Yaponiya kompaniyalarining onlayn mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
22.12.2021
Ilk bor o‘tkazilayotgan tadbirda 300 ga yaqin o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi. Ular 15 dan ortiq Yaponiya kompaniyalari vakillari bilan yapon tilida bevosita suhbatlashib, ish beruvchilar savollariga javob berishdi.
Ochiq muloqot tarzida olib borilgan yarmarkadan so‘ng, muvaffaqiyatli qatnashgan o‘zbekistonliklarga Yaponiya kompaniyalari aloqaga chiqishi kutilmoqda.