Vazirlikda 2022-yilgi rejalar yuzasidan qo'shma yig'ilish o'tkazildi

03.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 14-dekabr kuni kengaytirilgan videoselektori bayoni hamda Oliy Majlis Senatining “Hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish ishlari samaradorligi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish to‘g‘risida”gi Qarori yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov hamda Oliy Majlis Senati, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2022-yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha aniq vazifalar kelishib olindi.