Yosh tadbirkorlar vazir bilan uchrashdi

20.05.2021

Navoiy shahridagi "Yoshlar markazida" O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturining Navoiy viloyatidan saralab olingan tadbirkorlarga qurilmalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Navoiy viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Atamurodov, Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Avezov ishtirok etishdi.

🎉Navoiy viloyatidan 5 nafar saralab olingan tadbirkorlarimiz:

Yarashov Ozodbek– «Inno-Step» MChJ rahbari,

Raimberdiyeva Nazokat–«Raimberdieva Nazokat» YATT,

Baxronov Akmal –«Compass Group» MChJ rahbari,

Shodiyeva Aziza – «Chevarqizlartikuvxonasi» oilaviy korxonasi rahbari

Sanaqulov Baxtiyor – «GeodesicWork» MChJ rahbari