"Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar"
21.05.2021
Ushbu mavzudagi siyosiy o'quv soati O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, YUNESKO akademigi, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi Qobilbek Karimbekov ishtirokida tashkil qilindi.
Tadbirda joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga mamlakatimiz hayotidagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotgani, Prezident saylovining mazmun-mohiyati, Saylov kodeksi, milliy saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda har bir fuqaroning daxldorligini oshirish borasida tushunchalar berildi.