Vazirlikda halqaro uchrashuv

09.12.2021
Uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari, Rossiya Xalqlar do'stligi universiteti (РУДН) vakillari bilan muzokara o'tkazdi.
Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida qurilish sohasiga ishlashga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida  rus tilini o'qitish va patent olish uchun imtihon topshirish masalalarini  optimallashtirish  muhokama qilindi.