Yig‘ilishda mahalliy farmasevtika korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar belgilandi.
Jumladan:
- qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan xom ashyolar ro‘yxati Investisiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi va Farmasevtika agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Hozirgi kunda ushbu ro‘yxat 5 ta vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va 5 yildan buyon yangilanmagan;
- mahalliy korxonalarning GMP sertifikatini olish bilan bog‘liq xarajatlari Farmasevtika agentligi tomonidan qoplab beriladi;
- korxonalarni modernizasiya qilishni moliyalashtirish To‘g‘ridan-to‘g‘ridan investisiyalar jamg‘armasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Yig‘ilishda yil yakuniga qadar 80 ta tumanni dorivor o‘simliklarni yetishtirishga moslashtirib, 7,5 ming gektarda plantasiyalar tashkil etish (hozirda 600 gektar) vazifasi qo‘yildi.