WorldSkills Russia O‘zbekistonda WorldSkills harakati ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi

09.06.2020

WorldSkills Russia birlashmasi O‘zbekistonda WorldSkills harakatining operatori hisoblanuvchi Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assosasiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. 

 photo_2020-02-08_09-13-55

Memorandum O‘zbekistonda WorldSkills harakatini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat hamkorligi birinchi bosqichining muvaffaqiyatli davomi bo‘ldi. Yangi ikki tomonlama hamkorlik mamlakatda harakatning kelajakda keng miqyosda yoyilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasida kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan birgalikdagi turli loyihalarni nazarda tutadi. 

 3.1adc717f402331d7c26226f1f8ca5f8e

O‘zbekistondagi WorldSkills vakillarining so‘zlariga ko‘ra, harakat uchun yosh kadrlarning malakasini oshirish hisobiga iqtisodiyotni rivojlantirishning muvaffaqiyatli tajribalarini va yangi imkoniyatlarini oshirgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish g‘oyat muhim. Kasbiy mahorat bo‘yicha musobaqalarni tashkillashtirishdan tashqari, O‘zbekistonda WorldSkills harakatining shakllanishi malakani mustaqil baholash markazini yaratish, mutaxassislik uyushmasini tuzish, mustaqil baholash tizimini ishlab chiqish va joriy qilish hamda kelgusi skills-pasportni berish orqali WorldSkills metodikasi bo‘yicha kompetensiyalarni e’tirof qilish, kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalarda birgalikda qatnashish, WorldSkills ning eng yaxshi jahon tajribalariga muvofiq kasbiy va ta’lim standartlarini yangilash, shuningdek milliy jamoalarning birgalikdagi mashg‘uloti va ikki davlatning WorldSkills xalqaro musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarligi kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. 

 2.1adc717f402331d7c26226f1f8ca5f8e

Bundan tashqari, Rossiya 2021 yili Shanxaydagi kasbiy mahorat bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida respublika sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish va ularni musobaqaga tayyorlashga yordam beradi.