Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi o'tkazildi

10.08.2021

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbaeva rahbarligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazir Nozim Xusanov Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashi yig‘ilishining 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi asosiy ijrochi sifatida 18 ta, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ham ijrochi sifatida 17 ta ustuvor vazifalarga masʼul etib belgilanganligi, shundan, 2021 yil birinchi yarim yilligi uchun asosiy ijrochi sifatida 10 ta ustuvor vazifalar belgilanib bo‘lib, ushbu vazifаlarni bajarilishi bo‘yicha axborot berildi.

Shuningdek, joriy yilning 2-yarim yilligiga belgilangan vazifalаrni o‘z muddatida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.

Ma'lumot o'rnida: Joriy yilda “Heritage” Jamg‘armasi tomonidan “Wall Street Journal” bilan hamkorlikda chop etiladigan “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2021” yillik hisobotida O‘zbekiston avvalgi 114-o‘rindan 108-o‘ringa yuqorilagan holda o‘z o‘rnini 6 pog‘onaga yaxshiladi. Shuni qayd etish kerakki, bevosita vazirlik masʼul bo‘lgan Mehnat bozori erkinligi komponenti bo‘yicha 60,3 ball (+0,4 ball) to‘plab, avvalgi 93 o‘rindan 84 o‘ringa yuqorilagan holda o‘z o‘rnini 9 pog‘onaga yaxshilandi.