Vazirning birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov Navoiy viloyatida
01.07.2021
Vazirning birinchi o'rinbosari Erkin Muhitdinov boshchiligida Navoiy viloyati Navbahor tumanida bir qator o'rganish ishlari olib borildi.
Xususan, "Qorajon" mahallasi "Tepa tup" ko'chasida istiqomat qiluvchi 11 nafar fuqarolarga subsidiya asosida 7 qutidan asalari olib berilib, "Asalarichilik drayver" ko'chasi tashkil qilindi.
Shuningdek, "Tepa tup" ko'chasida yashovchi 25 nafar ishsiz xotin-qizlarga hunarmandchilik yo'nalishida savat to'qish bo'yicha kerakli tushunchalar berilib, ushbu hunarga o'qitish jarayonlari boshlandi.