"Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

25.03.2023

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamdaToshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorligida "Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirish, amaliyotga tadbiq qilish va uning ahamiyati" mavzusida ochiq munozara shaklida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasi, maktabgacha va maktab ta’limi, qurilish, aloqa, transport, ishlab chiqarish sohasidagi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar, tartibga solinayotgan munosabatlar hamda amaldagi kodeks bilan farqli jihatlari muhokama qilindi