Jizzax shahar “Ishga marhamat” Monomarkazida "Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

14.10.2021

Unda jami 11 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 136 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada yoshlar, jumladan, kasb hunar kollejlari bitiruvchilari hamda harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a’zolari qatnashdi.

Tadbirda fuqarolarning 6 nafarini yo‘llanma asosida o‘zlari tanlagan kasb mutaxassiliklari bo‘yicha ishga yuborildi. Shuningdek, shahardagi Tijorat banklari tamonidan tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushunchalar berildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida "Bolaga kitob bering" shiori ostida "Kitobxonlik yarmarkasi" ham o‘tkazildi.

Yarmarka yakunida esa harbiy xizmatchilar oila a’zolari uchun monomarkazga ekskursiya uyushtirildi.