#Xalqaro_hamkorlik
10.05.2022
Bugun vazir Nozim Xusanov Koreya Respublikasining O‘zbekistonda yangi tayinlangan elchisi janob Kim Xisang bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada yuqori darajaga olib chiqish, migratsiya sohasida hamkorlik,
KOICA tashkiloti bilan birgalikda Farg‘ona viloyatidagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining ochilish muddatlari masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, lavozmiga yangi tayinlangan janob Kim Xisang, vazirlik bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilishida o‘z vakolatlari doirasida qo‘llab quvvatlashini bildirdi.