Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

01.09.2021

Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, sizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Istiqlol nashidasi, bayram sururi barchamizni ezgu ishlar va amallar sari undayversin. Doimo xonadoningizdan qut-baraka, qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin.

Yurtimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat ila Tashqi mehnat migratsiyasi va qaytgan mehnat migrantlarning reintegratsiya dasturlari boshqarmasi jamoasi