Mo‘ynoqda karantin va cheklovlar davrida aholi bandligini ta'minlash masalalari

18.04.2020

Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis tumani, Orolbo‘yi hududi – Mo‘ynoqda karantin va cheklovlar davrida aholi bandligini ta'minlash, ularning daromadlari qisqarishining oldini olishda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Mazkur masalalar yechimi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov bu hudud mas'ullari bilan uchrashib, mavjud vaziyat bilan tanishdi. yechilishi lozim bo‘lgan muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

photo_2020-04-18_21-38-58

Shuningdek, “Tikozek” ovul fuqarolar yig‘inidagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan ajratilgan subsidiya hisobidan qurilgan issiqxonalarda bo‘ldi. 250 nafar ishchini ekin maydonlariga jalb etgan “Muynok kelajagi bunyodkorlari” MChJdagi mavjud vaziyat bilan tanishdi.

Qayd etish lozimki, tumandagi ishsiz va karantin tufayli vaqtincha bandligi ta'minlanmagan fuqarolarning 738 nafari jamoat ishlariga jalb etildi. Ularga Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan 544,5 mln so‘m to‘lab berishish ko‘zda tutilgan.

photo_2020-04-18_21-38-45

Bundan tashqari, 15 gektar yer maydoniga kooperativ tashkil etilib, mazkur kooperativda 50 nafar fuqaro bandligi ta'minlanmoqda. 4 ta kam daromadli oila va 28 nafar ishsiz fuqaroga yengil tipdagi issiqxona qurish, shaxsiy va dala tomorqada ekishga urug‘, ko‘chat va sug‘orish vositalari xarid qilishi uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 71,4 mln so‘m subsidiya ajratildi.