Yig‘ilishda aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning sa’y-harakatlarini birlashtirish lozimligi ta’kidlandi.

12.04.2022

Bu faqat Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining ishi emasligi, balki:

- Sog‘liqni saqlash vazirligi talabni shakllantirishi va sifatli mahalliy dorilarni qidirib topishi;

- Moliya vazirligi kafolatli davlat xaridlarini joriy qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirishi;

- Investisiya va tashqi savdo vazirligi yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, loyihalarni ko‘paytirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Agar viloyat hokimlari 200 dan ziyod farmasevtika korxonalari bilan uchrashib, masalani ichiga kirganida edi, ko‘p muammolar joyida hal bo‘lardi”, dedi Prezidentimiz.