Yaponiyaning “Nippon Academy Educational” ko‘p tarmoqli ta’lim klasteri bilan xalqaro hamkorlik shartnomasi asosida Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” Monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi tashkil etildi.

O‘quv kurslarini amalga oshirish uchun 7 nafar yaponiyalik mutaxassislar jalb etilib, 2 nafari O‘zbekistonda, qolgan 5 nafari masofaviy o‘qitish shaklida faoliyat yuritmoqda.
Markazning asosiy vazifasi yaponiyada ishlashni istagan fuqarolarni “Yapon tili” (JFT-Basic) va “Maxsus kasbiy malaka” (Tokutey gino) testlariga tayyorlashdan iborat.
Xozirgi kunda, mazkur testlarga tayyorlov kurslarida Respublika bo‘yicha 465 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi hisobidan ta’lim olmoqdalar.