“YOSHLAR BANDLIGI DASTURLARI”

22.06.2023

“Yoshlar bandligi dasturlari” doirasida 686 314 nafar yoshlarni bandligiga ko'maklashish ko‘zda tutilmoqda

Ma’lumki, 2023-yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida "Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan har bir hududda ishsiz hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi dasturlari” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, mehnat bozoriga kirib kelayotgan:
➖ 143,2 ming nafar bitiruvchilarni korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
➖ 53,4 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
➖ 15,1 ming nafarini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
➖ 20,3 ming nafarini har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor tadbirlari asosida tadbirkorlarga biriktirish;
➖ 10,8 ming nafarini “Usta shogird” asosida hunarmandlarga biriktirish;
➖ 27,9 ming nafarini qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali bandligini ta’minlash;
➖ 69,2 ming nafarini o‘zini -o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish;
➖ 19,1 ming nafariga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish orqali bandligini ta’minlash;
➖ 31,1 ming nafariga subsidiya ajratish orqali bandligini ta’minlash;
➖ 243,3 ming nafari boshqa yo‘nalishlarda (OTMga o‘qishga kiradiganlar) bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilda umumiy o‘rta-ta’lim maktablari, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari soni 686 314 nafarni tashkil qilmoqda.
“Yoshlar bandligi dasturlari”ga oid batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

                                                                            “YOSHLAR BANDLIGI DASTURLARI”