bandlikni oshirish, uning sifat xususiyatlarini yaxshilash va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan siyosatdir. Bu siyosat choralari orasida ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolish, ishsizlarni qayta tayyorlash, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
-
Farovonlik
Umuman aholining, ijtimoiy guruhlarning, oilaviy fermer xo‘jaliklarining va shaxslarning moddiy ahvoli. U daromad hajmi va turlari, isteʼmol tarkibi bilan tavsiflanadi. U quyidagilar bilan belgilanadi: a) oilalar ixtiyorida qolgan daromadlar (birlamchi daromad, mulkdan tushgan daromad, ijtimoiy sug‘urta nafaqalari, pensiyalar, sug‘urta kvitansiyalari, pensiya jamg‘armalariga badallar va ijtimoiy sug‘urta); b) to‘plangan mulkning
-
Friksion ishsizlik
O‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shaganlar orasidagi ishsizlik, bu vaqtinchalik, qisqa muddatli xarakterga ega: ushbu toifadagi ishsizlar iloji boricha tezroq ishga olinadi deb taxmin qilinadi.
-
Frilanser (ing. freelancer “erkin ishchi” – shtatsiz ishchi, xususiy mutaxassis)
Internet, bosma eʼlonlar yoki shaxsiy aloqa kanallari orqali o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi turli soha mutaxassislari.
-
Fond (lot. “fundus” asos)
1. Davlat, muassasa va idoralarning muayyan maqsad uchun ajratilgan puli, mablag‘i, moddiy boyliklari majmui; jamg‘arma. 2. Barqaror daromad keltiruvchi qimmatbaho qogozlar. 3. Ehtiyotlab qo‘yilgan zaxira, boylik. 4. Biron-bir ijtimoiy qatlam, aholi guruhiga (bolalalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, badiiy-ijodiy uyushmalarning aʼzolariga) moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan muassasa, tashkilot.
-
Fundamental ilmiy tadqiqotlar
Tabiat, jamiyat, inson, aql-idrok tuzilishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi, ular o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy qonuniyatlari, shuningdek sunʼiy yaratilgan obʼektlar haqida yangi bilimlar olishga qaratilgan nazariy yoki eksperimental tadqiqotlar tizimi.
-
Funksional vazifalar (lot. functio - bajarish, amalga oshirish)
Muayyan idora, tashkilot yoki muassasa amalga oshirishi ko‘zda tutilgan ishlar majmui.
-
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan va xorijiy davlatning ayrim sabablarga ko‘ra hududimizda yashab turgan shaxslarning fuqaroligi mavjudligiga asoslovchi hujjati bo‘lmagan shaxs.
-
Gender (ing. gender - jins)
Jamiyatda ayollar va erkaklarning ijtimoiy hayotda va mehnat jarayonida teng huquqlikning rolini nazarda tutadi.
-
Gender audit
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (OSCE – Organization for Security and Cooperation in Europe) demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan ishlab chiqilgan, siyosiy partiyalarning ichki jarayonlari, protseduralari, tuzilmalari, madaniyati va faoliyatini gender tengligi nuqtai nazaridan baholash metodikasi.
-
Gender diskriminatsiyasi (kamsitish)
Jinsi bo‘yicha shaxslarning huquqlari va manfaatlarini cheklaydigan har qanday farq, istisno yoki afzallik. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik yoki jamiyat hayotining boshqa sohalarida erkaklar yoki ayollarning teng huquqlarini eʼtirof etish, ulardan foydalanish yoki amalga oshirishni zaiflashtirish yoki mahrum qilishga qaratilgan.
-
Gender huquqiy ekspertizasi
Meʼyoriy hujjatlar va ularning loyihalarini ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash tamoyillariga muvofiqligini tahlil qilish.
-
Gender indikatorlari
Bu maʼlum vaqt davomida jamiyatda sodir bo‘lgan gender jihatidan muhim o‘zgarishlarni umumlashtirish uchun miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanadigan ko‘rsatkichlar yoki o‘lchagichlar.
-
Gender munosabatlari
Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati.
-
Gender siyosati
Turli jinsdagi odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda tenglikni o‘rnatishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlar.
-
Gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar
Jinslarning notengligini bartaraf etish, xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos bo‘ladigan tengligini taʼminlash bo‘yicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan ko‘riladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega chora-tadbirlar.
-
Gender statistikasi
Gender farqlarini aniqlash va ularni tizimli o‘rganish uchun barcha strategik yo‘nalishlarda ayollar va erkaklar haqiqiy holatini aks ettiradigan statistika.
-
Gender tenglik
Erkaklar va ayollarning tengligi.
-
Globallashuv
Butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir. Bu jahon iqtisodiyotining tuzilishini o‘zgartirish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi bilan bir -biriga bog‘langan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladi, bu esa jahon bozoriga qo‘shilish orqali amalga oshiriladi. transmilliylashtirish va mintaqalashtirishga asoslangan iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi.
-
Global innovatsion indeks
Bu ulkan tadqiqot bo‘lib, unda innovatsion rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlari reytingi tuziladi.
-
Global raqobardoshlik indeksi
Asosiy indekslardan hisoblanib, Jahon iqtisodiy forumi tomonidan har yili ushbu indeks bo‘yicha eʼlon qilinadigan hisobotda mehnat bozorining samaradorligi yo‘nalishi 2 ta indikator, yaʼni moslashuvchanlik va isteʼdoddan samarali foydalanish bo‘yicha baholanadi.
-
Halokat
Uskunalar, texnik qurilmalar va transport vositalarini, bino va inshootlarni to‘satdan vayron bo‘lishi, portlash yoki xavfli moddalarni chiqarib yuborish, texnologik va boshqa ishlab chiqarish jarayonlari, shu jumladan transport vositalari, suzish moslamalari, samolyotlar, temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining harakatini buzilishi.
-
Hamkorlik
Umumiy maqsadga erishish uchun ayrim shaxslar yoki mehnat jamoalarining birgalikda harakat qilish uslubi.
-
Haqiqiy ish haqining dinamikasi
Yakka ishchi uchun ham, ularning guruhi uchun ham, nominal ish haqi dinamikasi va yashash xarajatlari indeksining nisbatiga qarab o‘zgarishi mumkin.
-
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari
Ish beruvchilar – mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subʼyektlari, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan, dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan hamda ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarning (birinchi navbatda Temir daftar, Ayollar daftari va Yoshlar daftarida hisobda turganlarni vaqtinchalik ishga 15 kundan 6 oygacha muddatga) jalb qilish uchun beriladigan buyurtma shaklida mahalliy mehnat organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida ishga joylashtirishga doir yo‘llanmalar bo‘yicha bajariladigan vaqtinchalik mehnat faoliyati turi.
-
Himoya qobig‘i
Elektr jihozlarining ichki qismlarini o‘rab turgan va xavfli oqim qismlariga har qanday tomondan kirishni oldini oluvchi elektr muhofazasi.
-
Himoya qurilmasi
Uskunaning g‘ayritabiiy ishlashi sharoitida ishga tushirishda xavfli vaziyatni oldini oluvchi qurilma (o‘rnatish, qurilma va boshqalar).
-
Himoya choralari
Xodimga xavfli va (yoki) zararli ishlab chiqarish omillarining ta'sirini oldini olish va (yoki) kamaytirish uchun mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar va (yoki) texnik vositalar.
-
Hisob-kitob ishlari
Har bir korxonada (muassasa, tashkilot, firma, klaster)da xodim (ishchi) tomonidan bajarilgan mehnat faoliyatini va xizmat uchun qilingan sarf-xarajat va to‘lanadigan maosh (ish haqnin) miqdorini belgilovchi hisobi.
-
Hudud
Maʼlum chek-chegarasiga ega bo‘lgan, shunday chegara bilan o‘ralgan (ajralgan) yer; maʼlum davlat, viloyat va shunga tegishli bo‘lgan yer, maydon. Davlatda qonun bilan belgilangan maʼlum chegaralangan viloyat, tuman, shahar maʼmuriy chegarasiga ega bo‘lgan maydon.
-
Hudud (mintaqa) mehnat potensiali
Maʼlum hududga tegishli bo‘lgan va unda istiqomat qiluvchi jami mehnat potensiali tushuniladi.
-
Hududiy ishsizlik
Maʼlum bir huduyi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bo‘lib, unda faol, mehnatga layoqatli aholining ishsiz bir qismi.
-
Hunarmandchilik
Kichik hajmdagi, asosan qo‘lda tovarlarni ishlab chiqarish, muhim mahorat talab etiladi; ayrim turdagi buyumlarni yasash sanʼatiga egalik qilish, tegishli kasb, malaka borligi.
-
HR – mutaxassisi (ing. human resources – inson resurslari)
Bu «Human Resources», yaʼni “inson resurslari” bilan shug‘ullanadigan professional. U kompaniya boshqaruvi, uning xodimlari va mehnat bozori o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Eychar to‘g‘ridan–to‘g‘ri odamlar bilan ishlaydi, eng munosib kadrlarni tanlaydi, kompaniyaning strategik vazifalarini bajarish uchun inson resurslarini boshqaradi, xodimlarni rag‘batlantirish, o‘qitish va rivojlantirish tizimini ishlab chiqadi, qulay korporativ muhitni yaratadi.
-
Ijodiy taʼtillar
Shaxsning ishlab chiqarish sohasida, sanʼat, adabiyot yoki pedagogik faoliyatini ilmiy-tadqiqot izlanish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi xodimlar uchun ilm fan yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini yozish, shuningdek, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va qo‘lyozmalarini tugallashlari uchun mualliflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi o‘rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda beriladigan taʼtillar.
-
Ijtimoiy (arab. jam’a -yig‘ilmoq, to‘planmoq)
Jamiyat, aholining keng qatlamiga oid atamalarning umumiy nomi.
-
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti
Hozirgi davr bozor iqtisodiyoti rivojlanishining yeng muhim mezonlaridan biri aholining muhtoj qatlamlarini kafolatlangan ijtimoiy himoyaning ustuvorligi, iqtisodiy samaradorlikdan ko‘ra ijtimoiy adolat, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni rivojlanish maqsadida samaradorlik va shaffoflik hamda qonun ustuvorligiga va yuksak malakaviy darajaga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish.
-
Ijtimoiy kafolatlar
Mehnat jarayonida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun mehnat shartnomalarida o‘z o‘rnini topgan kommunal to‘lovlariga, dam олишga, shu jumladan, taʼtil harajatlariga, davolanishga korxona tomonidan belgilangan moddiy va nomoddiy manfaatlar majmuasi.
-
Ijtimoiy ko‘rsatkichlar
Jamiyatning ijtimoiy sohasining holatini va olib borilayotgan ijtimoiy siyosat natijalarini tahlil qilish vositasidir.
-
Ijtimoiy normativlar
Aholining taʼlim, tibbiy xizmat, uy-joy, pensiya, ijtimoiy sug‘urta va hokazolardagi muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun budjet mablag‘larini adolatli taqsimlash ko‘rsatkichlari va mezonlari.
-
Ijtimoiy–psixologik guruhlar
Fuqarolarning tarqoq mulk shakli egalarining umumlashtirilgan shakllari asosida ishlab chiqarishga (xizmat ko‘rsatishga) intilish xususiyatlari umumiy iqtisodiy manfaatlar, qadriyat yo‘nalishlari, psixologik jozibador mashg‘ulotlariga muvofiq shakllangan guruhlar toifasiga kirishadi.
-
Ijtimoiy standartlar
Aholi turmush darajasini va sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ijtimoiy standartlar xalqimizning tarixiy, madaniy va urf-odatlardan kelib chiqib, yashash va mehnat faoliyatini munosib sharoitlarini o‘lchovchi moddiy va ijtimoiy manfaatlarini belgilovchi yig‘indilari majmuasi.
-
Ijtimoiy sheriklik
Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ–huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi.
-
Ijtimoiy soha
Aholi turmush tarzi, uning farovonligi, iste’mol darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan va ularni belgilab beruvchi tarmoqlar, korxonalar va tashkilotlar majmui. Ijtimoiy sohaga yeng avvalo xizmat ko‘rsatish sohasi (maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya, umumiy ovqatlanish, kommunal xizmat кўрсатish, yo‘lovchi transporti, aloqa va boshqalar) kiradi.
-
Ijtimoiy soha obʼyektlari
Aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini taʼminlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuyi. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.
-
Ijtimoiy Yevropa modeli
Bu model barqaror iqtisodiy o‘sishga, yuqori turmush darajasi va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Asosiy maqsad teng huquqli jamiyat yaratish bo‘lishi bilan birga qashshoqlikni tugatish, asosiy inson huquqlari, muhim xizmatlar va har bir insonga munosib yashashga imkon beradigan daromadlarni kafolatlash. Model to‘liq bandlik, barcha fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy inklyuziya va demokratiyani o‘z ichiga oladi.
-
Ilmiy daraja
Muayyan ilmiy mutaxassislik bo‘yicha ilmiy daraja olishga talabgor shaxs uchun Oliygohning ilmiy Kengashi tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan dissertatsiyasi ommaviy himoyasi va yekspertizasidan so‘ng taqdim yetiladigan guvohnoma (diplom) asosida beriladigan ilmiy malakasini tasdiqlovchi (fan nomzodi, falsafa doktori, fan doktori) daraja unvoni.
-
Ilmiy jamoa
Ilmiy yoki oliy taʼlim muassasasida ilmiy yoki amaliyot loyihalarini amalga oshirish maqsadida vaqtincha yoki belgilangan muddatga tashkil yetiladigan va ilmiy jamoaning barcha aʼzolari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan, yuridik shaxs hisoblanmaydigan olimlar, muhandis-texnik va boshqa mutaxassislar (ilmiy jamoa aʼzolari) birlashmasi.
-
Ilmiy va ilmiy–texnik loyiha
Ilmiy va amaliy tadqiqot maqsadida belgilangan vazifalarni ijro yetish, mavjud inson, moddiy-texnik va moliyaviy resurslar doirasida, (ularning manbasidan qatʼiy nazar), maʼlum muddatlarda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ilmiy va ilmiy-texnik natijalarni olishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot (ekspertiza, tekshirish, tashkiliy-texnik va boshqa zarur chora-tadbirlar) ishlarning majmuasi.
-
Ilmiy mehnat tashkiloti
Fan va texnika, fiziologiya, psixologiya va mehnat gigiyenasining yeng yangi yutuqlari asosida mehnatni tashkil yetish. Xizmatchilarning ishidan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan va myehnat samaradorligining oshishi bilan ifodalanadi.
-
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Fan subʼyektlari tomonidan amalga oshiriladigan va o‘rganilayotgan obʼektlar, hodisa, jarayonlarga xos bo‘lgan xossalar, xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlash hamda olingan bilimlardan amaliyotda foydalanish maqsadida atrofdagi voqelikni o‘rganishga qaratilgan, intellektual, ijodiy insonlar faoliyati.
-
Ilmiy unvon
Iqtisodiyotning barcha sohalarida ilmiy-amaliy faoliyat ko‘rsatayotgan shahs uchun muayyan Ilmiy Kengashning muayyan talablariga muvofiq guvohnoma shaklida beriladigan, tegishli ilmiy-pedagogik (ilmiy) malaka darajasini tasdiqlovchi ilmiy unvon (professor, dotsent, katta ilmiy xodim)
-
Ilmiy xodim
Ilmiy yoki oliy taʼlim muassassida, shuningdek boshqa tashkilotning ilmiy tuzilmasida ishlaydigan, magistr bilim darajasidagi oliy maʼlumotli malakaga yega, ilmiy faoliyat bilan professional tarzda shug‘ullanadigan va olinadigan natijalarni amalga oshiradigan jismoniy shaxs.
-
Immigratsiya
Maʼlum bir davlat hududiga vaqtinchalik yoki doimiy ravishda yashash uchun aholining kirib kelish jarayoni.
-
Imtiyoz
Davlat tomonidan muayyan qonun va talablarga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan engillik (afzallik). Imtiyozlar davlat qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga binoan fuqarolarga, shuningdek, jamoat birlashmalari tomonidan maʼmuriyat qaroriga muvofiq uning aʼzolariga tayinlanishi mumkin. Imtiyozlar berilgan shaxs belgilangan qoidalardan istisno tariqasida muayyan majburiyatlarni bajarishdan to‘la yoki qisman ozod qilinadi yoxud ularni bajarish sohasida muayyan qulayliklardan foydalanadi.
-
Ikkilamchi ish
Asosiy ish joyi rahbariyati tomoni roziligi bilan qo‘shimcha ravishda boshqa muassasa (tashkilot)da ish faoliyatini olib borish.
-
Ikkilamchi bandlik
Asosiy lavozimda ishlab turib, mehnat bozoridagi o‘z kasbiga talab oshishi munosabati bilan shakllanadigan mehnat bozoridagi xolatning tavsifi.
-
Ikkilamchi mehnat bozori
Beqaror bandlik darajasi, kadrlar almashinuvi, past ish haqi, kasbiy yuksalishning yo‘qligi, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvning past darajasi va boshqalar bilan tavsiflanadigan bozor.
-
Inson kapitali
Insonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish jarayoniga salohiyatli qobiliyatga hamda hozirgi zamon innovatsion tafakkurga, doimiy bilim, ko‘nikma, tajriba darajasini oshirib boruvchi shaxsning fazilatlari.
-
Inson kapitaliga investitsiyalar
Taʼlim, sog‘ligini saqlash, xodimni mehnat qilish va yashash sharoitlariga, mehnat jarayonidagi faoliyati sifati va samaradorligiga qaratilgan maqsadli mablag‘ xarajatlari.
-
Investitsiya (ing. investment – foyda olish uchun sarmoya kiritish)
Foyda olish maqsadida ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga tadbiq etiladigan yangi texnologiyalarni joylashtirish hamda yangi mutaxasasis va kasb-hunarga o‘qitish uchun maxsus mablag‘lar xarajat qilish.
-
Intizomiy jazo
Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan yollanma xodimlarga nisbatan mehnat vazifalarini yoki sifat va miqdor talablarini buzganligi uchun qo‘llaniladigan maʼmuriy va moddiy taʼsir ko‘rsatish choralaridir.
-
Internatura (lot. interna – ich, ichki tomon)
Vrachlarning diplom olgandan keyin klinikalar va kasalxonalarda malaka orttirishi.
-
Intellektual (lot. intellectus – aql–idrok, bilish; tushunish)
Maʼnaviy ehtiyojlar bilan yashovchi yoki aqliy faoliyatning yeng yuksak va murakkab turlari bilan shug‘ullanuvchi (shaxs); intellektga oid, aqliy, maʼnaviy faoliyat.
-
Indeks (lot. index – ro‘yxat, ko‘rsatkich)
Maʼlum bir miqdoriy raqamga nisbatan maʼlum bir muddat davrida, o‘rganilayotgan xududiy makonda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini tavsiflovchi va maʼlum bir sharoitlarda o‘rganilayotgan hodisalar tendensiyalari prognozi asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichlarining qiyosiy nisbiy muvozanatini baholovchi ko‘rsatkich.
-
Infratuzilma – (lot. infra – «osti”, «tagi» va lot. structura – «tuzulma”)
Har bir ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tizimli faoliyatiga asos bo‘lgan va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xizmat yo‘nalishlari va obʼyektlari majmuasi.
-
Innovatsiya (lot. “novatio” “yangilanish”)
Bozor munosabatlarida raqobat talablaridan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning yuqori sifatli ishlab chiqarish (aholiga yuksak darajadagi xizmat ko‘rsatish) va mehnat samaradorligini muntazam ravishda oshirib boruvchi yangi texnologiyalar, yangi boshqaruv tizimlari va yangi bilim va yangi tafakkurga yega mutaxassislarni tayyorlab, yuqori saviyali va munosib ish joylarga jalb qilish, mehnatni yangi baholash tizimini joriy yetish jarayoni.
-
Inson kamoloti indeksi (Human Development Index)
Har yili o‘rganiladigan hududning inson salohiyatining asosiy xususiyatlari sifatida mamlakatlararo savodxonlik, taʼlim va uzoq umr ko‘rish darajasini o‘lchash va hisoblash uchun ajralmas ko‘rsatkich hisoblanadi.
-
Inson resurslari
Jamiyatda samarali mehnat qilish qobiliyatiga ega, ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan aqlan va jismonan rivojlangan, doim o‘zining saloxiyat darajasini takomillashtirib boruvchi, yuksak bilimga va boy tajribaga yega bo‘lgan aholining mehnatga layoqatli toifalari hisoblanadi.
-
Inson resurslarini boshqarish
Milliy iqtisodiyot boshqaruv tizimida inson resurslarining mehnat faoliyati samaradorligini oshirish borasida ularni avvalam bor – to‘g‘ri tanlash, munosib ish joylariga joylashtirish, hozirgi zamon yuksak bilimlarga o‘qitish va ularning mehnat faoliyatni obʼektiv baholashga, korxona (tashkilot, firma), xodimlarni iqtisodiy va manʼaviy manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarib borish tizimi hisoblanadi.
-
Inspeksiya (lot. inspectio – nazorat)
Tasarrufiy idora va shaxslar harakati, faoliyatini nazorat qilish tizimi.
-
Inspektor(лот. inspector – kuzatuvchi, tekshiruvchi; nazorat qiluvchi)
Iqtisodiyotning barcha davlat boshqaruv bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat idorasi xodimi. Inspektor faoliyati – davlat va nodavlat muassasalarida mehnat munosabatlari xolati, mehnat jamoalarida ishni tashkil qilish va baholash, xodimlarni lavozimlarga qabul va lavozimlardan ozod qilish, xodimlarning shaxsiy tarkibini hisobga olish va rasmiylashtirish jarayonida mavjud qonunlarning amalga oshirilishini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
-
Isteʼmol savatchasi
Muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning yeng kam to‘plami. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lashi, zarur dori-darmonlarni xarid qilishi lozim va h.k. Bularning barchasi mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning maʼlumotlaridan, o‘z navbatida, yashash uchun zarur yeng kam miqdorni (isteʼmol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.
-
Ixtiyoriy sug‘urta
Amaldagi qonunlar asosida sug‘urtalanuvchi shaxslarning o‘z xohishi bilan ixtiyoriy ravishda xohlagan sug‘urta kompaniyalarda o‘ziga maʼqul bo‘lgan shartlar, miqdorlar va taʼriflar hamda muddatlarda barcha sug‘urta xizmatlaridan foydalanish uslubi.
-
Iqtisodiyot (qadimgi grek οἶκος “uy, xo‘jalik”; νόμος “qoida, qonun”)
Keng maʼnoda – jamiyatdagi insonlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, mahsulotlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va isteʼmol qilish jarayonlaridan iborat majmua.
-
Iqtisodiy erkinlik indeksi
“Heritage Foundation” tadqiqot markazi va “Wall Street Journal” bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan xalqaro reyting.
-
Iqtisodiy indikatorlar
Davlat va nodavlat mustaqil tashkilotlarning milliy iqtisodiyot, yoki uning ayrim sohalarning maʼlum bir davrni o‘zida qamrab olgan statistik hisobotlarining umumlashgan shaklda nashr etiladigan va milliy iqtisodiyotning holatini aks yettiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.
-
Iqtisodiy faol aholi
Mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan fuqarolar va ishsizlar yig‘indisi.
-
Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi
Mehnat faoliyati bilan band deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
-
Ish
Umumiy maʼnoda inson tomonidan jamiyat extiyoji yoki o‘zi uchun biron bir mahsulotni ishlab chiqarish, tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish maqsadidagi ongli ravishda amalga oshiradigan faoliyati. Ishning turlari ko‘p: aqliy mehnat, jismoniy mehnat, ilmiy faoliyat, jismoniy kuch talab qilinadigan ish, ijodiy ish va hokazo.
-
Ishga joylashish huquqi
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo’lgan yo‘z qobiliyatini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq huquqi. Har kim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yo‘li bilan yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash egadir.
-
Ish joyini taqsimlash
Ikki va undan ortiq xodimlar o‘rtasida ish bilan bandlikning bunday shaklida ish vaqti, ish haqi, dam olish kunlari, mehnat taʼtillari, ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar ham ular orasida taqsimlanadi.
-
Ish maydoni
Bu xodimlarning doimiy yoki vaqtincha (doimiy bo‘lmagan) joylashgan joy. Bu xodim ish joyida bo‘lishi yoki ish yuzasidan ko‘chishi kerak bo‘lgan va ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazorati ostidagi barcha joy.
-
Ish beruvchi shaxs
O‘zbekiston mehnat Kodeksida va mehnatni tashkillashtirish bo‘yicha amaldagi qoidalarga muvofiq jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.
-
Ish bilan band bo‘lgan shaxs
Amaldagi Mehnat Kodeksiga asosan mehnat shartnomasi bo‘yicha belgilangan haq yevaziga to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan ish va shartlar bo‘yicha ishlayotgan yohud kasanachilik (yoki o‘z-o‘zini ish bilan band qilgan) bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek doimiy yoki vaqtinchalik haq to‘lanadigan boshqa ishga jalb qilingan shaxs.
-
Ish bilan vaqtinchalik band bo‘lmagan shaxslar (vaqtinchalik ishsizlar)
Haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga yega bo‘lmagan shaxslar;
-
Ish bilan to‘la bandlik
Bu jamiyatning shunday holatidirki, unda ishlashni xohlovchilarning hammasi haq to‘lanadigan ishga ega bo‘ladi hamda siklik ishsizlik bo‘lmaydi. Biroq, uning friksion va tuzilmaviy ishsizlik bilan belgilanadigan tabiiy darajasi saqlanadi.
-
Ish vaqtining normal muddati
Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin yemas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati etti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
-
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
-
Ishchi va xodimlar bilim, kasb-hunar egallashi
Lavozim va vazifalarni yuqori malakali bajarish hamda ularning lavozim maoshlari hamda ish xaqini taalluqli tariflar asosida oshirib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida professional ishchi – kasb va mutaxassisligi bo‘yicha taʼlim tizimida milliy o‘qitish standartlari asosida ishchi-ходимлар o‘qitilishi tizimi shakllantirilmoqda.
-
Ish haqi to‘lanmagan taʼtil
O‘zbekiston mehnat kodeksida va mehnatni tashkillashtirish bo‘yicha amaldagi qoidalarga muvofiq oilaviy yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra, xodimga yozma arizasiga binoan ish haqi saqlanmagan mehnat taʼtil berilishi ko‘zda tutilgan. Ish haqi saqlanmagan mehnat taʼtili davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasida kelishuv asosida belgilanadi.
-
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi
Umumiy sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
-
Ishchi kasb
O‘zbekiston Respublikasida milliy taʼlim tizimida birlamchi darajadagi professional ishchi-kasbga yegasi bo‘lib, o‘qish va amaliyot yakuniga ko‘ra jami bilimlar va ko‘nikmalarni biluvchi va bajara oluvchi shaxsning ish faoliyati turi.
-
Ishchi kuchi kuzatuvlari
Ishchi kuchining ishtiroki va shunga bog‘liq uning ko‘rsatkichlari darajasini aniqlash uchun maʼlumot manbai. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) standartlari asosida amalga oshiriladi.
-
Ishchi kuchini eksport qilish
Har bir davlatning iqtisodiy va demografik rivojlanish xolatini inobatga olib, mehnat bozorida mavjud vaqtinchalik ishsiz fuqarolariga daromad olishning tashkiliy, huquqiy va moddiy imkonlarini shakllantirish maqsadida xorijda ishlash va yashash ijtimoiy kafolatlarini barpo yetish siyosati.
-
Ishchi kuchiga talab
Myehnat bozorining o‘ziga xos xususiyati – bu bozor iqtisodiyotining yeng muhim yelementi bo‘lib, u “qayta ishchi kuchi” mahsulotning normal takror ishlab chiqarilishini va undan samarali foydalanishni taʼminlashga mo‘ljallangan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Mehnat bozorida namoyish etiladigan va mos ravishda mehnatdan foydalanish uchun ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlangan mehnatga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarning hajmi va tuzilishini aks yettiradi. Ish joylarining soni va tuzilishi, ishchi kuchini jalb qilish uchun sarflanadigan kunlik miqdori bilan belgilanadi. Mehnatga bo‘lgan qattiq cheklangan talab ishchilarning erkinligi, ularning kasbiy va malakaviy darajasi, tez o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitda harakatchanligi uchun alohida individual javobgarlikni beradi. Shaxsiy tashabbuskorlik, qobiliyat, qatʼiyatlilik qiziqarli va foydali ish topishda hal qiluvchi omilga aylanadi.
-
Ish joyiga texnik xizmat ko‘rsatish
Bir nechta alohida funksiyalarning kombinatsiyasi: taʼmirlash, asbob bilan taʼminlash, sozlash, materialni qo‘llab-quvvatlash funksiyalari (materiallar va qismlarni qabul qilish, saqlash va ish joyiga etkazib berish), transport, texnik nazorat funksiyalari, tashkiliy (ijrochilar tomonidan ishlarni taqsimlash) va boshqa funksiyalar (masalan, inventarlarni taʼmirlash, qadoqlash, binolarni tozalash ishlari) kiradi.
-
Ish joylarini kvotalash
Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlarini (nogironligi bor fuqarolar, mehribonlik uylarida tarbiyalanganlar, qamoq jazosini o‘tab chiqqanlar, muddatli harbiy xizmatdan demobilizatsiya bo‘lganlar) mulk shaklidan qatʼiy nazar ish beruvchi tashkilotlariga (mussasa, korxona, firmalar) shu toifalardagilarni fuqarolarni majburan ishga jalb qilishga (tashkilot xodimlarining o‘rtacha soniga nisbatan foizda belgilanadi) qaratilgan mahalliy hokimliklarining tashkiliy tadbirlari.
-
Ishsizlik holati
Hududiy mehnat bozorida o‘zining kasb va mutaxassislik mehnat layoqatiga vaqtinchalik talab bo‘lmaganligi.
-
Ishsizlik nafaqasi
Vaqtinchalik ishsiz shaxslarni mahalliy bandlikka ko‘maklashish Markazlarida ishsizlar ro‘yhatiga olinganlarni vaqtinchalik (3 oy davomida) pul shaklida qo‘llab-quvvatlash jarayoni.
-
Ish o‘rni pasporti
Har bir korxona yoki ishlab chiqarish jarayonida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasaning ichki meʼyoriy hujjati. Ushbu ish joyining sanitariya-gigiyena normalariga, mehnat sharoitlarining xavfsizligi talablariga va ishlab chiqarish texnologiyasining konkret xodim sog‘lig‘iga zarar etkazilishi darajasini belgilovchi maxsus ishchi komissiya tasdiqlovchi rasmiy hujjatdir.
-
Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ish o‘rinlarini ajratish;
-
Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi
Vaqtinchalik ishsiz fuqarolarni doimiy yoki vaqtinchalik daromad keltiruvchi ishga jalb qilishga qaratilgan, xududda maʼlum miqdorda yangi ish o‘rinlarini tashkil yetilishiga qaratilgan davlat idoralarining tashkiliy, huquqiy, texnologik va huquqiy chora-tadbirlari.
-
Ish o‘rinlarining eng kam soni
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga nisbatan tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari bilan foizlarda belgilanadigan ish o‘rinlarining eng kam soni.
-
Ish izlayotgan shaxs
Ishini ayrim sabablarga ko‘ra vaqtincha yo‘qotib qo‘ygan yoki uning malakaviy darajasiga mos kelmaganligi uchun boshqa doimiy ish qidirib, mahalliy mehnat idoralariga murojat qilgan shaxs.
-
Ishsizlikning davomiyligi (ish qidirish davomiyligi)
Har qanday vositadan foydalanib, fuqaroning ish qidirayotgan vaqt davri.
-
Ishsiz shaxslar
O‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga yega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif yetilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno).
-
Ish haqi
Xodimga uning mehnatidan foydalanganligi uchun to‘lanadigan haq. Mehnatga pul shaklida to‘lanadigan haq; qiymatning o‘zgargan shakli, ish kuchi (taqdim yetilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Xodim mehnat bozorida mehnatni yemas, o‘z ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi bo‘lib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun to‘laydilar.
-
Ish haqini tashkil etish
Ishlab chiqarish sohalarida shartnoma asosida mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslarga ularning ish miqdori va sifat ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib belgilanadigan va to‘lanadigan ish haqi miqdori.
-
Ish joyini tashkil etish
Bu yuqori samarali mehnat uchun barcha zarur shart–sharoitlarni yaratishga, uning tarkibini oshirishga va xodimning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan chora–tadbirlar tizimidir.
-
Ishsizlar uchun nafaqa
Ishini yo‘qotgan va ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsga beriladigan ijtimoiy nafaqalarning bir turi.
-
Ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj
Bu tashkilotlar tomonidan bandlik xizmatiga eʼlon qilingan bo‘sh ish joylarini (bo‘sh lavozimlarni) to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni.
-
Ishlab chiqarish faoliyati
Moddiy-texnik resurslar yordamida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va vositalaridan foydalanadigan texnologik jarayon.
-
Ishlab chiqarish muhiti
Mehnat faoliyati jarayonida xodimga taʼsir ko‘rsatuvchi kimyoviy, biologik, fizik va ijtimoiy-psixologik omillarning yig‘indisi.
-
Ishlab chiqarish sohasi xodimlari
Ishlab chiqarish korxonalarning (firma, klasterlar) asosiy mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan muxandis-texnik va boshqaruv – maʼmuriyat xodimlar hisoblanadi. Ularga ish haqi yemas, balki korxonadagi (firma, klasterlarda) ishlab chiqarish samardorligiga qarab taalluqli miqdorda lavozim maoshlari va qo‘shimcha to‘lovlar va mukofotlar to‘lab boriladi.
-
Ishchilarning malakaviy razryadlari diapazoni
Ishlab chiqarish sohasida ishchi tomonidan bajariladigan aniq turiga xos bo‘lgan ish faoliyatining yeng past razryadidan yeng yuqori razryadigacha bo‘lgan oraliq hisoblanadi.
-
Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
Mehnat sharoitlarining, ish o‘rinlaridagi mehnat jarayoni og‘irligi va tig‘izligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlar tizimi.
-
Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilotning ro‘yxatdagi o‘rtacha xodimlari sonining foizlarida tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari bilan belgilanadigan ish o‘rinlari soni.
-
Ish kuni davomiyligi
Sutkaning maʼlum qismida ishchi, xizmatchi, ish bilan band fuqaroning korxonada mehnat qiladigan, ishlab chiqarish faoliyatida band bo‘ladigan vaqti.
-
Ishchi kuchi balansi (mehnat resurslari balansi)
Myehnat resurslarining taqsimlanishi va shakllanish manbalarini ko‘rsatuvchi muvozanat. Hududiy darajada ishlab chiqiladi.
-
Ishchi kuchi harakati
Ijtimoiy–iqtisodiy jarayon bo‘lib, uning natijasida ishchi kuchining miqdoriy va sifat xususiyatlari, shuningdek, uning korxonalar, tarmoqlar va mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlanishi o‘zgaradi.
-
Ish vaqti
Odamning ish jadvali yoki mehnat intizomi doirasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajargan holda ishxonada o‘tkazgan vaqtidir.
-
Ish bilan bandlik
Fuqarolarning shaxsiy va jamoat ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyati, qonunchilikka zid bo‘lmagan mehnat faoliyati.
-
Ish bilan bandlik darajasi
Mehnat resurslarining iqtisodiy faol mehnat bilan band toifasidagi fuqarolarning, shu jumladan, rasmiy va norasmiy sektorlada, xorijdadagi mehnat migratsiyasi sharoitida ishlayotganlar, shaxsiy va jamoat ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq qonunchilikka zid bo‘lmagan mehnat bilan band bo‘lganlar tashkil yetadi.
-
Ish bilan band bo‘lganlar
Mulk shaklidan qatʼiy nazar korxona (muassasa, tashkilot, firma, klaster, yakka tartibda, o‘zini o‘zi band qilganlar, xunarmandlik ishlarida, kasanachilik) mehnat shartnomasi bo‘yicha haq evaziga to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar.
-
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan baxtsiz hodisa
Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast etkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud–tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining maʼlumotlariga ko‘ra).
-
Ishlab chiqarish sanitariya-gigiyena talablari
Mehnat jarayonidagi tashkiliy, sanitariya-gigiyena va texnik havfsizligi xizmati vazifalaridan iborat bo‘lib, ishchilarning zararli ishlab chiqarish omillari taʼsiriga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan talablar majmuasi.
-
Ish vaqtidan tashqari ish
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ish.
-
Ishlab chiqarish jarayoni
Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologik va boshqa jarayonlar to‘plami, shu jumladan mehnat faoliyati va ishchilarning mehnat funksiyalari;
-
Ishlab chiqarish taʼlimi
Malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni hamda o‘rta maxsus va kasb-hunar taʼlimining tarkibiy qismi. Asosiy vazifasi – kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib etishadigan o‘quvchilarni muayyan kasb sohasida bevosita faoliyat ko‘rsatishga tayyorlash, yaʼni bilimlarni amaliyotga tatbiq yetishga o‘rgatish, zarur kasb ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirishdan iborat.
-
Ishlab chiqarish omili
Ish muhiti yoki ish jarayoni omili.
-
Ishlab chiqarish xavfsizligi
Ishlab chiqarishni ishlab chiqarish jarayoniga, mol–mulkiga, atrof–muhitga, ishchilar va uchinchi shaxslarning sog‘lig‘i va hayotiga yetkaziladigan zarardan (xavfdan) himoya qilishga qaratilgan faoliyat turi.
-
Ish tashlash
Jamoa mehnat nizosini hal qilish uchun xodimlar o‘zlarining mehnat majburiyatlarini (to‘liq yoki qisman) bajarishdan vaqtincha ixtiyoriy ravishda rad etilishi.
-
Ish sharoitlarini o‘zgartirish
Ish haqi tizimidagi o‘zgarishlar, ish kunlari, shu jumladan yarim kunlik ish vaqtini belgilash yoki bekor qilish, kafolatlarning o‘zgarishi, ish haqining pasayishi, muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan xodim bilan shartnoma tuzish taklifi, shuningdek, mehnat kodeksiga muvofiq belgilangan boshqa shartlar.
-
Ish qobiliyati
Tananing fiziologik va aqliy funksiyalari imkoniyati bilan belgilanadigan insonning qobiliyati, bu uning maʼlum bir vaqt davomida maʼlum bir sifatli mehnat (ish) hajmini bajarish qobiliyatini tavsiflaydi.
-
Ichki huquqiy hujjatlar
Jamoa shartnomalari va mehnat jarayoni bilan bog‘liq bitimlar, xodim va ishchilarning jamoadagi mehnat taqsimotini belgilovchi aniq lavozim vazifalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, ish beruvchining xodimlarning ish va dam olish vaqtini belgilovchi Nizomlar va qoidalar, mehnatni tashkil yetish va baholashni tartibga soluvchi hujjatlar, yuqori idoralar bilan hat va ahborot yozishmalar majmuasi, mehnatni tartibga soluvchi va baholovchi qarorlar, buyruqlar va bayonnomalar.
-
Ishtirok etish darajasi (mehnat)
Xodimning mehnatning jamoaviy natijasiga qo‘shgan hissasini hisobga oladigan ko‘rsatkich; jamoaviy daromadlarni taqsimlashga xizmat qiladi.
-
Ixtiyoriy ishsizlik
Mehnat bozorida o‘z kasbi va mutaxassisligi har xil sabablarga ko‘ra bilan ko‘ngilli ravishda ishlashni istamagan shaxslar kiradi.
-
Ish topishda qiyinchiliklarga duch kelgan fuqarolar
Ularning toifalari: nogironligi bo‘lgan shaxslar; ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod qilingan shaxslar, harbiy xizmatdan demobilizatsiya bo‘lganlar va ularning oila aʼzolari, Mehribon uylaridan chiqqanlar, yoshlar, voyaga etmagan yoki nogiron bolasi bor yolg‘iz onalar, pensiya yoshidagi shaxslar, pensiya muddatidan ikki yil oldin ayrim sabablarga ko‘ra ishsiz bo‘lib qolgan shahlar, xorijdan kelgan qochqinlar va majburiy ko‘chmanchilar, o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasini bitirgan va birinchi marotaba ish qidiruvchi shaxslar.
-
Ichki mehnat tartibi qoidalari
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ishlab chiqarish korxonalari (muassasa, tashkilot, firma, klaster, davlat idoralari) jamoasida mehnat jarayonida ishtirokchilarning birgalikdagi mehnatini tashkil yetuvchi asosiy meʼyoriy hujjat hisoblanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalarining asosiy maqsadi xodimlarni mehnatga ongli munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash, mehnat intizomini yanada mustahkamlash, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ish vaqtidan yuqori samarali foydalanish, yuksak ish sifatiga erishish. Mehnat unumdorligi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifa va majburiyatlatlardan iborat.
-
Ish rejimi
Mulk shaklidan qatʼiy nazar har bir mehnat jamoasida xodimlarning (ishchilarning) lavozim vazifalarini va majburiyatlarini ijro yetish faoliyatini, ularning ishga kelish-ketish, dam olish, ovqatlanish faoliyatining aniq belgilovchi tartib.
-
Ishchi kuchining chiqarilishi
Xodimlar sonining kamayishi, buning natijasida ularning bir qismi ishdan bo‘shatiladi.
-
Ishsizlik xarajatliari
Ishsizlik oqibatida kelib chiqqan ijtimoiy va iqtisodiy zararlar. Ijtimoiy jihatlar qatoriga turmush darajasining pasayishi va aholi sog‘lig‘ining noqulay tendentsiyalari, jamiyatdagi umumiy psixologik muhitning yomonlashuvi, jinoyatchilikning ijtimoiy bazasining kengayishi va boshqalar kiradi.
-
Ishchilar
Mehnat quroli yordamida mehnat jarayonida ishlov berilishi kerak bo‘lgan materiallarga (mehnat predmetiga) taʼsir ko‘rsatadigan, asosan jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni kuzatadigan, sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini o‘zgartiradigan, mehnatning normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan xodimlar.
-
Ixtiyoriy sug‘urta
Sug‘urtalanuvchilarning xohishi bilan amalga oshiriladigan sug‘urta.
-
Indikativ rejalashtirish
Bu davlat organlarining davlat iqtisodiy siyosatining maqsadlari va vositalari va iqtisodiy rivojlanishning mumkin bo‘lgan traektoriyalari to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xabardor qilishga qaratilgan iqtisodiy rejalar tuzishdagi faoliyati. Indikativ rejalar bozor va aralash iqtisodiyotdagi noaniqlikni kamaytirishga qaratilgan va maslahat xarakteriga ega. Shu bilan birga, ular faqat davlat, sanoat yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining umumiy natijalarini qayd qiladi. Indikativ rejalashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
-
Inflyatsiya (lot. “inflatio” bo‘rtish, ko‘tarilish)
Mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o‘sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
-
Ish joyini izolyatsiya qilish
Ish joyi va o‘tkazgich qismlarini izolyatsiyalashga asoslangan himoya usuli.
-
Ijtimoiy reabilitatsiya
O‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi maʼnaviy-axloqiy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi boshqa holatlarni qo‘zg‘ata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini taʼminlash.
-
Integratsiya (lat. integratio – tiklash, to‘ldirish, ulanish)
Qismlarni bir butunga birlashtirish jarayoni. Kontekstga qarab, turli maʼnolarni anglatishi mumkin. Masalan, iqtisodiyotda korxonalar, tarmoqlar, mintaqalar, mamlakatlarning yaqinlashuvi va birlashishi jarayoni.
-
Ishlab chiqarish jihozi
Ishlab chiqarish uchun xarur bo‘lgan mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, apparatlar, asboblar va ish, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalardan iborat
-
Ishlab chiqarish sanitariyasi
Zararli ishlab chiqarish omillarining ishchilarga taʼsirini oldini oladigan yoki kamaytiradigan sanitariya–gigiyenik, tashkiliy choralar va texnik vositalar tizimi.
-
Ish vaqti
1. Xodim ish beruvchining hujjatlari va mehnat shartnomasi shartlariga, shuningdek, Mehnat kodeksi, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, jamoa shartnomasiga muvofiq muvofiq mehnat majburiyatlarini bajaradigan vaqt. 2. Odamning ish jadvali yoki mehnat intizomi doirasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajargan holda ishxonada o‘tkazgan vaqtidir.
-
Ish haqi tizimlari
Xodimning ish haqi miqdorining uning ish natijalariga bog‘liqligini amalga oshirish, ish haqi elementlari: tarif qismi, qo‘shimcha to‘lovlar, nafaqalar, bonuslar, boshqa rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari o‘rtasidagi munosabatni o‘rnatish texnologiyasi.
-
Ish vaqti balansi
36 soatlik, 40 soatlik ish haftalari (besh kunlik, olti kunlik) bilan ish kunlari (soatlari) hisobga olingan holda, tegishli taqvim yili uchun ish vaqti normasini oylarga taqsimlash ko‘rsatkichlari jadvali.
-
Ijtimoiy hamkorlik (sheriklik)
1. Xodimlar (xodimlar vakillari), ish beruvchilar (ish beruvchilar vakillari), davlat organlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish va ularning mehnat munosabatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan manfaatlarini muvofiqlashtirishni taʼminlashga qaratilgan munosabatlar tizimi. 2. Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ–huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi.
-
Ijtimoiy huquqlar
Davlat tomonidan ijtimoiy sohada kafolatlangan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan huquqlar.
-
Ijtimoiy taʼtil
Bu onalik, bola parvarishlash, ish joyida o‘qish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida xodimni maʼlum muddatga ishdan bo‘shatish kabi imtiyozlar majmuasidir.
-
Jabrlanuvchi
O‘z lavozim vazifalarini bajarish jarayonida shikast olib, mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining (tananing) boshqa aʼzolariga jiddiy zarar etkazilganda, sug‘urta tovonini olish huquqiga yega bo‘lgan xodim.
-
Jamiyat mehnat potensiali
Mamlakatning umumiy mehnat imkoniyatlaridir. U sifat va miqdor xususiyatlariga (mehnatga layoqatli aholi soni, mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholining ish vaqti miqdori, salomatlik darajasi, jismoniy imkoniyatlar, taʼlim va malaka darajasi) ega bo‘lgan jamiyatning kadr potensiali sifatida namoyon bo‘ladi.
-
Jamoa (arabcha “jama’a” yig‘ilmoq, to‘planmoq)
Bir guruh, bir tashkilotda ishlaydigan, keng maʼnoda – umumiy g‘oyalar, manfaatlar bilan birlashtirilgan odamlar. Bir korxona xodimlarining jamoasi baʼzan mehnat jamoasi deb ataladi.
-
Jamoani boshqarishda xodim (ishchi) ishtirok etish darajasi
Xodimning (ishchining) mehnat jarayonidagi jamoaviy natijadorligiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda jamoaviy daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagi o‘rni va mavqeyi.
-
Jamoa shartnomasi
Mulk shaklidan qatʼiy nazar faoliyat ko‘rsatayotgan idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hamda xodimlar va ish beruvchilarning vazifalarini, burch, ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar va masʼuliyatlarini belgilovchi tashkiliy huquqiy hujjat.
-
Jamoaning ijtimoiy tuzilishi
Jamoaning mehnat jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar (ishchilar) ijtimoiy, tibbiy, maishiy va sanitariya-gigiyena ehtiyojlarini taʼminlab turuvchi bo‘linmalar majmuasi hisoblanadi.
-
Jamoaning ijtimoiy–psixologik muhiti
Korxona, muassasa va tashkilotlarning mehnat jarayonidagi natijadorlikka erishish borasida xodim (ishchilar) o‘rtasidagi maʼnaviy, madaniy va psixologik munosabatlari va ularning barqarorligini hamda umumiy yemotsional kayfiyatini o‘rganib boruvchi holat.
-
Jamoat birlashmasi
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
-
Jamoat ishlari
Mehnat sohasida malakaga va kasbga yega bo‘lmagan vaqtinchalik ishsiz, “Temir daftar”,”Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftarlar ” ro‘yxatiga olingan ijtimoiy zaif aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash sifatida tashkil yetilgan, faol mehnat qilishga qaratilgan jarayon bo‘lib, maxsus Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan mehnat jarayoni.
-
Jamoat ishlari jamg‘armasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs huquqiga yega, o‘zining Nizomi va vazifalariga yega mustaqil Jamg‘arma hisoblanadi.
-
Jamoaning mehnatini himoya qilish vositalari
Tyexnologiya yoki ish vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish, yoki uni kamaytirish, shuningdek yekologik ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan texnik va boshqa vositalar majmuasi.
-
Jamoa kelishuvi (shartnomasi)
Muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, mehnat jarayonining munosib sharoitlarini belgilovchi ijtimoiy kafolatlar majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjat.
-
Jamiyat va mehnat munosabatlariga reintegratsiya qilish
Muhojir fuqarolarimizni xorijda mehnat qilib, qaytib kelganidan keyin ularni va oila aʼzolarini jamiyatda va mehnat munosabatlariga moslashishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, moddiy va malakaviy qo‘llab-quvvatlash davlat chora-tadbirlar kompleksi.
-
Javobgarlik
Mehnat jarayonida Mehnat kodeksi talablarini inkor etib, mulk shaklidan qatʼiy nazar noqonuniy xatti-harakatlari uchun korxona va muassasa rahbarlari va xodimlar (ishchilar) moddiy, maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilish jarayoni.
-
Jini koeffitsiyenti
Maʼlum bir mamlakatda jismoniy shaxslar yoki uy xo‘jaliklari daromadlarining haqiqiy taqsimlanishining mutlaq tenglikdan chetlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkich. 0 indeks qiymati mutlaq tenglikka, 1 - mutlaq tengsizlikka to‘g‘ri keladi.
-
Jismoniy mehnat
Oddiy mehnat jarayonining bir turi, asosan, odamning mushak kuchini sarflash bilan bog‘liq va mushak-suyak tizimiga va tana faoliyatini taʼminlaydigan funktsional tizimlarga (yurak-qon tomir, asab-mushak, nafas olish va boshqalar) yukning ortishi bilan tavsiflanadi.
-
Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida)
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan yuridik shaxsdan farq qiladi va bevosita o‘z nomidan ish yuritadi hamda faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas. Uning huquq va muomala layoqatining vujudga kelishi hamda barham topishi tartibi ham yuridik shaxslardan farqlanadi va u mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishi, uni meros qilib olishi va vasiyat etib qoldirishi; bankda o‘z jamg‘armalarini saqlashi; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan, qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishi; yollanma mehnatdan foydalanishi; yuridik shaxc tashkil etishi; shartnoma, bitimlar tuzishi va majburiyatlarini bajarishi; o‘ziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini talab qilishi; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashi; fan, adabiyot va sanʼat asarlari, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat samaralarining muallifi huquqiga ega bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va burchlariga oid qonun-qoidalar Fuqarolik kodeksida belgilab berilgan (16—38-moddalar).
-
Kadr (lot. – quadratum “xodim, ishchi”)
Malakasi va ish tajribasi bor, ishlamoq ishtiyoqi bo‘lgan xodim, ishchi, xizmatchi.
-
Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish
Hozirgi zamon talablariga xos, innovatsion va raqamli iqtisodiyotga munosib o‘quv va ilmiy-metodik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan yuksak darajadagi bilimlar, fan va taʼlim taraqqiyotiga mos tadqiqotlar va ishlanmalarda ifodalanadigan ilmiy-pedagogik faoliyat turi.
-
Kadrlar tayyorlash uchun davlat buyurtmasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan real iqtisodiyot sohalarining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish uchun barcha hudud va sohalarda mavjud ishchi professional kasbiy malakaga egalarning mutaxassis yo‘nalishlari bo‘yicha holatini tahlil qilish asosida uzoq-yaqin istiqbolli prognoz raqamlarini tayyorlab, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda, hududiy kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish “Ishga marhamat” monomarkazlari va ularning filiallariga, shu jumladan nodavlat taʼlim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma berish tizimi.
-
Kadrlarni qayta tayyorlash
Mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik mexanizmini taʼsirchanligini oshirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus mutaxassislik malakaga yega bo‘lganlarni hamda yuqori professional ishchi kasblarga yega bo‘lgan shaxslarni muntazam ravishda qayta tayyorlash majmuasi.
-
Kadrlar tayyorlash prognoz ko‘rsatkichlari
Hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan real iqtisodiyot sohalarining yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish maqsadida barcha hudud va sohalarda mavjud oliy va o‘rta maxsus maʼlumotli mutaxassislarni hamda ishchi professional kasbiy malakaga egalarning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha ehtiyojni chuqur tahlil qilish asosida uzoq-yaqin istiqbolli prognoz raqamlarini tayyorlash jarayoni.
-
Kafolatlangan daromad
Har qanday holatda ham odam (xodim) olishi kerak bo‘lgan minimal daromadning kafolati. Daromad kafolatlari turli yo‘llar bilan ta'minlanadi, masalan, yeng kam ish haqini belgilash; ehtiyojga qarab imtiyozlarni joriy yetish va boshqalar.
-
Kafolatlangan to‘lovlar
Ish beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mehnat Kodeksida va mehnat jarayoni bilan bog‘lik barcha hujjatlarida nazarda tutilgan, ishdan bo‘shatilgan xodimlarga to‘lanadigan to‘lovlar. Ishdan bo‘shatish nafaqasi ikki (yoki uch) oylik o‘rtacha ish haqi miqdorida to‘lashga qonuniy kafolat beradi.
-
Kam ish haqi bilan bandlik
(XMT tavsiyasiga ko‘ra) ish haqi past bo‘lgan ishchilar darajasi, barcha ishlarda umumiy soatlik ish haqi mamlakatning o‘rtacha soatlik ish haqining uchdan ikki qismidan kam bo‘lgan, haq to‘lanadigan ishchilar soni sifatida belgilanadi.
-
Karantin
Sog’liqni saqlash tizimida xavfli yuqumli kasallikni yuqtirgan yoki gumon qilinayotgan odam, hayvon, yuk, tovarlar, transport vositalari, aholi punktlari, hududlar, tumanlar, viloyatlar va boshqalarning aloqalarini cheklovchi epidemiyaga tarqalishiga qarshi qatʼiy cheklangan rejimning tashkiliy-tibbiy choralar majmui. (masalan, pandemiya sharoitidagi karantin)
-
Kariyera (ital. carriera “yugurish”)
Xodimning malaka darajasiga va isteʼdodiga qarab uning mehnat istiqbolini obʼyektiv belgilash talablari. Xodimning mehnat kelajagi, o‘zini namoyon qilish va ishdan qoniqishining subʼektiv ongli fikr yuritishi. Keng ma'noda, martaba – bu hayotning asosiy sohalarida (oila, ish, dam olish) inson taraqqiyoti bosqichlarining umumiy ketma–ketligi. Ijtimoiy–iqtisodiy vaziyat dinamikasi, status–rol xususiyatlari, shaxsning ijtimoiy faollik shakllari bilan tavsiflanadi. Tor maʼnoda, martaba tushunchasi shaxsning mehnat faoliyatidagi o‘rni va faolligi dinamikasi bilan bog‘liq.
-
Kasb tayyorgarligi talab qilmaydigan ish
Maxsus kasb tayyorgarligi zarur bo‘lmagan, hammabop mehnat faoliyatining vaqtincha (6 oygacha muddatida) bajarib turish turlaridan biri.
-
Kasb–hunar o‘quv markazi
Xalqaro talablar bo‘yicha O‘zbekistonda milliy taʼlim tizimining tasnifi bo‘yicha 3-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida maktab bitiruvchilarini mehnatga jalb qilish maqsadida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional taʼlim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim muassasasi va ularning mahalla va hududlardagi filiallari.
-
Kasanachi
Tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxsning yashash joyi bo‘yicha yoki unga yoki uning oila aʼzolariga tegishli bo‘lgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari bo‘yicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ish.
-
Kasb
Har bir shahsning kasbiy malakaga tayyorgarlik natijasida tegishli shaklda tasdiqlovchi hujjatlar yoki maxsus tayyorgarlik natijasida muayyan bilim va amaliy mahorat ko‘nikmalarni ijro yeta oluvchi mehnat faoliyati tur.
-
Kasbiy ish qobiliyatining yo‘qolishi
Maʼlum bir kasbda ishlash qobiliyatining yo‘qolishi, erishilgan turmush darajasi va/yoki tirikchilik manbasini yo‘qotishi natijasida jabrlanuvchiga zarar etkazish.
-
Kasb bilan bog‘liq xavf
Mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarganda yoki O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksida belgilangan boshqa hollarda, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsirida kasb yegasi sog‘lig‘iga zarar etkazish holati.
-
Kasb kasalligi
Xodim (ishchi) zararli ishlab chiqarish omili yoki boshqa xavfli omillar taʼsiri natijasida uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasallik oqibatidagi bemorlik holati hisoblanadi.
-
Kasbiy stress
Odamning funksional holatlaridan biri bo‘lib, u kasbiy faoliyatda uning moslashuvchan qobiliyatiga bo‘lgan talablarning kuchayishi natijasida paydo bo‘ladi, bu kuchli ruhiy stress, xatti–harakatlar va faoliyatning tartibsizligi.
-
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi
Myehnat bozorining malakali xodimlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlari hamda malakali ishchi kuchiga oid takliflar taʼlim va kasbga o‘qitish tizimi tomonidan maqbul tarzda kelishib olinishini taʼminlovchi huquqiy va institutsional jihatdan tartibga solish mexanizmlari yig‘indisi.
-
Kasbiy malakaviy talablar
Mutaxassislik (taʼlim sohasi) bo‘yicha talablar, mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasi, o‘qitish sohasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalar faoliyat doirasi bo‘lib, ular faoliyat doirasidagi xizmat vazifalarini bajarish uchun zarurdir.
-
Kasbiy standart
1. Malaka va bilimning darajasiga, mehnatning mazmuniga, sifatiga va shart–sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan, asosiy mehnat vazifalari tavsifini va ularni bajarish shartlarini o‘z ichiga olgan standart; 2. Asosiy mehnat funksiyalari va ularni bajarish sharoitlarini ifodalovchi, ko‘nikma darajasiga mehnat mazmuni, sifati va sharoitlariga talablarni belgilovchi standart.
-
Kasbiy standartning milliy ramkalari
Mehnat faoliyati mazmuni va maqsadini to‘laqonli bajarish uchun xodimning (ishchining) o‘zlashtirgan malaka va bilimining darajasiga, mehnat faoliyatining mazmuniga, sifatiga va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan, uning lavozim va kasb vazifalari tavsifini va ularni bajarish shartlarini o‘z ichiga olgan standart.
-
Kasb–hunar taʼlimi
Turli yoshdagi shaxslarning kasbiy vakolatlarini yegallashga, shu jumladan maʼlum bir uskunalar, texnologiyalar, apparat va dasturiy taʼminot va boshqa professional vositalar bilan ishlash, ishchining kasbi bo‘yicha malaka toifalarini, sinflarini, toifalarini olishga qaratilgan taʼlim turi.
-
Kasbiy tanlov
Professional ishchi kasb egasini mavjud meʼyoriy talablarga muvofiqlik darajasini aniqlovchi korxonaning (muassasa, tashkilot, firma, klaster) maxsus komissiyaning tarkibiy faoliyati.
-
Kasb-hunar yo‘nalishi
Aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlarini ishga jalb qilish jarayoniga samarali ko‘maklashish maqsadida hamda professional ishchi kasblarga hududiy ehtiyojning ishlab chiqarish, qurilish, aholiga kommunal – xo‘jalik sohasidagi texnik ekspluatatsiya xizmatini uchun hamda xorijga ketayotgan fuqarolar uchun 28 yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan ro‘yhat.
-
Kasbiy reabilitatsiya
Qisman, yoki butunlay malakasini yo‘qotgan (masalan, ishdagi uzoq tanaffusdan keyin. kasallik natijasida, boshqa sabablarga ko‘ra) xodimning (ishchining) kasbiy mahoratini tiklashga qaratilgan o‘qitish tadbirlari majmuasi.
-
Kasbga o‘qitish
Muayyan mehnat funksiyalarini bajarish uchun o‘quvchiga zarur bo‘lgan bilim, mahorat va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan ta'lim turi.
-
Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasini aniqlash
Kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli, foizlarda ifodalangan mahalliy tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayish darajasi.
-
Kasbga oid (kasbiy) xavf–xatar
Zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarning taʼsiri natijasida xodimning sog‘lig‘i shikastlanishi yoki mehnat qobiliyati yoʻqotilishi yoki vafot etishi yehtimoli.
-
Kasbga moslashish
Bu rasmiy lavozimdagi boshlang‘ich tayyorgarlik doirasida yangi lavozimga tayinlangan davlat xizmatchilarining o‘zlashtirish jarayonini ijtimoiy, tashkiliy va professional qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan uning malakasini oshirishga ko‘maklashish va rag‘batlantirish choralari. mavjud kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, rasmiy intizomga rioya etilishini taʼminlash va davlat xizmatining shartlariga ko‘nikish.
-
Kasbiy faoliyat turi
Ijro yetish jarayoni bo‘yicha mehnat ko‘nikmalar tavsifga, mehnat natijalariga va sharoitlariga ega umumlashgan mehnat funksiyalari majmui.
-
Kasbiy tayyorgarlik
Maʼlum bir ish turini bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi yoki o‘zgartirilgan kasbiy ko‘nikmalarni egallash uchun shaxsni rivojlantirishga qaratilgan kasbiy taʼlim shakli.
-
Kasaba uyushmasi
Fuqarolarning ijtimoiy va mehnat huquqlari va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida, ularning mehnat faoliyatining mohiyati bilan umumiy ishlab chiqarish, kasbiy manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy jamoat birlashmasi.
-
Kasallik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi
Mehnatga layoqatsiz shaxs murojaat qilgan yoxud davolangan davolash–profilaktika muassasasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik aniqlangan kundan boshlab beriladigan mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi.
-
Kodeks (lot. codex – kitob)
Fuqarolar huquqining bir sohasi (mas. mehnat sohasi) bilan bog‘liq huquqiy normalarni birlashtirgan yagona tizimlashtirilgan qonunchilik hujjati.
-
Kollej
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi milliy taʼlim dasturlari asosida o‘rta maxsus bilim darajasida tayyorlaydigan taʼlim muassasalari.
-
Kollektiv (lot. sollectivus – jamoa)
Har qanday umumiy faoliyat, ish, o‘qish, muayyan ijtimoiy muammoni hal qilish bilan birlashtirilgan shaxslar guruhi. Keng maʼnoda – umumiy g‘oyalar, ehtiyojlar, manfaatlar bilan birlashgan odamlar.
-
Kollektiv kelishuv
Ish beruvchilar va ishchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha erkin va ixtiyoriy muzokaralar. Kollektiv kelishuv mehnat sharoitlari va mehnat shartlarini belgilaydi. Ish beruvchilar yakka tartibda yoki guruh bo‘lib bir yoki bir nechta xodim tashkilotlari bilan muzokara olib borishi mumkin. Bu savdo korxona ichida, korxona, sektor, mintaqaviy yoki milliy miqyosda amalga oshirilishi mumkin.
-
Kvalifikatsiya
Kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi darajasi.
-
Klaster (ing. – “blok”, “to‘p”)
Maʼlum bir hududda joylashgan o‘zining ishlab chiqarish faoliyatida bir necha sohada yo‘nalishlaridan iborat tarmoqlarda umumlashib ishlaydigan korxonalar guruhidir.
-
Kombinat (lot. sombinatus – qo‘shilgan, birlashtirilgan)
Bir-biriga uzviy bog‘langan, bo‘g‘inlardan iborat bo‘lib, birining mahsuloti ikkinchisiga xomashyo bo‘ladigan bir necha turli tarmoqli muassasa, korxona va boshqalarni birlashtiruvchi yirik tashkilot.
-
Kommunikatsiya (lot. communicatio – umumlashtiraman, bog‘layman)
Hozirgi zamon kibernetikasida texnologiyalarga asoslangan, raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan informatsiya (axborot)larni tezkor almashish jarayoni.
-
Kompetensiya (lot. competo – erishyapman, munosibman, loyiqman)
Xodimning mehnat faoliyatini jarayonida yuksak darajada amalga oshirish hamda kasbiy faoliyatda bilimlar, ko‘nikmalar, mahorat va tajribalarini o‘z amaliyotda to‘laqonli qo‘llash qobiliyati.
-
Kompetensiyalarni baholash markazi
O‘zbekiston Respublikasi sohalar aro doimiy tarzda amal qiluvchi ishchi-xodimlarning “Malakaviy darajasini baholash bo‘yicha Respublika Komissiyasi.
-
Kompetensiya to‘g‘risidagi sertifikat
Ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha kasb standarti (yoki malaka talabi) bilan ko‘zda tutilgan tegishli malaka darajasining berilgani va kompetensiyaning ijobiy baholanganini tasdiqlovchi hujjat.
-
Komplaens (ing. compleance – rozilik, muvofiqlik)
Ichki va tashqi talablarga yoki normalarga muvofiqlik.
-
Konsepsiya (lot. conceptio — tushunish, tizim)
O‘zaro bog‘liq va yagona tizimni tashkil etuvchi biror narsaga qarashlar majmuasi; har qanday hodisalarni tushunishning maʼlum bir usuli; asosiy nuqtai nazar, ularni qamrab olish uchun etakchi g‘oya; hodisalarga qarashlar tizimi – dunyoda, tabiatda, jamiyatda.
-
Kapital (lot. sapitalis - asosiy, hukmron)
Ixtiyoriy ayirboshlash asosida ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati orqali ortiqcha qiymat olish uchun ishlatiladigan aktivlar majmui.
-
Kouching (ing. coach – ustoz, murabbiy)
Yangi paydo bo‘lgan va tez rivojlanayotgan amaliy psixologiyaning bir bo‘limi bo‘lib, unda mehnat va hayotning boshqa sohalarida mahsuldorlik va psixologik farovonlikka erishish uchun kattalarni o‘qitishning turli xil psixologik metodlari va usullari qo‘llaniladi. Qaysidir maʼnoda murabbiylikka yaqin.
-
Konyunktura (lot. conjuncture, conjungere – biriktirmoq, qo‘shmoq)
Ijtimoiy hayotning biron-bir o‘zgaruvchan tendensiya holatlari borasidagi shart-sharoitlar vaziyati.
-
Kooperatsiya
Agrotexnologiya, yoki ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalaridagi mablag‘ va moliyaviy imkonlarni birlashtirish evaziga birgalikda daromad olishga qaratilgan boshqaruv uslubi.
-
Korporatsiya (lot. corporatio – birlashma, uyushma, hamjamiyat)
Rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun tashkiliy boshqaruv, huquqiy va moliyaviy jismoniy shaxslar uyushmasi.
-
Korrupsiya (lot. corrumpō – aynish, poraga sotilish)
Mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni g‘araz maqsadlarda o‘zining, yoki yaqin do‘st va qarindoshlarining shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita egallab turgan lavozim vazifalarini suiisteʼmol qilishidan iborat bo‘lgan noqonuniy qilingan yoki noqonuniy holatni atayin yashirish uchun qilingan harakat.
-
Korxona
Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan (xizmat ko‘rsatadigan) va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
-
Korxona mehnat potensiali
1. Ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida tashkilot mehnat jamoasiga tegishli bo‘lgan mehnatning miqdor va sifat imkoniyatlaridir. Tashkilot mehnat potensiali inson faoliyatining aniq shakldagi moddiylashuvi hisoblanib, korxona kadrlar potensialining sifat va miqdor xususiyatlari uyg‘unligining personallashgan ishchi kuchi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 2. Korxona kadrlar tarkibining shaxsiy va professional imkoniyatlarining umumiy bahosidir.
-
Konvensiya (lot. conventio – shartnoma, bitim)
Inson erkinligi huquqlarini, mehnat masalalariga doir “Majburiy mehnatni bartaraf etish” va “Bolalar mehnatini maʼn еtish” kabi va tabiyat yekologiyasini ximoya qilish Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlari shartnomalari.
-
Konstitutsiya (lot. constitutio – qurilma, o‘rnatish)
Davlatning asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan maxsus normativ-huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya davlatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy tizimlarining asoslarini belgilaydi. Konstitutsiya davlatning taʼsis hujjati bo‘lib, unda davlatni yaratishning asosiy maqsadlari belgilanadi.
-
Kotib (arab. – yozuvchi)
- Xizmatchi, korxona ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha barcha amaldani qaror, buyruqlar va topshiriqlarni nazoratga oluvchi va rasmiy hat va yozuvlarni rasmiylashtirib boruvchi shaxs;
-
Ko‘nikmalar
Insonning muayyan mehnat funksiyalarini bajarishga qobiliyatini ifodalovchi, taʼlim jarayonida yoki shaxsiy tajriba orqali yegallangan sifati (mahorati).
-
Ko‘nikmalarni baholash
Xodim yoki ishga (kasbga) talabgor malakasining kasb standarti qoidalariga yoki malakaviy talablarga mosligini tasdiqlash tartibi.
-
Ko‘nikmani baholashni o‘tkazish uchun baholash vositalari
Kasbiy imtihonni o‘tkazishda kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan qo‘llaniladigan topshiriqlar, baholash mezonlari majmui.
-
Ko‘nikmalar egasi
Ishchi (xodimning) muayyan mehnat vazifalarini sifatli ijro yetish qobiliyatini ifoda etuvchi, o‘quv jarayonida yoki mehnat faoliyati tajribasi orqali egallangan lavozim vazifalarini ijro yetishda mahoratli harakatlarni namoyon etadi.
-
Kovorking (ing. coworking - birgalikda ishlash)
Keng ma’noda umumiy ish joyida turli xil ish bilan band bo‘lgan odamlarning ishini tashkil yetishga yondashuv.
-
Kraudsoursing (crowdsourcing, crowd – olomon, sourcing – manba)
Axborot texnologiyalari yordamida ixtiyoriy ravishda subpudrat ishining bir turi sifatida o‘z ijodiy qobiliyatlari, bilimlari va tajribasidan foydalanish uchun keng doiradagi odamlarni innovatsion ishlab chiqarish faoliyatining ayrim muammolarini hal qilishga jalb qilish.
-
Kvota (lot. quote – meʼyor)
Mumkin bo‘lgan bitimlar va shartnomalar bo‘yicha ruxsat etilgan meʼyor, ulush yoki biror narsaning bir qismi.
-
Kompensatsiya (lot. compensatio – «qaytarish, qoplab berish»)
Mehnat qonunchiligida – xodimlarga mehnat yoki boshqa majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida belgilangan pul to‘lovlari. Masalan, ishdan bo‘shatilganda kompensatsiya.
-
Korporativ boshqaruv
Menejerlarning aksiyadorlarga hisobot berish tizimi; menejerlar va kompaniya egalari o‘rtasidagi munosabatlar.
-
Korporativ taʼlim
Mehnat jarayoniga ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan yangi ish ko‘nikma va mahoratlarini egallash shaklida xodimlarning ishlash qobiliyatlarini yaxshilash usuli.
-
Lavozim
1. Xodimning vakolat doirasi va masʼuliyatini belgilovchi rasmiy maqomi;
-
Lavozim funksional vazifalari (lot. functio -„bajarish“, „амалга oshirish“)
Mulk shaklidan va tasarrufidan qatʼiy nazar korxonada (tashkilot, muassasa, firma, klaster) ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun tasdiqlangan shtat birliklaridagi barcha lavozimlar ko‘zda tutilgan vazifalar, maʼsuliyatlar va javobgarlik talablari.
-
Lavozimga saylangan, tayinlangan yoki tasdiqlangan
Shu jumladan tashkilot faoliyatini mulk egasi nomidan boshqaradigan rahbarlar, diniy konfessiyalar, vazirlik xodimlar hisoblanadi.
-
Lider
Umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va harakatini birlashtiruvchi, tayinlanmagan guruh rahbari.
-
Litsenziya (lot. lisentia “huquq”)
Hududda va iqtisodiyot sohasida muayyan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish mahalliy hokimiyat tomonidan huquqini beruvchi mahsus davlat namunasida tasdiqlangan guvohnoma.
-
Logistika
Turli tizimlarni tovar va moddiy resurslar bilan samarali taʼminlash uchun tashkiliy-boshqaruv va ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar majmui.
-
Mablag‘
Korxona (xo‘jalik)ning xo‘jalik faoliyatini harakatlantirish maqsadida foydalanadigan aylanma pul miqdoridagi vositalar.
-
Mavsumiy ishga jalb qilish
Tabiiy va iqlim sharoitlari tufayli shaxs yil davomida emas, balki maʼlum bir davrda (mavsumda) olti oydan oshmaydigan mehnat shartnomasi asosida ko‘ngilli ravishda jalb etilishi mumkin (masalan, paxta va meva–chevalarni yig‘ish kuzgi kampaniyasi, tok va anorlarni qish oldi erga ko‘mish.)
-
Mavsumiy ishlar
Iqlim yoki boshqa tabiiy sharoitlar tufayli maʼlum bir davrda mavsumda), lekin bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda bajariladigan ishlar.
-
Mavsumiy ishsizlik
Korxona va tashkilotlarning iqlim mavsumiyligi sababli vaqtinchalik ishsizlik (masalan, qishloq xo‘jaligida qishgi davrda, bir qator xizmat ko‘rsatish sohalarida).
-
Magistratura (lot. magister – murabbiy, o‘qituvchi)
O‘zbekistonda aniq mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizidagi muddati kamida 1 yil davom etadigan oliy taʼlim o‘qish jarayoni.
-
Majburiy ishga jalb qilish
Shaxsni majburiy mehnatga jalb qilish faqat sud qaroriga asosan, jinoiy yoki maʼmuriy jazo sifatida qo‘llanishi mumkin.
-
Majburiy ishsizlik
Xodimning o‘zi tomonidan istalmagan va salbiy ijtimoiy oqibatlarga olib keladigan ishsizlik. Bunga, birinchi navbatda, davriy, tarkibiy va texnologik ishsizlik kiradi.
-
Majburiy mehnat
Davlat boshqaruv idoralari, jamoat tashkilotlari va ayniqsa, ish beruvchi biron–bir maʼmuriy bosim o‘tkazish, jazoni qo‘llash bilan tahdid qilib, xodimni (ishchini) belgilangan lavozim vazifalaridan tashqari, ixtiyoriga xilof ravishda qo‘shimcha miqdordagi ish yoki qo‘shimcha xizmat yo‘nalishi bo‘yicha topshiriqlarni ijro etishini talab qilgan tarzda – bu holat majburiy mehnat deb baholanadi.
-
Makroiqtisodiyot
Bozor xo‘jaligi umumiy nazariyasining bo‘limi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xo‘jalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘rganadi.
-
Maqbul keladigan ish
Shaxs bajarishga qodir bo‘lgan, uning mutaxassisligi yo‘nalishi va ixtisosligiga, malaka darajasi va tajriba davomiyligi, kasbiy tayyorgarligiga, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mos keladigan, yashash joyini o‘zgartirishini talab qilmaydigan, uning doimiy yashash joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan yeng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqini kafolatlaydigan munosib mehnat sharoitlari mavjud ish joyi.
-
Maqsadli bandlik siyosati
Davlatning aholi bandligi siyosatini ijro etish aholining muayyan xususiyatga ega guruhiga yo‘naltirilgan harakat.
-
Malaka
1. Xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning, uning bilimi, mahorati va ko‘nikmalarining tegishli kasb va mutaxassislik bo‘yicha aniq mehnat funksiyalarini sifatli bajarishga tayyorgarlik darajasi.
-
Malaka darajasi
Xodim yoki ishga qabul qilinayotgan kasb egasi o‘zining bilim darajasi, mahorati va o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarining tegishli mutaxassislik bo‘yicha aniq funksiyalarini yuqori sifatda bajara olish qobiliyati. Xodimning malaka darajasi bo‘yicha unga mehnat vazifalarini sifatli bajarish imkonini beradigan tayyorgarlik bazaviy miqdori, uning bilim doirasi, mahorati va ko‘nikmalar sohibi sifatida o‘lchalanadi.
-
Malakali ishchi
Maxsus tayyorgarlik, maxsus ko‘nikma, tajribasi va bilimlarni talab qiladigan mehnat faoliyatini bajara oluvchi shaxs.
-
Malakali mehnat
Muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun maxsus tayyorgarlik, ko‘nikma, tajriba va bilimlarni talab qiladigan ish.
-
Malakali xodimlar
Tegishli maʼlumot va tajribaga ega bo‘lgan shaxslar
-
Malakani baholash
Maxsus tuzilgan soha, yoki korxonaning Malakaviy komissiya (muassasada, tashkilot, idora va firmalar, klasterlarda) xodimlarning yoki ishchilar malakasining kasbiy standart talablariga muvofiqligini tasdiqlash tartibi.
-
Malakaning quyi darajasi
Xodimning malakasiga belgilanadigan, muayyan aniq va murakkablashtirilgan kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mustaqillik, masʼuliyat va ishlab chiqarish (yoki xizmat ko‘rsatish) jarayonining murakkablik darajasini aks ettiruvchi talablar.
-
Malakasiz ishchi kuchi
Mehnat jarayonining oddiy yoki nisbatan murakkab bo‘lmagan operatsiyalarini bajarishga qodir ishchilar, qoida tariqasida, yordamchi yoki xizmat ko‘rsatish xususiyatiga ega.
-
Mansabdor shaxs
Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bilan davlat hokimiyait vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida tashkiliy–maʼmuriy yoki maʼmuriy vazifalarni bajaradigan shaxs.
-
Manfaat (iqtisodiy, moddiy, manʼaviy va psixologik maʼnolarda)
Shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun jamoaning, ish beruvchining (odamlar guruhlari, tashkilotlar va boshqalar) muayyan funksiyalarni bajarishi uchun o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshiriladigan maqsadli mehnat faoliyati. Manfaat boshqa bog‘liq toifalar bilan – sabab, rag‘bat (motiv) bilan sababiy aloqada bo‘ladi. Manfaat – ehtiyojlar zanjirining bog‘lovchi bo‘g‘ini – qiziqish – rag‘batlantiruvchi (motiv). Bir tomondan, manfaat – ehtiyojlarni amalga oshirish shakli, boshqa tomondan – bu rag‘batning paydo bo‘lishining sababi.
-
Maosh
Korxona (muassasa, tashkilot, firma, klaster) shtat jadvalida maʼlum bir lavozim vazifalarini kalendar oy davomida to‘laqonli bajarganligi uchun xodimga naqd (yoki elektron shaklida) to‘lanadigan mablag‘ miqdori.
-
Masofaviy ishlash uslubi
Xodim ish beruvchi bilan kelishgan holda (og‘zaki yoki shartnomaga qo‘shimcha tarzda) asosiy korxona (maussasa, tashkilot, firma, klaster) dan tashqari o‘z vazifalarini bajarishi va axborot–kommunikatsiya texnologiyalari vositasida rahbariyat bilan kelishilgan shartlar asosida aloqada bo‘lish tushuniladi.
-
Masofaviy himoya
Potensial xavfli va (yoki) zararli ishlab chiqarish omilining ishchilarga salbiy taʼsirini kamaytirish, bu taʼsir xavfini yoki taʼsirini kamaytirish orqali, ishchi bilan bu taʼsir manbai orasidagi masofaning oshishi bilan kamayadi.
-
Master–klass angl. master class, nem. meisterkurs – original o‘qitish usuli)
Ijodiy faoliyatning maʼlum bir sohasi mutaxassisi tomonidan ushbu faoliyat sohasida yetarlicha kasbiy mahoratga ega bo‘lgan shaxslar uchun o‘tkaziladigan amaliy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘ziga xos dars va o‘ziga xos dars.
-
Maxsus kiyim
Xodimni zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan kiyim, poyabzal, bosh kiyim, qo‘lqop va boshqa shaxsiy himoya vositalari.
-
Maxsus o‘qitilgan xodimlar
Maʼlum uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatishga o‘rgatilgan xodimlar.
-
Maʼnaviy zarar
Nomoddiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq jabrlanuvchi va jamoa o‘rtasidagi ruhiy munosabatlar holatiga bog‘liq bo‘lgan zararning bir turi.
-
Menejer ing. manager – boshqaruvchi)
Korxona yoki tashkilotning maʼlum bir sohasidagi jarayonlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan mutaxassis. U korxonaning egasi bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha xodim sifatida ishga yollanadi.
-
Metodika
Amalda har qanday maqsadli harakatlarni bajarish tartibi. Metodika mavjud metoddan vazifalarni konkretlashtirish bilan farq qiladi xolos.
-
Metodologiya
Ayrim fanlarda tadqiqotda qo‘llaniladigan umumiy metodlar majmuasi; ilmiy faoliyatni tashkil etish tamoyillari va usullari tizimi, shuningdek, bu tamoyillar haqidagi taʼlimot; tuzilish, mantiqiy tashkil etish, faoliyat usullari va vositalari haqidagi taʼlimot.
-
Mehnat
Shaxsning ongli ravishda va o‘z ixtiyori bilan, o‘zining yoki jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni yaratishga qaratilgan aniq maqsadli faoliyati.
-
Mehnat – qadriyat sifatida
Inson shakllanishi va ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi uchun hamda o‘zining mehnat natijasida farovon hayotga intilishi, jamiyatda obro‘–eʼtiborda bo‘lishi hamda davlatni moddiy–maʼnaviy qo‘llab–quvvatlash haqidagi g‘oya hisoblanadi.
-
Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun patent
Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston hududida mehnat qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
-
Mehnat bozori
O‘zining mehnat qilish qobiliyatini taklif qilgan shaxslar bilan ish beruchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni belgilab, talab va taklif mexanizmlarining o‘zaro taʼsiri natijasida ishchi kuchi narxlarini shakllantiradigan ishlab chiqarish omillaridan biri, jamiyatda inson resurslarini to‘xtovsiz qayta ishlab chiqarilishini taʼminlash, samarali foydalanishga qaratilgan ijtimoiy–iqtisodiy, yuridik munosabatlar, norma va institutlar tizimidir.
-
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini saqlab borish ahamiyati
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanati – bu yollanma ishchilar va ish beruvchilarning iqtisodiy manfaatlarini optimallashtirib, tomonlarning manfaatini muvofiqlashtirib boruvchi, fuqarolar daromadini barqaror yuqori darajada saqlab turuvchi iqtisodiy–ijtimoiy jarayon hisoblanadi.
-
Mehnat bozorida raqobat
Mehnat bilan band bo‘lgan hamda mehnat bozoriga ish izlab kelgan ishsizlar nufuzli yoki imtiyozli ish joylari va ish beruvchilarda munosib ish o‘rinlarini egallash uchun olib boriladigan kurash mexanizmi. Ijtimoiy va mehnat munosabatlarining turli ishtirokchilarining manfaatlari to‘qnashuvi sifatida tavsiflanadi va har xil yo‘nalishlarda, ish haqining ishchi kuchining muvozanatli narxiga yaqinlashishiga, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi.
-
Mehnat bozoridagi keskinlik koeffitsiyenti
Aholi bandligi davlat xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan va maʼlum bir hududda band bo‘lmagan fuqarolar sonining bo‘sh ish (vakant) o‘rinlar soniga nisbati. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning nisbatlarini belgilaydigan ko‘rsatkich bo‘lib, u ishsizlarni ishga jalb qilish sonining korxonalar tomonidan eʼlon qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga nisbati sifatida belgilanadi.
-
Mehnat bozorining faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirib borish
Davlat organlari tomonidan mehnat bozori subʼektlari faoliyatini monitoring qilish, aholini ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish, malakali kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash, vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
-
Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari
Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi maʼlumotlar asosida shakllanadi:
-
Mehnat bozorining passiv siyosati
Jamiyatda ishsizlikka maʼlum munosabatni shakllantirish va uning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan. Passiv siyosat nuqtai nazaridan, ish bilan bandlikni subsidiyalash – bu o‘z ishini ochgan ishsizlarni qo‘llab–quvvatlash va imtiyozli kredit berishni o‘z ichiga oladi.
-
Mehnat gigiyenasi
Mehnat jarayonlari va ishchi muhitining inson organizmiga taʼsirini o‘rganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi.
-
Mehnat daftarchasi elektron shaklda)
Har bir mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimning egallab kelgan lavozim to‘g‘risida yozuvlar asosida uning mehnat faoliyati davomiyligi va ish staji miqdori to‘g‘risidagi asosiy hujjat hisoblanadi.
-
Mehnat jamoasi
Korxonada (muassasada, tashkilotda, firma va klasterda) shtat birligida maʼlum davrda lavozim vazifalarini mehnat shartnomasi asosida bajarib, faoliyat etayotgan xodimlarda tashkil topadi.
-
Mehnat jarayoniga moslashuv adaptatsiyalanish)
Yangi qabul qilingan xodimning (ishchining) mehnat qobiliyatini to‘laqonli namoyon etish darajasiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni va sharoitlarga bosqichma–bosqich ko‘nikib borish natijasida xodimni mehnat faoliyati mazmuni va shartlariga, shu jumladan mehnat jamoasiga moslashtirish davri.
-
Mehnat jarayonining og‘irlik darajasi
Bu mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u mehnat sharoitlarining barcha elementlarining odamning funksional holatiga – uning mehnat qobiliyatiga, sog‘lig‘iga va xodim (ishchini) mehnatga qobiliyatini takror ishlab chiqarish jarayoniga umumiy taʼsiri darajasini belgilovchi ko‘rsatkich.
-
Mehnat iqtisodiyoti
Mehnat bozori, mehnat resurslari va ish bilan bandlikni, mehnat munosabatlarining uzoq muddatli tahlili, xodimlarning daromadi va ish haqini o‘rganadi, mehnat samaradorligi muammolarini o‘rganadi, xodimlar sonini asoslash usullarini ishlab chiqadi va inson kapitali tushunchasi, ularning o‘zaro taʼsirini o‘rganadigan iqtisodiyot faninning muayyan yo‘nalishi hisoblanadi.
-
Mehnat inspektori
Aholining ijtimoiy–mehnat munosabatlarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablarinini ijro intizomini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
-
Mehnat jamoasi intizomi
Har bir korxonada (muassasa, tashkilot, firma, klaster) faoliyat ko‘satayotgan barcha xodimlar mehnatini unumdorligini oshirish va natijadorligini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, mehnatga taalluqli boshqa qonunlarga, jamoa shartnomasiga, jamoa shartnomasidan kelib chiqqan holda jamoada mehnatni tashkil etish ichki qoidalariga asosan, individual shartnomalarga, mahalliy normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xatti–harakatlar qoidalariga ijro etish va bo‘ysunish tadbirlari.
-
Mehnat intizomi
Davlat tomonidan o‘rnatilgan mehnat jarayonida barchaning amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy tartib. Amaldagi qonunchilikka binoan, xodim o‘z mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol–mulkini avaylab asrashi lozim.
-
Mehnat normalari (meʼyorlari)
Mehnat xarajatlarining (vaqt, ishlab chiqarish, sermehnatlik, xizmat ko‘rsatish, son) o‘lchovidir va tegishli malakali xodim uchun erishilgan texnika, texnologiya, ishlab chiqarish va mehnat darajasiga muvofiq belgilanadi.
-
Mehnat qobiliyati
Xodimning sog‘lig‘idagi holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan qobiliyati. Xodim bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarning xususiyatiga qarab mehnat qobiliyati quyidagicha farqlanadi: umumiy mehnat qobiliyati, yaʼni odatdagi sharoitlarda muayyan ishni bajarish qobiliyati; kasbga doir mehnat qobiliyati, yaʼni muayyan kasb (ixtisos) bo‘yicha ishni bajarish qobiliyati; maxsus mehnat qobiliyati, yaʼni muayyan ishlab chiqarish va og‘ir noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida (yerosti ishlarida, noqulay mehnat sharoitidagi ishlar, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlar va hakozo) ishni bajarish kobiliyati.
-
Mehnat qonunchiligi
Mehnat va turdosh munosabatlar sohasidagi jamoatchilik munosabatlarini tartibga soluvchi normativ–huquqiy hujjatlar to‘plami.
-
Mehnat moslashuvi
Mehnat talablarini qobiliyat va jarayondagi sharoitlarga bosqichma–bosqich yaqinlashtirish natijasida xodimni mehnat faoliyati mazmuni va shartlariga, shu jumladan mehnat jamoasiga moslashtirish.
-
Mehnat motivatsiyasi
Inson mutaxassisligini, kasb–hunarini yoki ish joyini tanlashning jozibador omillari yig‘indisi. Mehnat motivatsiyasining psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjud.
-
Mehnat munosabatlari
Xodim va ish beruvchi o‘rtasida xodimning mehnat funksiyasini haq evaziga bajarishi, xodimning ichki mehnat tartibi qoidalariga bo‘ysunishi to‘g‘risidagi kelishuvga asoslangan munosabatlar bo‘lib, ish beruvchi esa mehnat qonunchiligi normalarini, jamoaviy bitimni, bitimlarni, mahalliy normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasini o‘z ichiga olgan boshqa normativ–huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini ijro etadi.
-
Mehnat nizolari
Amaldagi mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tatbiq yetish yoki yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o‘zgartirishga doir masalalar bo‘yicha yuzaga keladigan va qonunda o‘rnatilgan tartibda hal etiladigan kelishmovchiliklar.
-
Mehnat nizosi
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi, boshqa huquqiy hujjatlarni qo‘llash, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelib chiqadigan ijtimoiy–mehnat munosabatlarining ziddiyatlarning vujudga kelishi.
-
Mehnat normalari
Insonning sog‘lik darajasidagi fiziologik hamda psixologik imkonlari doirasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish vaqt va miqdor normalari, son normativlari – ishlab chiqarishda va xizmat ko‘rsatishda qo‘llanadigan texnik–texnologiya yutuqlariga asoslangan mehnatni tashkil etish darajasiga muvofiq belgilanadi.
-
Mehnat organlari
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari (bundan buyon matnda hududiy mehnat organlari deb yuritiladi).
-
Mehnat patenti
Xorijiy fuqaroning mehnat huquqini tasdiqlovchi hujjat.
-
Mehnat potensiali
Jamiyatda mehnat faolligiga ega aholining demografik, ijtimoiy va maʼnaviy xususiyatlarining jamlanmasi bo‘lib, ana shu potensialning ushbu jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat munosabatlariga jalb qilinganligini yoki jalb qilinishi mumkinligini anglatadi.
-
Mehnat predmeti
Inson mehnati sarflanadigan obʼekt. Shaxsiy va ishlab chiqarish isteʼmoliga yaroqli shaklga keltirish uchun predmetlar qayta ishlanadi. Masalan, kalava tayyorlashda paxta, kanop, jun yoki gazlama to‘qishda kalava, temir tayyorlashda temir rudasi, mashinalar tayyorlashda temir mehnat predmeti hisoblanadi.
-
Mehnat psixologiyasi
Inson ruhiyatiga qo‘yiladigan talablar va uning mehnatga bo‘lgan munosabatini o‘rganish bilan bog‘liq fan.
-
Mehnat resurslari
Mehnatga layoqatli yoshdagi, mehnatga layoqatli aholi hamda band bo‘lgan, mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta shaxslar.
-
Mehnat resurslari balansi
Mehnat resurslarining sonini va tarkibini, shuningdek ularning band bo‘lgan, band bo‘lmagan va iqtisodiy jihatdan faol bo‘lmagan aholiga taqsimlanishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi;
-
Mehnat resurslari salohiyati
Mehnat faoliyati bilan bandlar va mavjud ishsizlarning mehnat yoki o‘quv jarayonidagi uzluksiz o‘zining professional bilimlari va kasb mahoratini oshirish maqsadida olib borayotgan harakat holati.
-
Mehnat resurslariga bo‘lgan talab
Bozor iqtisodiyotida mehnat bozorining muhim ijtimoiy–iqtisodiy mexanizmi hisoblanib, iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanish bosqichlarida kengaytirilgan takror ishlab chiqarilish jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
-
Mehnat resurslariga kirmaydigan shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ko‘rsatilgan maʼlum davr mobaynida ish bilan yoshiga doir band bo‘lmagan 16 yoshgacha, ayrim nogironligi bor va keksa yoshdagi shaxslar tashkil yetadi.
-
Mehnat resurslarining mobilligi
Xodimlarning bir mintaqadan boshqasiga ko‘chib o‘tishga, bir mehnat faoliyati turini boshqasiga almashtirishga tayyorligi (kasblararo mobillik) darajasidir. Ular gorizontal mobillik va vertikal mobillik bilan farqlanadi. Gorizontal mobillikda xodimning maqomi o‘zgarmay qoladi, vertikal mobillikda esa, aksincha, o‘zgaradi.
-
Mehnat resurslarining shakllanishi
Mehnat resurslari sonining shakllanishi aholining demografik rivojlanish ko‘rsatkichlarining doimiy yangilanib borish jarayoni hisoblanadi.
-
Mehnat sifati
Mehnatning murakkabligi, shartlari va iqtisodiyot uchun ahamiyati.
-
Mehnat sohasida davlat boshqaruvi
Mehnat sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimining tegishli organlari olib boradi.
-
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik
Xodimlar (xodimlar vakillari), ish beruvchilar (ish beruvchilar vakillari), davlat hokimiyati organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida xodimlar va ish beruvchilarning mehnatni tartibga solish manfaatlarini muvofiqlashtirishni taʼminlashga qaratilgan munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa munosabatlar tizimi.
-
Mehnat statistikasi
Mehnat resurslarini qayta ishlab chiqarish sohasidagi ommaviy hodisalarning miqdoriy qonuniyatlarini va ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganadigan iqtisodiy statistikaning bir sohasi.
-
Mehnat taqsimoti
Mehnat faoliyatining sifat jihatidan har xil turlarini ajratish va amalga oshirish, iqtisodiy samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan aniq maqsadli tadbir.
-
Mehnat unumdorligi
Maʼlum bir vaqt birligi mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning soni bilan o‘lchangan hodimning (ishchining) mehnat faoliyati natijadorlik ko‘rsatkichi.
-
Mehnat faoliyati qiymati
Har bir xodimning munosib mehnat faoliyatini amalga oshirib borishi, uning o‘zi va oila aʼzolarining oziq–ovqat, kiyim–kechak, uy–joy, o‘qish va hokazolarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi uchun zarur bo‘lgan turmush xarajatlari miqdorining umumiy miqdori hisoblanadi.
-
Mehnat faoliyatini tashkil etish
Jamoaning va har bir xodimning (ishchining) malaka darajasi va kasb–hunar mahorati, o‘quv va ko‘nikmalar egallaganlik holatini hisobga olgan tarzda ish miqdorini, lavozim vazifalarini taqsimlash va natijasini baholash jarayonlarini tashkil yetish mexanizmi.
-
Mehnat faoliyatini boshlamagan shaxs
Taʼlim muassasalari bitiruvchilari va ilgari ishlamagan fuqarolar.
-
Mehnat faoliyatining davomiyligi
Qarilik pensiya miqdorini belgilashda hisobga olingan, ish haqining oshirilganligi, mehnat faoliyatida imtiyozlar berish huquqini beruvchi shaxsning mehnat faoliyati faolligini asoslovchi yillari davomiyligi.
-
Mehnat funksiyasi
Shaxsning mehnat jarayonida, egallab turgan lavozim vazifalari talablaridan kelib chiqib, texnik yoki texnologik jarayonni harakatga keltiruvchi mehnat jarayoni.
-
Mehnat xavfsizligi muhofazasi
Ishchi–xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida sog‘ligi uchun xavfsiz sharoitlarni muhayyo qilish bo‘yicha rahbariyatning vazifa va burchlari.
-
Mehnat xavfsizligi standartlari
Ish jarayonida ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan va ijtimoiy–iqtisodiy, tashkiliy, sanitariya–gigiyena, davolash–profilaktika, reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishni tartibga solishga qaratilgan qoidalar, protseduralar, mezon va standartlar.
-
Mehnat huquqi
Insonning mehnat qilish va kasb tanlash qobiliyatini erkin tarzda amalga hamda ishsizlikdan himoya qilinish kafolati har bir O‘zbekiston fuqarosining konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi.
-
Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sertifikatlash
Zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarini aniqlash va mehnat sharoitlarini davlat mehnat muhofazasi talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora–tadbirlarni amalga oshirish uchun ish joylarida mehnat sharoitlarini baholash.
-
Mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish organi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining davlat mehnat inspeksiyalari.
-
Mehnat sharoitlarini tasniflash
Xalqaro mehnat normalariga muvofiq mehnat jarayoni zararli va (yoki) xavfli darajadagi mehnat sharoitlari to‘rt sinfga bo‘linadi – maqbul, nomaqbul, zararli va xavfli mehnat sharoitlari.
-
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi
Korxonada (muassasa, tashkilot, firma va klasterlar) mehnatni muhofaza qilishning davlat normativ talablariga muvofiqligini baholash.
-
Mehnat shartnomasi
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv.
-
Mehnat shartnomasi turlari
Shartnomaning xususiyatiga qarab, xodimlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-
Mehnat yarmarkasi
Yig‘ilish shaklida o‘tkaziladigan xodimlarni yollash shakli, ishga joylashish usuli. Bu ish beruvchilar va potensial xodimlar o‘rtasida to‘g‘ridan–to‘g‘ri aloqa qilish uchun tashkil etilgan imkoniyatdir. Bunda korxona vakillari bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida xabar berishadi va darhol ishga yollashadi yoki ariza beruvchilarning kasbiy loyiqligini tekshirish uchun keyingi muzokaralar uchun vaqt va joyni belgilaydilar.
-
Mehnatga qobiliyatli fuqarolarni xorijga safarbar qilish
Davlatimizda mehnatga qobiliyati bor fuqarolarni davlatlararo shartnomalar asosida xohishiga qarab, mehnatini tashkiliy, huquqiy va moddiy imkonlarini yaratish bo‘yicha ko‘maklashuv tadbirlari.
-
Mehnatga layoqatli aholi
Xalqaro Mehnat Tashkiloti metodologiyasiga ko‘ra, bu toifaga 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lganlar kiradi:
-
Mehnatga layoqatsizlik holati
Shaxslarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy–kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizlik xolati hisoblanadi.
-
Mehnatga haq to‘lash tizimi
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat faoliyati xususiyatdan kelib chiqib, ishbay va vaqtbay shakllariga bo‘linadi.
-
Mehnatda mayib bo‘lish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi.
-
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
Fan, texnika va texnologiya, inson va xayvonot fiziologiyasi, odam psixologiyasi va mehnat gigiyenasini tadqiqot qiluvchi mutaxassislarning mehnat faoliyatini samaradorligini oshirishga qaratilgan jarayon.
-
Mehnatni meʼyorlash
Bu aniq tashkiliy-texnik sharoitlarda xodimlar tomonidan ishlarni bajarish (mahsulot birligini ishlab chiqarish) uchun zarur bo‘lgan mehnat xarajatlarini vaqtini) aniqlash va shu asosda mehnat meʼyorlarini belgilash.
-
Mehnatni muhofaza qilish
Mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi.
-
Mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari
Audit maʼlumotlari, mehnatni muhofaza qilish siyosati va amaliy tartibi hamda chora–tadbirlari bilan solishtiriladigan tahliliy maʼlumotlar.
-
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma
Ishchilarning kasblari va ayrim ish (xizmatlar) turlari uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni o‘z ichiga olgan ichki huquqiy hujjat.
-
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazish
Mehnatni muhofaza qilish talablari bajarilishi, xodimning funksional vazifalariga yoki ish beruvchi tomonidan tayinlangan boshqa ishlarga qaratilgan xavfsiz ishlash usullari bilan tanishib baho berish jarayoni.
-
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis
Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi yoki qonunchilikda belgilangan holatlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalarini amalga oshiradigan shaxs.
-
Mehnatini muhofaza qilish sohasida malaka oshirish
Mehnatni muhofaza qilish sohasida bilim va ko‘nikmalarni, kasbiy bilimlarni tizimli ravishda yangilab borish va chuqurlashtirish.
-
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari
Mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar.
-
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash
Mehnatni muhofaza qilish sohasida ishlash uchun zaruriy va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni egallash.
-
Mehnatni muhofaza qilish talablari
Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini shakllantirish va har bir xodimning (ishchining) mehnat faoliyati jarayonida bo‘lgan xavfsiz xatti–harakatlari talablari.
-
Mehnatni rag‘batlantirish
Mehnat faoliyatida belgilab qo‘yilgan ish natijalari va sifatidan yuqoriroq ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun xodimning muhim ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan mexanizm.
-
Mehnat jamoas
Tashkilotning tuzilmasidagi mustaqil bo‘lim bo‘lib, belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish va tashkil qilinishi, ularning bajarilishini nazorat qiladi.
-
Migrantlarni moslashuvi bo‘yicha mutaxassis
Bu biror davlatga xorijdan kelgan yoki ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan chet elliklarga moslashishga yordam beradigan professional shaxs bo‘lib, ularni madaniyat bilan tanishtiradi, tilni o‘rgatadi, qiziqtirgan savollarga javob beradi.
-
Milliy malaka ramkasi bo‘yicha malaka darajasi
Xodim tomonidan mehnat vazifalarini, majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishini taʼminlaydigan bilim, malaka, kasbiy mahorat, maʼlumot va egallangan ko‘nikmalar majmuasi.
-
Milliy malakaviy ramkasi
Mehnat va taʼlim sohalarini umumiylashtirish vositasi, malaka darajalarining va ularga erishish yo‘llarining O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan umumlashtirilgan bayoni.
-
Milliy malakalar tizimi
Taʼlim, o‘qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tomonidan mehnat bozorining malakali xodimlarga ehtiyoji va malakali ishchi kuchi taklifining butun umr davomida muvofiqligini taʼminlovchi huquqiy va institutsional tartibga solish mexanizmlari majmui.
-
Moddiy yordam
1. Xodim ishchi) o‘z mehnat vazifalarini bajarish vaqtida bevaqt vafot etganligi tufayli korxona hisobidan (tashkilot, muassasa, firma, klaster) oilasiga moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘lish holati.
-
Monitoring (ing. montoring – kuzatish, nazorat qilish)
Maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini muntazam ravishda kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash.
-
Monomarkaz (grek – monos bir)
“Ishga marhamat” monomarkazi kasb–hunar, tadbirkorlik, xorijiy tillar, kasbiy malakani baholash, ishga joylashtirish va xorijga ketishdan oldin tayyorgarlikdan o‘tkazish hamda mehnat jarayoniga moslashtirishga qaratilgan davlat muassasasidir.
-
Monopoliya (grek. μονο – bir; πωλέω – sotaman)
Bozorda narxni va taklif hajmini nazorat qilishni amalga oshiradigan tashkilot. Shuning uchun taklif hajmi va narxini yoki mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi yoki sunʼiy mahsulotni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan eksklyuziv huquqni tanlash orqali daromadni ko‘paytirishga qaratilgan davlat toomnidan sunʼiy tuzilgan monopoliya.
-
Moslashuvchan ish jadvali
Ish beruvchiga iqtisodiy jihatdan maqbul bo‘lgan ish vaqtini tashkil etish va belgilangan chegaralar doirasida ishchini maʼlum bir ish kuni davomida ishlagan vaqt miqdorini o‘zgartirish imkonini beradi. Ayniqsa, pandemiya davrida ish bilan bandlarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qilayotgan bolalar bilan onalar, o‘quvchilar; xizmat ko‘rsatish sohasidagi ish beruvchiga maʼlum vaqt oralig‘ida yukni kamaytirish yoki oshirish imkonini beradi.
-
Muvofiqlikni baholash
Buyumga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini bevosita yoki bilvosita aniqlash.
-
Muddatli mehnat shartnomalari
Bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo‘lmagan hollarda, korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin.
-
Munosib mehnat sharoiti
Yuqori mahsuldorlik va sifatli ish, jozibali sharoitda, xodimga qoniqish va o‘z qobiliyat va ko‘nikmalarini to‘laqonli namoyish etish imkoniyatini beradigan, munosib daromad keltiradigan, xodim va ishchilar huquqlarini kafolatlangan darajada amalga oshira oladigan ish joyi.
-
Mutaxassis
Ishlab chiqarish va maʼmuriy jarayonlarni rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi va nazorat qiluvchi, murakkab texnikaga xizmat ko‘rsatuvchi, hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonlarini, shu jumladan, ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, taʼlim beruvchi va sog‘lomlashtiruvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, boshqa o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar.
-
Mutaxassislarning amaliyoti
Nazariy mashg‘ulotlar natijasida olingan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va amalda mustahkamlash maqsadida olib boriladigan mutaxassislarning qo‘shimcha kasb taʼlimi turlaridan biri. Amaliyot ilgari tajribani o‘rganish, egallab turgan yoki yuqori lavozimdagi vazifalarni bajarish uchun kasbiy va tashkiliy ko‘nikmalarni egallash maqsadida ham amalga oshiriladi.
-
Mutaxassislik
Maʼlum bir kasb doirasida mehnat faoliyatining tor doirasini amalga oshirish uchun kasblar va ko‘nikmalar majmui.
-
Y
-
Yakka tartibdagi tadbirkor
Yuridik shaxs tashkil etmasdan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, dehqon (fermer) xo‘jaligi rahbari.
-
«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi
Mehnat bozori va bandlik, mehnat resurslari balansi, tashkil etilayotgan ish o‘rinlari haqidagi xolis, muntazam yangilab boriladigan maʼlumotlar bazasini o‘z ichiga olgan, ish beruvchilar va xodimlarga mehnat munosabatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, ishga joylashishning shaxsga doir tarixi, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari, xodimlarning son va sifat tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni shakllantirish hamda saqlash uchun maydoncha taqdim etadigan elektron axborot tizimi.
-
Yashirin ishsizlik
Bu ishsizlikning bir turi bo‘lib, u ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarining rasmiy saqlanishi bilan haqiqatda bandlikning yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
-
Yashirin iqtisodiyot
Bu noqonuniy va norasmiy rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan iqtisodiy soha.
-
Yengil tan jarohati
Yengil shikastlanish, deyarli tibbiy aralashuvni talab qilmaydi yoki bunday aralashuvni minimal darajada talab qiladi va shuning uchun jabrlanuvchining mehnat qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.
-
Yillik asosiy to‘lab beriladigan mehnat taʼtili
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 134-moddasida belgilangan rasmiy mehnat faoliyatidagi xodimlarga (ishchilarga) 15 kalendar kunidan kam bo‘lmagan mehnat taʼtili hisoblanadi.
-
Yosh oila
Er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).
-
Yoshlar (yosh fuqarolar)
O‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar.
-
Yosh mutaxassis
Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirgan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxs.
-
Yoshlar tadbirkorligi
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek taʼsischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan, davlat tomonidan imtiyozga ega 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati.
-
Yoshga doir pensiya olish huquqi
Erkaklar – 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
-
Yollanma ish
Bu shaxs o‘zi ishlayotgan birlik daromadiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan asosiy ish haqini (naqd yoki natura shaklida) kafolatlaydigan aniq (yozma yoki og‘zaki) yoki yashirin mehnat shartnomasini tuzadigan ish. Biror kishi mehnat jarayonida foydalanadigan asosiy vositalar, asboblarning bir qismi yoki barchasi boshqalarga tegishli bo‘lishi mumkin. Xodimning faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulkdor yoki uning egasi tomonidan tayinlangan va u ishlagan shaxslarning nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin.
-
Yollanmasdan ish bilan band bo‘lganlar
O‘z korxonasida, o‘z biznesida ishlash deb taʼriflangan ishni bajaradigan shaxslar. Bu ish haqi to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlardan olingan daromadga bog‘liq. Shaxs korxona faoliyati (xususiy biznes) bilan bog‘liq ishlab chiqarish qarorlarini qabul qiladi yoki korxonaning kelajagi uchun masʼuliyatni saqlab qolgan holda (o‘z xususiy biznesi) bu vakolatlarni boshqa odamga berishi mumkin. Bu guruh ish beruvchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy biznesda yordam beradigan ishlab chiqarish kooperativlari aʼzolarini birlashtiradi.
-
Yuridik javobgarlik
Davlat jinoiy va maʼmuriy huquqbuzarlikka nisbatan qo‘llaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va qonunni muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik.
-
Yuridik shaxs
Fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
-
Nogironligi bo‘lgan shaxs
Davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam va himoyaga, iqtisodiy - ijtimoiy va mehnat faoliyati davomiyligida boshqa fuqarolar bilan teng huquqli, to‘laqonli va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari TMEK tomonidan rasmiylashtirilgan guvohnomaga ega bo‘lgan shaxs.
-
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish
Hayot va mehnat faoliyatiga doir mavjud jismoniy va fiziologik cheklovlarni bartaraf qilish, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, teng va munosib shart-sharoitlar barpo qilish hamda jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etish jarayonida teng imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan, davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.
-
Nomenklatura (lot. nomenclature – nomlar, ismlar ro‘yxati)
1. Davlat boshqaruvi tizimida, ishlab chiqarish, fan, texnika, sanʼat va shu kabi iqtisodiyotning boshqa sohalarida rasmiy qo‘llanadigan nomlar, atamalar, terminlarning amaldagi mavjud ro‘yxati. 2. Sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi mahsulotlarning maxsus talablariga muqofiq tasniflangan ro‘yxati.
-
Nominal ish haqining o‘sish dinamikasi
Har bir xodimning (ishchining) nominal ish haqi miqdorining o‘zgarishi, odatda korxonaning ish havi jamg‘armasi miqdori darajasida ish haqi miqdori kengaytirilgan pog‘onali chiziq bilan belgilanishi ish haqining nominal o‘sish dinamikasi hisoblanadi.
-
Norasmiy mehnat bilan bandlik
Mulk shakli turidan qatʼiy nazar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari shtat birliklarida hisobda turmagan, mehnat munosabatlari rasman shakllanmagan, soliq organlari hisobiga olinmagan va mehnat bozori va yashirin iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va ижтимоий-mehnat munosabatlar hisoblanadi.
-
Norasmiy bandlik sektori
Mulk shaklidan qatʼiy nazar korxonalarda yoki uy xo‘jaliklarida yollangan xodim (ishchilar) bilan mehnat munosabatlarini O‘zbekiston Respublikasi Mehnatk kodeksi talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-mehnat munosabatlari hisoblanadi.
-
Noanʼanaviy ish bilan bandlik
Yollanma xodimlarni (ishchilarni) ish bilan bandligini texnologik mazmunan saqlanib, tashkiliy jihatidan farq qiluvchi barcha shakllari: masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida, o‘zini o‘zi band qilish, frilans, autsorsing, vaqtinchalik, mavsumiy, uyda ish bilan bandlik, kasanachilik turlari kiradi.
-
Normal ish vaqti davomiyligi
Haftada 40 soatdan oshmaydigan ish vaqti hisoblanadi.
-
Nostrifikatsiya (nem. nostrifikation, lat. noster – bizniki va lot. facere – qilmoq)
Chet davlatlarning taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish tartibi, yaʼni tegishli davlat organlarining ushbu hujjatlarning maʼlum bir davlat hududida haqiqiyligiga roziligi.
-
Odam savdosi
Kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to‘lovlar yoki manfaatdor tashkil etish evaziga og‘dirib olish yo‘li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning o‘zga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka o‘xshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʼzolarini, to‘qimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olishni anglatadi.
-
Odam savdosi qurboni
Norasmiy mehnat sektori turi hisoblanib, majburiy mehnat yoki xizmatlardan, qullik yoki qullikka o‘xshash noqonuniy mehnat munosabatlari, shaxsning ixtiyorisiz va jismoniy zaifligidan foydalanib, uni fohishabozlikka yoki bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan shahvoniy harakatlarining shakllarida moddiy yoki psixologik og‘ir holatidan foydalanib, g‘araz maqsadida insonning tan organlari va to‘qimalarini olib qo‘yishligidan jabrlangan shaxs.
-
Og‘ir mehnat
Muntazam shaxsning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olmay, beton qorish, yer qazish, og‘irliklarni tashish va hokazo qo‘l mehnatiga asoslangan jismoniy mehnat shakli.
-
Ogohlantirish
Ish beruvchi rasmiy mehnat faoliyatidagi xodimni (ishchini) shtat qisqartilishi yoki texnologiya o‘zgarishi, rasman ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Yangi ishga qabul qilingan shaxsga dastlabki sinov muddati tugagunga qadar natijasi qoniqarsiz bo‘lganligi sabab ish beruvchi uch kun oldin, yozma ravishda ogohlantirib, shartnomani bekor qilishi mumkin.
-
Oilaning yalpi daromadi
Oilaning naqd va natura shaklida olgan daromadlarining umumiy miqdori.
-
Olim
Ilmiy unvonga (yoki ilmiy darajaga) ega, o‘zining ilmiy-tadqiqot faoliyatida ilmiy unvonga (ilmiy darajaga) intilgan, maqsadli ilmiy muammo (loyiha) ustida ishlashda muntazam ishtirok etadigan hamda o‘zining erishgan natijalarini tadqiqot qilib, fan ilmiy-ommaviy nashrlarda nashr etadigan yetuk mutaxassisi.
-
Oliy maʼlumot
Oliy maʼlumot o‘rta umumiy yoki kasb-hunar taʼlimidan keyingi taʼlimi darajasi. Bu fan, texnika va madaniyatning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda va ijodiy rivojlantirishga, kasbiy yo‘nalishdagi nazariy va amaliy muammolarni hal qilishga imkon beradigan tizimlashtirilgan bilim va amaliy ko‘nikmalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Oliy taʼlim atamasi har xil turdagi oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiyot, fan, texnika va madaniyat sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ham anglatadi.
-
Ommaviy tarzda ishdan bo‘shatish
Maʼlum bir vaqt ichida korxona (muassasa, tashkilot, firma, klaster) ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) texnologik faoliyat yo‘nalishining o‘zgarishi, tabiiy-texnogen falokat yuz berishi sabab maʼlum miqdordagi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini tugatish jarayoni.
-
Ordinatura, internatura
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, malaka oshirish institutlari va institut muassasalarida vrachlar ixtisosini chuqurroq bilim va malakasini oshirishning oliy taʼlim bosqichlari.
-
Parametr (yun. parametron – miqdor o‘lchovi)
Matematik formula va ifodalarda qo‘llaniladigan o‘lchov uslubi. Milliy iqtisodiyotda texnologik rivojlanish, investitsion jarayonlarni prognoz parametrlarini hisoblab chiqish.
-
Pensiya (lot. рensio - to‘lov)
Pensiya taʼminot tizimi, fuqarolarga maʼlum yoshga to‘lganida, nogironligi sababli, boquvchisini yo‘qotganida va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda muntazam ravishda beriladigan naqd (yoki elektron shaklidagi) to‘lovlar.
-
Pensiya oldi yoshi
Mehnat faoliyatidagi shaxsning davlat tomonidan belgilangan pensiyaga chiqish yoshidan ikki yil oldingi yoshga to‘lishi.
-
Personal (lot. personalis –шахсий tarkib)
Korxona (muassasa, tashkilot, firma, klaster) shtat birligida rasmiy lavozimni egallab, belgilangan vazifa va masʼuliyatini ijro etib turgan xodimlar miqdori.
-
Prezidium (lot. presidium -raislik qilish)
Majlisning kun tartibini belgilovchi va uni bamaslahat olib borish uchun saylangan obro‘-eʼtiborli shaxslar guruhi. Ayrim jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalada saylanadigan doimiy rahbar organi.
-
Professional daraja
Taʼlim, tajriba, bilim va ko‘nikmalarning mavjudligi, shu jumladan muayyan ishga kirish uchun ariza beruvchining xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy va shaxsiy fazilatlar.
-
Professional (kasbiy) guruh
Bu umumiy integratsion asosga ega bo‘lgan (o‘xshash yoki o‘xshash maqsad, obyektlar, texnologiyalar, shu jumladan mehnat asboblari) va shunga o‘xshash mehnat funksiyalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarini amalga oshiruvchi kichik kasbiy guruhlardan iborat.
-
Professional maslahat
Shaxsning bilim doirasi, uning psixologik xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va innovatsion parametrlarini rivojlanishi jarayonida o‘zining fikri, muloxazalari va takliflari bilan yordam berish uslubi.
-
Professional standart
Maʼlum bir kasbiy faoliyat ramkalari doirasida amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakaviy shakllanish xususiyatlari, hamda shu ramkalar doirasida ishlab chiqilgan o‘quv dvsturlari, shu jumladan maʼlum bir professional mehnat vazifalarini hamda funksiyalarini bajarish bo‘yicha o‘rnatilgan umumiy talablar.
-
Prognozlashtirish
Muayyan jarayonlarning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini ularning o‘tmish va hozirgi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida prognozlash. Ko‘zdan kechirishdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat, odatda, torroq amaliy masalalarni hal qiladi. vazifalar. Prognozlashning eng keng tarqalgan usuli bu dinamik ekstrapolyatsiya. o‘zaro bog‘liq jarayonlar seriyasi va ularning balansi tahlili kelajakda maʼlum bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Masalan, demografiya, prognozlar tug‘ilish va o‘lim, immigratsiya va emigratsiya dinamikasini ekstrapolyatsiya qilish va kelgusi yillar yoki o‘n yillar davomida ularning muvozanatini baholash orqali aholi harakatining tendensiyalarini aniqlaydi. Prognoz rejalashtirishdan oldin, taʼrifga erishish yo‘llari va usullarini aniqlash muammosini hal qiladi. prognoz natijalariga asoslangan maqsadlar.
-
Pudrat shartnomasi
Bu kelishuv bo‘lib, unga ko‘ra, bir tomon ikkinchi tomonning ko‘rsatmasi bo‘yicha maʼlum bir ishni bajarishga va uning natijasini buyurtmachiga topshirishga, ikkinchisi esa ish natijasini qabul qilishga va unga haq to‘lashga majburdir. Pudrat shartnomasi eng qadimgi fuqarolik-huquqiy shartnomalaridan biridir.
-
Professional taʼlim
Malaka tavsiflari va talablariga muvofiq, kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashga qaratilgan va shaxsni mutaxassis sifatida shakllantiradigan, vujudga keltiradigan va rivojlantiradigan tartibli (uyushgan) jarayon.
-
Professional taʼlim yo‘nalishlari,
O‘zbekiston Respublikasida professional taʼlimni standartlashtirish bo‘yicha hujjat hisoblanib, klassifikator professional taʼlimning taʼlim standartlari, malaka talablari va o‘quv rejalari hamda boshqa o‘quv-meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
-
mutaxassisliklari va kasblari klassifikatori (O‘zbekiston Respublikasi)
Klassifikator ish beruvchilar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar, respublika va mahalliy taʼlimni boshqarish organlari mutaxassislari, taʼlim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilari, o‘quvchilar va ulanning ota-onalari tomonidan qo‘llaniladi.
-
Qabul qilinadigan mehnat sharoitlari
Tashkil etilgan va amalda mavjud ish o‘rinlarini qabul qilish yoki attestatsiyalash maqsadida korxona rahbariyati tomonidan maxsus tuziladigan Komissiya belgilangan gigiyena meʼyorlariga javob bermaydigan zararli ishlab chiqarish, ishchilar tanasi aʼzolariga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan nomutonasib ish o‘rinlarni bartaraf etish maqsadida normal holatga keltiriladigan jarayondir.
-
Qarzlar
Shartnoma asosida mol, texnik vositalarni xarid qilib, yetkazib beruvchilarga o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirilmaganlik, kredit to‘lovlarini bank bo‘linmalariga, moliya organlariga, xodimlarga o‘z vaqtida ish haqi, pensionerlarga pensiya to‘lanmaganlik holati.
-
Qayta tayyorlash jarayoni
Xodimlarning (ishchilarning) mehnat faoliyatidagi texnik-texnologik, ishchi professional talablari, kasbiy-hunar faoliyatidagi o‘zgarishlar natijasida mehnatga layoqati va boshqa o‘zgarishi sababli mutaxassislikni o‘zgartirish zarurati bilan bog‘liq o‘qish jarayoni.
-
Qiymat
Iqtisodiy hodisa bo‘lib, uning konsepsiyasi bir necha xil taʼriflarga ega. Iqtisodiyot nazariyasidagi qiymat – mulkdorlar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tovar almashishdagi miqdoriy munosabatlarning asosidir.
-
Qisman ishsizlik
Bu mehnat bozoridagi hodisa bo‘lib, unda bir qator ish izlovchilar uchun ish o‘rinlariga bo‘lgan talab ayrim texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra qisman qondirilish darajasi.
-
Qonun
Davlat hokimiyatining vakillik organi tomonidan maxsus tartibda qabul qilinadigan, muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va davlat majburlov choralarini qo‘llash imkoniyati bilan taʼminlangan normativ -huquqiy hujjat.
-
Qoplov summasi
Annuitetlar shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi.
-
Qo‘shimcha ish
Xuddi shu tashkilotda ishlaydigan xodim, uning asosiy ishi bilan bir qatorda, mehnat shartnomasidan kelib chiqqan holda va asosiy ishdan ozod qilinmagan holda (lavozimlarni birlashtirish, xizmat ko‘rsatish maydonlarini kengaytirish, vaqtincha yo‘q xodimning vazifalarini bajarish) amalga oshiriladigan ish. Qo‘shimcha ish uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
-
Qo‘shimcha kasb
Yangi bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarni olish uchun tashkiliy va barqaror jarayon bo‘lib, imkon qadar ko‘proq kasbga ega bo‘lish jarayoni. Qo‘shimcha professional dasturlarni ijro etish orqali amalga oshiriladi: malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash jarayonining bir turi. Qo‘shimcha kasbiy taʼlim, taʼlim va kasb-hunar ehtiyojlarini qondirish, insonning kasbiy rivojlanishi, uning malakasini o‘zgaruvchan professional faoliyat va ijtimoiy muhit sharoitlariga mosligiga qaratilgan jarayon.
-
Qo‘shimcha mehnat taʼtili
Mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan, og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladigan qo‘shimcha mehnat taʼtili muddati.
-
Rag‘batlantirish
Insonni samarali mehnatga chorlash mexanizmi, rag‘batlantirish shaxsni ishlashga undaydigan ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy omillardan iborat. Rag‘batlantirishning asosiy vazifasi – shaxsning o‘z qobiliyati va bilimlariga ishonch, jamiyatdagi o‘zining ijtimoiy mavqeini va o‘rnini egallashga madad berish.
-
Raqamli iqtisodiyot
AKT texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy boshqaruv tizimi. Elektron biznes va elektron tijorat, ishlab chiqaradigan va sotadigan raqamli tovarlar va xizmatlarni raqamli texnologiyalar orqali monitoring qilish, sohaviy jarayonlarni aniq, haqqoniy raqamlarda, tezkor uzatish, qabul qilish tahlil etish hamda qo‘shib yozish, g‘araz maqsadlarda buzish yoki o‘zgartirishni oldini oladi, korrupsiyaga qarshi ishonchli omil sifatida xizmat qiladi.
-
Raqamli platforma (ing. digital platforms)
Bu bozor ishtirokchilarining ko‘p qismi o‘rtasidagi bitta axborot muhiti bilan birlashtirilgan algoritmik munosabatlar tizimi bo‘lib, raqamli texnologiyalar to‘plami yordamida transaksiya xarajatlarining pasayishiga va mehnat taqsimoti tizimining o‘zgarishiga olib keladi.
-
Raqobat
Bozor subyektlarining iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
-
Rahbar
Bu idora uchun strategik qarorlarni qabul qilishga ва boshqarishga masʼul, shuningdek, xodimlarni ishga yollash ва ishdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs.
-
Ratifikatsiya (lot. ratificatio – qaror qilingan, tasdiqlangan)
Xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tan olib tasdiqlanishi. Odatda, eng muhim xalqaro shartnomalargina O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ratifikatsiya qilinadi.
-
Reabilitatsiya (lot. rehabilitatio - tiklash) (tibbiyotda)
Organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. Og‘ir kasalliklar (miokard infarkti, insult, orqa miya shikastlanishlari, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlarning shakli o‘zgarishi bilan kechadigan kasalliklari); markaziy nerv sistemasining jiddiy zararlanishlari, ruhiy kasalliklar va boshqalarga uchragan bemorlar reabilitatsiyaga ko‘proq muhtoj bo‘ladilar.
-
Real ish haqi dinamikasi
Yakka ishchi va jamoaning ayrim guruhi uchun, davlatning iqtisodiy rivojlanishi jarayonida nominal ish haqi dinamikasi va yashash xarajatlari indeksining nisbatiga qarab o‘zgarib borishi mumkin.
-
Real mavjud daromad
Birlamchi isteʼmol qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlari darajasiga to‘g‘ri keladigan nominal shaxsiy daromad miqdori.
-
Reyting (ing. rating-baho)
Maʼlum bir obyekt yoki hodisaning ahamiyatini yoki ahamiyatini tavsiflovchi raqamli yoki tartibli ko‘rsatkich.
-
Reintegratsiya
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish.
-
Ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlikning davomiyligi
Fuqaroni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish kunidan boshlab uning yashash joyidagi hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan chiqarish o‘rtasidagi davr davomiyligi.
-
Ro‘yxatdan o‘tgan ishsizlik darajasi
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatga olingan ishsizlar sonining mehnatda faol band bo‘lganlar soniga nisbati, foizda.
-
Samaradorlik
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi iqtisodiy samaradorlik o‘lchovi. Bu ko‘rsatkich amalga oshirilgan investitsion va innovatsion jarayonlariga sarflangan mablag‘lar hajmi bilan natijada olingan sof daromad miqdorlarining taqqoslash o‘lchov ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
-
Samarali bandlikka ko‘maklashuv jarayoni
Aholining ish bilan bandlikka ko‘maklashuv jarayonida ishsiz fuqarolarni kasb-xunarga, yuqori professional darajali ishchi kasblarga o‘qitish, malaka darajasiga hozirgi zamon texnik-texnologik jihozlangan munosib ish o‘rinlarini tashkil etish, jamiyatning har bir aʼzosi uchun munosib daromad, mustahkam sog‘liq, taʼlim va kasbiy darajasining o‘sishiga tashkiliy, huquqiy va moddiy imkonlarni barpo etish davlat tadbirlaridan iborat.
-
Sanoat xavfsizligi
Korxonada (muassasada, tashkilotda, firmada, klasterda) ishlab chiqarish vositalari va sharoitlarining meʼyoriy-texnik hujjatlar bilan belgilangan mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqligi xususiyatini belgilovchi tashkiliy, texnologik va moliyaviy shartlar majmuasi.
-
Sanoat hududi
Qurilayotgan yoki amaldagi faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat sohasiga taalluqli bino va inshootlar joylashgan hudud;
-
Sanoatda amaliyot o‘tish
Kasb-xunarga va professional ishchi kasblari bo‘yicha o‘quv markazlari o‘quvchilar tomonidan korxonalarda (zavod, fabrika, ishlab chiqarish sexlarida, firmalar, klasterlarda) o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilish va mustahkamlanish jarayoni.
-
Sanksiya ( lot. sanctio – qatʼiy qaror)
Qonun normasining elementi, bunday qoidada buzilgan shaxs uchun salbiy oqibatlarga olib keladi.
-
Sinov muddati
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 85, 86 moddalariga binoan yollanma xodim (ishchi) va ish beruvchi o‘rtasida rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan muddat, uning davomiyligida ishga yollangan shaxs uning yaroqliligini aniqlash, xodimning unga topshirilgan ishiga muvofiqligini aniqlash uchun sinovdan o‘tkazilish muddati. Odatda yangi ishga olingan xodimning (ishchi) sinov muddati uch oydan oshmasligi kerak.
-
Siyosat (qadimgi grek. πολιτική – “boshqaruv faoliyati”)
Milliy iqtisodiyot sohalarini samarali boshqarish, jamiyatda iqtisodiy strategik yo‘nalishlarni ko‘zda tutib, mahalliy hokimiyat organlari va jamoat institutlari yordamida davlat va jamiyat oldida rivojlanish harakatlar strategiyasini ijro etishga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy tadbirlar majmuasi.
-
Smena (rus. смениться -"almashinmoq, boshqasining o‘rniga kelmoq")
Uzluksiz texnologik jarayonni tashkil etish bo‘yicha almashinib ishlovchi va dam oluvchilar guruhlar davom etadigan vaqt muddati.
-
Soliq
Aholi va korxonalardan olinadigan davlat boji. Davlat faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilotlar va jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy, individual ravishda to‘lov majburiyatlar tizimi.
-
Suhbat
Ish beruvchi tomonidan yangi tayinlangan yollanma ishchi o‘rtasida maxsus uyushtirilgan muloqot bo‘lib, uning davomida mutaxassisning kasbiy mahorati darajasi va psixologik holati baholanadi.
-
Statistika (lot. status -“vaziyat”)
Tor maʼnoda milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish haqidagi haqqoniy maʼlumotlar yig‘ish, tartiblash, tahlillash, sharhlash va obʼektiv bahoni taʼriflash sohasidir. Bunga statistik tadqiqot va tajriba rejalashtirish ham kiradi.
-
Stagflyasiya
Iqtisodiy inflyasiya va ishsizlik darajasining bir vaqtning o‘zida o‘sib boradigan iqtisodiyotdagi keskinlikni ifoda etuvchi xolat.
-
Strategiya (qadimgi grek στρατηγία – qo‘mondonlik sanʼati)
Uzoq vaqtni qamrab oladigan umumiy tarzda, jamiyatning va iqtisodiyotning istiqbolli faoliyatida rivojlanib borish yo‘lini belgilab berish mexanizmi.
-
Subsidiya (lot. subsidium – yordam, qo‘llab-quvvatlash)
Davlat budjeti, mahalliy budjetlar mablag‘lari yoki maxsus jamg‘armalardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahallalarga beg‘araz pul mablag‘i yoki natura shaklidagi beriladigan yordam.
-
Sug‘urta polisi
Majburiy yoki ko‘ngilli sug‘urta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi rasmiy qimmatbaho qog‘ozda belgilangan shakldagi hujjat.
-
Sug‘urtalovchi
Xodimni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan ish beruvchi.
-
Tabiiy ishsizlik
Mavjud tarkibiy va mavsumiy ishsizlik miqdorlardan shakllangan ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi soniga bo‘lgan nisbati hisoblanadi.
-
Taftish
1) Bo‘lib o‘tgan ish, hodisa va boshqalar yuzasidan yoki haqiqiy ahvolni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv. 2) Korxona, kompaniya, tashkilot, muassasalar moliyaxo‘jalik faoliyatini, mansabdor shaxslarning xizmat faoliyatini, hujjatlar, byudjet muassasalarida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi; buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘ri yuritilishini tekshirish; nazorat qilish omillaridan biri.
-
Tajriba
Mehnat faoliyati jarayonida maʼlum darajadagi bilimlarga asoslangan mahoratli (professional) amaliy harakat sohibi bo‘lish .
-
Tarif darajasi
Xodimlarning (ishchilarning) mehnatiga maosh (ish haqi) to‘lashni mehnatning murakkabligi bo‘yicha farqlashga imkon beradigan tarif toifalari va tegishli tarif koeffitsiyentlari jadvali.
-
Tarif tizimi
Har xil murakkablikdagi maosh (ish haqi) farqlashuviga imkon beruvchi meʼyoriy talablar majmuasi.
-
Tarif-malaka maʼlumotnomasi
Muayyan tarmoqda bajariladigan ishlar ro‘yxatini, bu ishlarning kvalifikatsiya xususiyatlarini, xodimning bilim darajasi, ishlab chiqarish mahorati, usullari va boshqalarga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjat.
-
Tarif razryadi ko‘rsatkichi
Tarif jadvalining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, xodimning malaka darajasiga muvofiq belgilanadi.
-
Tarif stavkasi
Xodim (ishchilarning) ish faoliyatining bir soat yoki bir kunlik mehnati uchun to‘lanadigan maoshi (ish haqini) hajmini boshlang‘ich hajmi. Xodimlarga ish haqi to‘lashda mustaqil tarif tizimining asosiy elementi bo‘lib, 1-razryad tarif stavkasi hisoblanadi, yaʼni u vaqt birligida oddiy mehnatga to‘lanadigan minimal haqni bildiradi.
-
Taʼlim yo‘nalishi-
Taʼlim muassasasida bitiruvchi tomonidan tegishli darajadagi taʼlim dasturi bo‘yicha egallangan va ular tomonidan kasbiy yoki lavozim faoliyatining muayyan turi bajarilishini taʼminlaydigan bazaviy va fundamental bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar yig‘indisi.
-
Tarifsiz ish haqi tizimi
Xodimning ish unumdorligini tavsiflovchi malaka darajasiga asoslangan shuningdek, xodimning ishlagan ish soati va mehnatga qo‘shgan hissasini ham hisobga oluvchi mehnatga haq to‘lash turi. Ayrim paytlari shoshilinch va favquloddagi vaziyatlarda vaqtincha yoki muntazam ravishda qo‘llanadigan to‘lov usuli.
-
Tarkibiy ishsizlik
Ayrim vaziyatlarda va hududlarda mavjud ish o‘rinlari tarkibi mehnatga layoqatli aholi tarkibiga mos kelmasligi sababli kelib chiqadigan ishsizlik. Tarkibiy ishsizlik holatidan chiqib ketish maqsadida mavjud ishsizlarni dastlabki o‘qitish, qayta tayyorlash yoki boshqa joyga ko‘chirish tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi
-
Tarmoq
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanib, fan, taʼlim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning alohida sohasi shaklida amal qiladi.
-
Tarmoqning malakaviy ramkalari
Kasblar (lavozimlar) va tarmokda talab kilinadigan kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlari, davlatning milliy malaka tizimi talablariga muvofiq malakalar darajalarini tarkiblashtirilgan majmuasi.
-
Tashkilot
Mulk shakli va tasarrufidan qatʼiy nazar korxona, muassasa yoki boshqa yuridik shaxs maqomidagi jamoa.
-
Tashqi mehnat migratsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishi.
-
Tashqi mehnat bozori
Dunyo mehnat bozorida davlatlardagi mavjud mehnat resurslarining taklifi va talablarini shakllantiruvchi iqtisodiy-ijtimoiy institut.
-
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish tizimining auditi
Mulk shaklidan, faoliyat turidan va tasarrufidan qatʼiy nazar korxona (tashkilot)da mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik holati jihatidan tashkiliy-huquqiy tadbirlarni ijro etish jarayonlarini muvofiqlashtirish tizimi.
-
Tashkil etilgan yangi ish o‘rni
Ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmini kengaytirish, shuningdek ishlab chiqarishni innovatsion talablariga muvofiq qayta jihozlash jarayonida ish beruvchi tomonidan barpo etilgan yangi yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini tubdan yangilab tashkil etilgan ish o‘rni.
-
Tashkilot personalini boshqarish
Korxona (tashkilot) bo‘linmalari rahbarlari va xodimlarining lavozim vazifalarini maqsadli tarzda malakasiga qarab taqsimlash, mehnatini baholash, rotatsiya qilish va istiqbolli innovatsion texnologik jarayonlarga muvofiq ularni qayta tayyorlash.
-
Taʼsischi
Fuqarolik huquqida – tashkilot – yuridik shaxsni yaratgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Aksariyat hollarda taʼsischilar (muassis) huquq layoqatiga va (yoki) muomalaga layoqatsiz shaxslar bo‘la olmaydi (masalan, voyaga yetmaganlar, ruhiy xastalikka chalingan va boshqalar). Yagona taʼsischi o‘z qaroriga binoan yuridik shaxsni yozma ravishda tuzadi, ikki yoki undan ortiq taʼsischilar taʼsis shartnomasini tuzadilar, unda tuzilish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha ravishda ishtirokchilarning maqomi ham belgilanadi.
-
Texnik xodimlar
Boshqaruv va rahbar tizimlardagi xodimlar faoliyatiga har tomonlama texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish (nashr etish, ko‘paytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texnikasiga sifatli xizmat ko‘rsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni ijro etadigan xodimlar.
-
Tizimli ishsizlik
Milliy iqtisoliyot sohalarida mavjud mehnat resurslari miqdori bilan barpo etiladigan yangi ish o‘rinlar miqdori o‘rtasidagi nomutanosiblikni ifoda etuvchi mehnat bozoridagi vaziyat.
-
To‘liq bo‘lmagan ish vaqti
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan meʼyoriy vaqtdan kam bo‘lgan vaqt, shu jumladan yarim kunlik ish (kundalik ish davomiyligi normasini kamaytirish; ish smenasi), bir vaqtning o‘zida kundalik ish (ish smenasi) davomiyligi va ish haftasidagi ish kunlari sonining qisqarishidir.
-
To‘liq ish bilan bandlik
Iqtisodiyotning rivojlanish bosqichida, mehnatga layoqatli barcha shaxslar malakasiga va istagiga maqbul ish topish imkoni bor vaziyat. Xalqaro mehnat tashkilotining talablariga muvofiq jamiyatda ishsizlik darajasi 5% oshmagan holatdir.
-
Trening (ing. training – train – «o‘qitmoq, tarbiyalamoq»)
Bilim, ko‘nikma va malakalarni, shuningdek, ijtimoiy munosabatni rivojlantirishga qaratilgan faol taʼlim usuli.
-
Tripartizm (lot. Tripartitus – uch qismdan iborat)
Har bir davlatda Xalqaro mehnat tashkiloti nizomlariga muvofiq, jamiyatda ijtimoiy-mehnat munosabatlarni to‘laqonli hal etish jarayonida uch tomonlama vakillar (davlat, xodimlar va ish beruvchilar) o‘rtasidagi hamkorlik bitimi. Tripartizm munosabatlari ish beruvchi, yollanma ishchilar o‘rtasida, davlatning kafolatli nazoratida mehnat jarayonidagi ijtimoiy sheriklik asosida munosib mehnat sharoitlarini barpo etish, mehnatning miqdori va sifatiga qarab adolatli maosh (ish haqi), mehnatning erkin tarzda tashkil etilishi va mehnat jarayonini inson sog‘ligiga havfsiz sharoit talablariga rioya qilish hisoblanadi.
-
Umumiy ishsizlik holatining darajasi
Ishga layoqatli aholining maʼlum bir yoshdagi guruh ishsizlar sonining (XMT standartlariga muvofiq) tegishli yosh guruhidagi ishchi kuchi (ish bilan band va ishsiz) soniga nisbati, foizda.
-
Unifikatsiya (lot. uni, unus - bir va facere -qilmoq)
Yagona tizimga, shaklga, bir xillikka keltirilgan, uyg‘unlashgan shaklda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, muassasa, firma, klaster.
-
Ustama to‘lov
Xodim (ishchi)larga og‘ir mehnat sharoitlari yoki yuqori sifatli ish yoki bo‘lmasa qo‘shimcha mehnat vazifalarini yuklanganligi uchun xodimlar maoshiga (ish haqiga) belgilangan qo‘shimcha to‘lovlar.
-
Ustav
Munosabatlarning har qanday muayyan sohasidagi faoliyatni tashkil etish tartibi yoki har qanday davlat organi, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va boshqalarni tartibga soluvchi qoidalar to‘plami.
-
Uy mehnati
Oilaning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mehnat faoliyatining shakli. Uy ishi - bu mamlakatning insoniy va ijtimoiy salohiyatiga asos soladigan ijtimoiy foydali va samarali mehnat turlaridan biri.
-
Uy xo‘jaligi
Mustaqil xo‘jalik yuritayotgan bir kishi yoki ko‘pincha birgalikda yashaydigan va umumiy uy xo‘jaligini boshqaradigan bir kishidan iborat bo‘lgan xo‘jalik subʼekti. Odatda, bunday shaxslar guruhini qarindoshlik yoki oilaviy aloqalar birlashtiradi.
-
Uzluksiz taʼlim
Shaxsning hayoti davomida o‘z bilimlari va malakaviy darajasini oshirish maqsadida davlat va nodavlat oliygohlarida, o‘quv maskanlarida (shu jumladan xorijda) shaxsiy bilim salohiyatin rivojlantirish jarayoni.
-
Vaucher (angl. voucher – «tilxat, kafillik»)
Yozma sertifikat, kvitansiya, tovarlar olinganligini tasdiqlovchi hujjat, tovarlar yoki xizmatlar uchun chegirmalar.
-
Vaxta usuli
Bu ishchilarning doimiy yashash joyiga har kun qaytib kelishini taʼminlash imkoni bo‘lmagan xollardagi mexnat jarayonining shakli
-
Verifikatsiya (lot. verum –«rost » + facere “qilmoq”)
Inson faoliyatining turli sohalarida quyidagilarni anglatishi mumkin: tekshirish, tasdiqlash, har qanday nazariy qoidalar, algoritmlar, dasturlar va protseduralarni eksperimental maʼlumotlar, algoritmlar va dasturlar bilan taqqoslash orqali haqiqatga muvofiqligini isbotlash usuli.
-
Volontyor ( lot. voluntarius – ixtiyoriy)
Bepul asosda ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs.
-
Xalqaro mehnat tashkiloti (The International Labour Organization)
Dunyo davlatlarida ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish, insonga munosib xalqaro mehnat standartlarini ishlab chiqish va nazorat etish vazifalarini o‘z zimmasiga olgan ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilot. XMT 1919 yilda tashkil etilgan, uning shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloting ixtisoslashtirilgan bo‘linmasi (1946 yildan boshlab) hisoblanadi.
-
Xavfli hudud
Shaxs xavfli va (yoki) zararli ishlab chiqarish omiliga duch kelishi mumkin bo‘lgan hudud.
-
Xavfsiz masofa
Xodim (ishchi) bilan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining salbiy taʼsirining ehtimoli bo‘lmagan, xodim (ishchi) va xavf zarar manbai o‘rtasidagi eng kichik masofa, yaʼni ishchi xavfli hududdan tashqarida bo‘lgan masofa hisoblanadi.
-
Xavfsizlik normalari
Bu ishlab chiqarish va mehnat jarayonining shartlarini tavsiflovchi tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, biologik va boshqa meʼyorlar, qoidalar, tartib va mezonlarni taʼminlash, ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar. ularning mehnat jarayoni, faoliyatidir.
-
Xavfsiz ish sharoitlari
Ishchilarning zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillariga taʼsir qilishi yoki ularning ishchilarga taʼsiri darajasi belgilangan meʼyorlardan oshmaydigan ish sharoitlari.
-
Xavf va xatarlar
Zarar yetkazish ehtimoli bo‘lgan barcha manbalar va ularning salbiy taʼsiri.
-
Xavfli mehnat sharoitlari
Bu xodimga ish kuni yoki smena davomida (ishchiga) zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari taʼsir etadigan va uning hayotiga tahdid solishi va kasallik oqibatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayon.
-
Xavfni baholash
Ishda mavjud bo‘lgan xavf-xatarlarni aniqlash, ushbu xavflarning ko‘lamini va ularning mumkin bo‘lgan oqibatlarini aniqlash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish va mehnat xavfsizligini yaxshilash usullari.
-
Xodimlar, xizmatchilar
Korxonada ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlayotgan (tashkilotda, muassasa, firmada, klaster) hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni, hisob va nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek moliya-xo‘jalik ishlarini amalga oshiradigan shtat birligidagi lavozim egalari.
-
Xizmat safari
Bu xodimning ish beruvchining buyrug‘i bilan maʼlum bir muddatga doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun safari. Doimiy ishi yo‘lda amalga oshiriladigan yoki safar xususiyatiga ega bo‘lgan xodimlarning xizmat safarlari xizmat safarlari deb hisoblanmydi.
-
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020)
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka razryadlari diapazonini va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash, shuningdek taʼlimning yo‘nalishi va darajasiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
-
Xizmatchi lavozimi
-
Xizmatchilar
Tashkilotda hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni, hisob va nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek xo‘jalik xizmatini amalga oshiradigan lavozimni egallagan mutaxassislar;
-
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
Funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo‘jalik xizmati ko‘rsatish, ularni qo‘riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati ko‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish kiradigan xodimlar. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari ham kiradi.
-
Xodim maʼlumotining eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar
«Taʼlim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xizmatchi yoki ishchi kasbi bo‘yicha ishga kirishda, qoidaga ko‘ra, bajariladigan ishlar va funksional vazifalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib talab qilinadigan maʼlumotning eng past darajasi. Ishga qabul qilishda maʼlumot yo‘nalishiga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari talablari hisobga olingan holda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin.
-
Xodimni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash
Mehnat (xizmat) vazifalarini bajarishda hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan xodimning mulkiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha munosabatlar majmui.
-
Xavf va xatarlar to‘g‘risida ogohlantirish
Vizual (xavfsizlik belgilari, xavfsizlik ranglari, yorug‘lik signallari) va ovozli signallar yordamida amalga oshiriladigan xavf-xatarlar to‘g‘risida, shuningdek, xatti-harakatlarning to‘g‘riligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish asosida ishchini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar.
-
Xodim, xizmatchi lavozimi
Korxonada ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlayotgan (tashkilot, muassasa, firma, klaster) shtat birligida mehnat faoliyati jarayonida xodimning egallab turgan lavozim funksional vazifalari, lavozim huquqlari va javobgarlik xususiyati bilan belgilanadigan xizmat mavqei;
-
Xalqaro mehnat tashkiloti deklaratsiyalari
XMT Ustavida o‘z aksini topgan meʼyoriy hujjatlari bo‘lib, ular davlatlarda mehnat munosabatlari sohasidagi muhim tashkiliy, huquqiy va texnik muammolari va uzoq muddatli vazifalarni belgilaydi.
-
Xalqaro migratsiya tashkiloti (The International Organization for Migration)
1951 yilda tashkil etilgan va uning yaratilishining asosiy sabab ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada katta ko‘lamdagi migrantlar oqimini tartibga solish bo‘ldi.
-
Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari
Xalqaro mehnat standartlari hisoblanib, ular ratifikatsiya qilinmaydi va mamlakatlarga maʼlum bir sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Odatda ularda mehnat muammolari Konvensiiyalarga qaraganda batafsilroq yoritadi.
-
Xalqaro standartlar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng qadimgi va eng muhim vazifalaridan biri keng ko‘lamli amal qilish doirasi uchun xalqaro standartlarni belgilaydigan konvensiyalarni qabul qilishdir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti mehnatga oid xalqaro standartlarni belgilaydi. Ular har yili Moskvada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro mehnat konferensiyasida qabul qilinadi. XMT konvensiyalari shartnomalar kabi ishlaydi, agar ular ratifikatsiya qilinsa, XMTga aʼzo davlatlarga konvensiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklaydi.
-
Xodimlarning mavqei
Xodimlar lavozimlarining yagona malaka maʼlumotnomasi yoki boshqa qonun hujjatlari asosida aniqlanadigan rasmiy lavozimga, lavozim vazifalariga muvofiq malakaviy darajasi maqbul mehnat faoliyati.
-
Xodimlarni shakllantirish tizimi
Bu kadrlarni rejalashtirish, ishga qabul qilish va tanlash bo‘yicha o‘zaro bog‘liq harakatlar majmui.
-
Xodimlarni tanlash
Bu murojaat yetuvchilarning umumiy sonida professional darajaga ega bo‘lgan va davlat xizmatiga kirish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlari talablariga javob beradigan shaxslarni aniqlash, shuningdek, sinovdan o‘tgandan keyin ularning davlat xizmatlari lavozimlariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
-
Xodimlar toifasi
Xodim (xizmatchi)ning mehnat faoliyati va mazmunining tavsiflarini qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Korxonada (tashkilotda) maʼlum turdagi funksiyalarni bajaradigan xodimlar guruhi. Qoidaga ko‘ra, xodimlarning quyidagi toifalari ajratiladi: ishchilar, xizmatchilar, mutaxassislar, menejerlar.
-
Xodimning mehnat salohiyati
Uning ijtimoiy foydali faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini belgilaydigan malaka va mehnat qobiliyatining yig‘indisi.
-
Xorijiy ish beruvchi
Ishga joylashtiriladigan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq mehnat migrantlarini yollash huquqiga ega bo‘lgan xorijiy davlatning jismoniy yoki yuridik shaxsi.
-
Xronometraj
Har bir ishlab chiqarish birligini ishlab chiqarish bilan ko‘p marta takrorlanadigan operatsiyaning alohida elementlarini bajarish uchun ish vaqtining sarflanishini kuzatish orqali operatsiyalarni o‘rganish usuli.
-
Xususiy bandlik agentligi
Ish qidirayotgan shaxslarga ish topish va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat shaklidagi xususiy prinsipda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotidir.
-
Chet el fuqarosi
O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan va xorijiy davlatning fuqarosi bo‘lgan shaxs.
-
Chet ellik xodim
Chet el fuqarosi bo‘lib, vaqtincha mamlakatda bo‘lib, belgilangan shartnoma talablariga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshiradi.
-
Chet el fuqarosining mehnat faoliyati
Chet el fuqarosining ish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida qabul qiluvchi mamlakatda ishlashi.
-
O‘rindoshlik
Asosiy lavozim bilan bir vaqtning o‘zida boshqa maoshli (ish haqi ) lavozimni egallab turish, shuningdek, asosiy ishdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa ishni muntazam bajarish xolati.
-
O‘rtacha ish haqi
Ish beruvchi tomonidan hisoblab chiqilgan va xodimga o‘z daromadlarining saqlanishi kafolatlangan davr uchun to‘lanadigan pul miqdori.
-
O‘z-o‘zini ish bilan band qilish
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan va shaxsiy mehnatga doir ishtirokiga asoslangan, ish haqini (mehnat daromadini) olishga qaratilgan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatida nazarda tutilgan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiradigan shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan, muntazam ravishda majbriy to‘lovlarni amalga oshirib mehnat qilvyotgan fuqarolar.
-
Shartnoma
Amaldagi qonunlarga asosan fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va majburiyatlarini rasmiy amalga oshirish yoki o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi bitimniig turidan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy holati, shuningdek, ogzaki yoki yozma ravishda tuzilgan shartnoma mazmunini ifodalovchi huquqiy hujjat sifatida amal qiladi.
-
Shaxsning kasbiy deformatsiyasi
Bu shaxslarning ayrim professional faoliyatini ko‘p yillar davomida amalga oshirish jarayonida paydo bo‘ladigan fiziologik yoki psixologik hodisa. Bu shaxsning mehnat mahsuldorligiga salbiy taʼsir qiladi, kasbiy jihatdan nomaqbul fazilatlarni vujudga keltiradi va insonning kasbiy xulq-atvorini o‘zgartiradi.
-
Shaxsiy himoya vositalari
Xodimni zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari, shu jumladan maxsus kiyimlar taʼsiridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan vositalar
-
Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi
Fuqaroning qishloq va shahar atrofidagi yer uchastkasida o‘z ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyat turi.
-
Shikoyat (arznoma)
Shaxsning mehnat sharoitlaridan, rahbarlar yoki jamoadagi nosog‘lom muxitdan, maosh (ish haqi) miqdoridan norozilik va maʼlum talab bilan og‘zaki yoki yozma tarzda bildirilgan fikr. Xodimning (yoki xodimlar guruhining) har qanday darajadagi yoki mehnat sharoitidagi rahbariyatning harakatlari bilan yozma yoki og‘zaki kelishmovchiligi. Xodimlarni shikoyat qilish tartibi mehnat munosabatlari tizimini tartibga solishning muhim elementi hisoblanadi.
-
Shirkat
Jamoa mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari.
-
Shtat birliklarini qisqarishi
Bir yoki bir qancha korxonalarda, (tashkilotlarda, muassasalarda, firma va klasterlarda) xodimlar (ishchilar) sonining har xil sabablarga ko‘ra (texnologiya o‘zgarishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turi va miqdori kamayishi, iqtisodiy inqiroz taʼsirida korxonaning shtat jadvali va birliklarining qiqartirilishi oqibatida vujudga keladigan vaziyat.