WORLDSKILLS NIMA?

19.09.2023

WORLDSKILLS NIMA?

Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jamiyatda sanoatni rivojlantirish uchun professional kadrlarga bo’lgan talab keskin oshdi. Biroq, kvalifikatsiyali kadrlar soni yetarli emas edi. Jamiyat oldida turgan dolzarb vazifa – “Malakali (Kvalifikatsiyali) kadrlar”ni tayyorlash va mehnat bozori talabini qondirish bo’lib qoldi.

Sanoat korxonalarini yuritish, ishlab chiqarish salmog’ini va maxsulot sifatini oshirish uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash mexanizmini yaratish uchun 1946 yilda  Xose Antonio Elola Olaso yangi g’oyani ilgari suradi.

Ispaniyda paydo bo’lgan ushbu g’oya -1947 yilga kelib Xalqaro kadrlar tayyorlaydigan tashkilotiga asos bo’ldi.

Kadrlar malakasini oshirishning yangi ufqlari Worldskills International – xalqaro notijorat tashkiloti bo‘lib, ikki yilda bir marta o‘tadigan xalqaro chempionatlarni tashkil etish orqali ishchi kasblar nufuzi va maqomini, shuningdek kasbiy tayyorgarlik standartlarini oshirishga qaratilgan.

1950-yilda Ispaniya va Portugaliya o’rtasida 1-jahon chempionati tashkil etilib 12 nafar ishtirokchi etgan bo’lsa, 2019-yilda Rossiya(Kazan shahri)da
63 davlatdan 1350 nafar ishtirokchi va 1350 nafar ekspert ishtirok etdi.

 

O‘ZBEKISTONDA WORLDSKILLS

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining

139- band, Worldskills International (WSI) uyushmasi va sohaning boshqa xalqaro yetakchi tashkilotlari metodologiyasi bo'yicha ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va axborot texnologiyalari sohalarida ishchilarni o'qitish tizimini joriy etish,

140-band, O'zbekistonda yoshlarni kasbiy o'qitishning zamonaviy tizimini joriy etish va rivojlantirish maqsadida xalqaro «World Skills International» uyushmasiga qo'shilish.

141-band, Xalqaro standartlarga muvofiq kasbiy malakani baholash tizimini joriy etish belgilangan.

Shu bois, yoshlarni kasbga o‘qitishning zamonaviy tizimini rivojlantirish maqsadida «Worldskills International» harakatiga qo‘shilish bo‘yicha 2019 yil 13 mayda Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlarni kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 394-sonli qarori qabul qilindi va “Worldskills Uzbekistan” rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

2020-yil 17-yanvarda O‘zbekiston “Worldskills International” xalqaro harakatiga  83-chi a’zo davlat sifatida a’zolikka qabil qilindi. 2023-yil xisobida 86 ta davlat a’zo.

Yangi O’zbekiston uchun yangi kadrlar tayyorlash jarayoniga start berildi.

Mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, kasbiy ta’limni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash,  kasbiy bilim va ko‘nikmalarni va kompetensiyalarni baholashning xalqaro tizimini joriy etish uchun Worldskills International standartlari “drayver” sifatida qabul qilindi.

Worldskills International standartlari O‘zbekistonning kelgusi umumjahon chempionatlarida qatnashishi, shuningdek mintaqaviy va milliy miqyoslarda musobaqalarni tashkil etish, kasbiy ta’lim tizimiga xalqaro standartlarni yanada kengroq tatbiq etishga xizmat qilish bilan bir qatorda, tayyorlanayotgan kadrlar malakasini xalqaro darajada oshishiga yordam beradi.

Worldskillsni O‘zbekistonda rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkori -BMTning TARAQIYOT DASTURI sanaladi. BMTTD, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda, “BMTTD – Rossiya federatsiyasi, taraqqiyot maqsadlarida” trast fondi moliyalashtirgan “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasini amalga oshirmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad mehnat bozoridagi qator faol tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekiston Hukumatiga yordam ko‘rsatish orqali O‘zbekistonda, ayniqsa yoshlar (kollej va universitetlar bitiruvchilari, yosh ayollar va h.k.) orasida bandlikka ko‘maklashish sanaladi.

 

“WORLDSKILLS UZBEKISTAN” MILLIY OCHIQ CHEMPIONATLARI

 

2019-2023-yillarda 4 marta milliy kasblar chempionati o’tkazildi.

- 2019-yil 16-17 dekabr, 10 ta kasb, Toshkent sh.

- 2020-yil 30-31 oktabr, 6 ta kasb, Toshkent sh.

- 2022-yil  28-31 mart, 8 ta kasb, Toshkent sh.

- 2022-yil  14 avgust -13 sentabr Evrosoiyo, 8 ta kasb,  Moskva.

- 2023-yil  iyul-dekabr, 11 ta kasb, Buxoro, Toshkent.

 

2019-yilning 16-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida Band bo'lmagan aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha "Ishga Marhamat" Monomarkazida  Worldskills standartlari asosida  “Skills Uzbekistan-2019”  Ishchi kasblar bo'yicha 1-ochiq chempionati;

Rossiya Federasiyasi xududiy jamoalari va Tatarston Respublikasi terma jamoasi shuningdek Qozog'iston Respublikasi jamoalari ishtirokida jami 66 ta ishtirokchi va 60 ta ekspert

Worldskillsning 10 ta: “Mehmonxona administratorligi”, “Sartaroshlik san’ati”, “Oshpazlik san’ati”,  “Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari”, “Elektromontaj”, “Payvandlash texnologiyalari”,Restoran xizmati”, “Santexnika va isitish tizimlari”, “Modalar texnologiyasi(Tikuvchilik)” , “Biznes uchun dasturiy yechimlar” kompetensiyalari;

2020-yilning 30 va 31 oktyabr kunlari  Toshkent shahrida Band bo'lmagan aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha "Ishga Marhamat" Monomarkazida  Worldskills standartlari asosida “Worldskills Uzbekistan-2020”  Ishchi kasblar bo'yicha 2-ochiq chempionati:

Worldskillsning  6 ta: “Mehmonxona administratorligi”, “Sartaroshlik san’ati”, “Oshpazlik san’ati”,  “Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari”, “Elektromontaj”, “Payvandlash texnologiyalari” kompetensiyalari;

2022-yilda 28, 29 va 30 mart kunlari  Toshkent shahrida Band bo'lmagan aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha "Ishga Marhamat" Monomarkazida  Worldskills standartlari asosida “Worldskills Uzbekistan-2022”  Ishchi kasblar bo'yicha 3-ochiq chempionati:

Worldskillsning  8 ta: “Oshpazlik san’ati”, “Quruq qurilish va suvoqchilik”, “Sartaroshlik san’ati”, “Payvandlash texnologiyalari”, “Modalar texnologiyasi”, “Mobil robototexnika”, “Elektromontaj”, “Tibbiy va Ijtimoiy g’amxo’rlik” kompetensiyalari;

 

MILLIY WORLDSKILLS UZBEKISTAN EKSPERTLARI

2020-yilda O‘zbekistonda Worldskills harakatini rivojlantirish, jumladan kasbiy malakani baholash maqsadida 14 yo‘nalish bo‘yicha (mehmonxona administratorligi, mobil robototexnika, sartaroshlik, oshpazlik, restoran hizmati, santexnika va isitish tizimi, payvandlash, kuruk kurilish va suvok ishlari, moda texnologiyalari, elektromontaj, kosmetologiya, biznes uchun dasturiy yechimlar, buyoqchi, qandolatchi) 79 nafar milliy ekspertlar tayyorlandi.

2021-2022 yilda O‘zbekistonda Worldskills harakatini rivojlantirish, jumladan kasbiy malakani baholash maqsadida 63 ta kompetensiya bo‘yicha (Modalar texnologiyasi (31 WSI), Yengil avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish (33 WSI), Payvandlash texnologiyasi (10 WSI), Elektromontaj (18 WSI), Oshpazlik ishi (34 WSI), Sartaroshlik san'ati (29 WSI), Estetik kosmetologiya (30 WSI), Santexnika va isitish tizimlari (15 WSI), Kran operatori, Tadbirkorlik (R11 WSI), Web dizayn ishlab chiqish (17 WSI)...) 600 nafar milliy ekspertlar tayyorlandi.

 

“WORLDSKILLS UZBEKISTAN-2022”  MILLIY CHEMPIONATI

2022-yilning 16-fevralidan 03-mart kuniga qadar 225 nafar  talabgorlar Milliy chempionatda ishtiriok etish istagini bildirib onlayn ariza bilan murojaat etdi.  2022-yilning 16-, 17-va 18 mart kunlari onlayn saralash chempionati o’tkazilib, 8 ta kompetensiya (“Oshpazlik san’ati”, “Quruq qurilish va suvoqchilik”, “Sartaroshlik san’ati”, “Payvandlash texnologiyalari”, “Modalar texnologiyasi”, “Mobil robototexnika”, “Elektromontaj”, “Tibbiy va ijtimoiy g’amxo’rlik” kompetensiyalari ) doirasida 44 nafar mahoratli ishtirokchilar saralab olindi. Shundan 23 nafari Oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarida va 17 nafari hududiy “Ishga marhamat” monomarkazlar hamda Ishsiz va band bo'lmagan aholini kasb-hunarga o'qitish markaz(KOICA) ta’lim muassasalarida ta’lim oladi.

44 nafar ishtirokchini baholash uchun 77 nafar ekspertlar jalb etildi. Shundan, 31 nafari Oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalaridan, 36 nafari Monomarkazlar va KOICA hamda qolganlari xususiy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatadi. 

“WORLDSKILLS COMPETITION -2022SE”

2022-yilning 15-24 oktyabr kunlari 63 ta kompetensiya bo’yicha 85 ta a’zo davlatlarning professionallari o’rtasida 46-jahon chempionati Fransiyaning Bordo shahrida bo’lib o’tdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk marta 2 ta kasb boʻyicha xalqaro chempionatda qatnashib, Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari kasbidan “Medallion” va “Millat faxri” medallarini qoʻlga kiritildi.

Quruq qurilish va suvoqchilik ishlari kasbi bo’yicha Buxoro davlat universiteti "Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi" yo’nalishi 12-1-TS-19-guruhi talabasi Abdiraximov Akbar Anvar o’g’li “Medallion”ni qo’lga kiritdi.