Xaridlar byudjetini aniqlash uchun

09.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil
23-iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kelib tushayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini samarali va sifatli ko‘rib chiqish uchun 24-soat davomida qo‘ng‘iroqlarga javob beruvchi ishonch telefonlarni tashkil qilish uchun еng yaxshi taklifni tanlash savdolari orqali xarid qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 1-ilovada ularning texnik topshiriqlari ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xaridlar byudjetini aniqlash uchun 2023-yil 12-iyun soat 17:00 ga qadar ilovada keltirilgan talablarga muvofiq tijorat takliflarini QQSni hisobga olgan holda tasdiqlovchi materiallar bilan xarid@mehnat.uz elektron manziliga yo‘naltirishingizni so‘raymiz.
Tijorat takliflari taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qilishi lozim.

ILOVA