Xorazm viloyati Hazorasp tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi

25.02.2021

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, harbiy xizmatdan qaytgan, aliment to‘lovchi va undiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda 36 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 242 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Unda jami 172 nafar ishsiz fuqarolar qatnashib, ulardan 43 nafariga doimiy ishga joylashish, 23 nafariga kasb-hunarga o‘qitishga, 45 nafariga o‘ziga maqbul kelgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamda hunarmandlar uyushmasi bilan «Ustoz-shogird» an’analari asosida 20 nafariga yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 20 nafar ishsiz fuqaroga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar ajratishga arizalar qabul qilindi hamda tumandagi “Shovot” mahallasida ayollar sartaroshchiligi, “O‘zbekiston” mahallasida qandolatchilik, pishiriqchilik kasblarini o‘rgatish uchun tashkil qilingan kasb-hunarga o‘qitish maskanlari kerakli asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlandi.

Shuningdek, ishsiz fuqarolarning 21 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.