"Vazirlik va idoralar xodimlarining Mehnat shartnomalarini bekor qilish jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilishi va ogohlantirish muddatlarini uzaytirish" yuzasidan rasmiy munosabat

30.03.2023

#RASMIY_MUNOSABAT

🌍Ijtimoiy tarmoqlarda "Vazirlik va idoralar xodimlarining Mehnat shartnomalarini bekor qilish jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilishi va ogohlantirish muddatlarini uzaytirish" yuzasidan keng tarqalayotgan xabarlar  bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son hamda 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmonlari bilan ma'muriy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu islohotlar davomida shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarni ish beruvchi tomonidan ishga joylashtirish choralarini ko'rishi belgilangan.
Hozirgi kunda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarga mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan.
Mehnat kodeksining 102-moddasi talablaridan kelib chiqib, ogohlantirish muddatlarini uzaytirish ish beruvchining huquqi hisoblanadi.

Amaldagi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi qismi 1-bandida ogohlantirish muddati kamida ikki oy oldin berilishi kerakligi belgilangan. Shunga ko‘ra ish beruvchi tomonidan ushbu ogohlantirish muddatini uzaytirish qonuniy hisoblanadi.
Bu jarayon xodimga ogohlantirish muddati uzaytirilganligi ma’lum qilingan xat (xabarnoma) taqdim etish orqali amalga oshirilishi tavsiya etiladi.

Belgilangan muddatlarda ishga joylasha olmagan xodimlarning ogohlantirish muddatini uzaytirish ularga o'ziga maqbul ish o'rni topishida imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari, ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarning ishdan bo'shatilishi to'g'ri rasmiylashirilganligi, yetarli asoslar mavjudligi va belgilangan tartibga rioya etilganligini qayta ko'rib chiqishni tavsiya etamiz.
Amaldagi Mehnat Kodeksining 92-moddasiga ko‘ra, shtatlar soni qisqartirilgan ish beruvchi xodimni ishga joylashtirish choralarini ko'rishi shart. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda noqonuniy ishdan bo‘shatish hisoblanadi.

Ma'lumot uchun:
+998 71 239 41 21 ( ichki rakam 243) Xudoynazarov Akmal
+998 71 239 41 21 (ichki raqam 252) Bobomuradov Otabek