Yangi Mehnat kodeksiga mehnat shartnomasi quyidagi shartlarning kiritilishi o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

08.11.2022

Yangi Mehnat kodeksiga mehnat shartnomasi quyidagi shartlarning kiritilishi o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

✅ Majburiy mehnatni ta'qiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

✅ Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni ta'qiqlash talablarini buzadigan;

✅Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

✅Xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o‘zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.