Yaponiya davlatida qishloq xo‘jaligi, qariyalarni parvarishlash va ishlab chiqarish sohalarida ishlash istagidagi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni “Ishga marhamat” monomarkazlaridagi yapon tili kurslariga taklif qilamiz

15.11.2022


‼️Yaponiya davlatida qishloq xo‘jaligi, qariyalarni parvarishlash va ishlab chiqarish sohalarida ishlash istagidagi 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni “Ishga marhamat” monomarkazlaridagi yapon tili kurslariga taklif qilamiz!

➡️Agar siz ishsiz bo'lsangiz, Aholi bandligiga ko'maklashish markazlari yo'llanmasi asosida bepul o‘qishingiz mumkin!
Darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi va 6 oy muddatda davom etadi, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarga N4 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishga ko‘maklashiladi.

➡️O‘qishni yakunlab, yapon tilini N4 darajada o‘zlashtirganlarni Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan tanlov asosida tashkillashtirilgan tarzda kunchikar mamlakatga ishga yuboriladi.(o‘rtacha oylik ish xaqi 1200 – 1600 AQSH dollari)

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Ishga marhamat monomarkazi telefon raqami: (71) 207-69-00
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi telefon raqami:
(71) 202-33-55, (71) 200-00-61.