VOYAGA YETMAGAN SHAXSNING ISHLASHI QONUNIYMI: TALABLAR, IMTIYOZLAR VA JAVOBGARLIK MASALASI

30.06.2020

Qadrli yoshlar, aziz uka-singillarim!

Sizlarni Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Mana shunday quvonchli kunda, avvalo, yurtimizda keyingi paytda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani, o‘g‘il-qizlarimizning ijtimoiy faolligi, Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotganini, zamonaviy, demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishda navqiron avlodimizning munosib ishtirok etayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz yoshlik inson umrining naqadar go‘zal va beg‘ubor fasli, ulkan orzu-umidlar, beqiyos imkoniyatlar davri ekanini yanada chuqur his qilib, siz, navqiron farzandlarimizga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. O‘tgan qisqa davrda jamiyatimiz hayotidan mustahkam o‘rin egallagan bu bayram davlatimiz, xalqimiz o‘z farzandlarining baxti va kamoli uchun hech narsani ayamasligini, mamlakatimiz yoshlari ham Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilishni o‘z hayotining mazmuni deb bilishini yaqqol ifoda etmoqda. Haqiqatan ham yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, doimo e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vazirlik Kengashi tomonidan 2020 yil birinchi chorak davomida 10 dan ortiq tadbirlar tashkil etilib, ularga mingdan ortiq yoshlar jalb etildi. Hududiy boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish, faol va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmokda.

Aziz yoshlar!
Bugungi kunda o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalar butun xalqimiz kabi sizlardan ham har tomonlama katta tayyorgarlik va safarbarlikni talab etmoqda. Ishonamanki, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz. Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.


Nozim Xusanov
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vaziri