Xorijiy ishchi kuchini noqonuniy ravishda ishga jalb qilish ta'qiqlanadi

06.04.2022

Toshkent shahridagi “STUDY FIRST” MCHJ rahbari lavozimida ishlagan B.B. xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzganligi sababli Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-4-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirildi.

Qonun buzilishni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatma kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.