Vazirlik tizimida faol mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida faol mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi:
1. "Yilning eng namunali boshqarmasi" - Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i Hamroyev Anvar Ashurovich;
2. "Yilning eng mas’uliyatli boshqarmasi" - Tashkiliy va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig’i To‘rabekov Mashrabbek Ulug‘bekovich;
3. "Yilning eng tezkor boshqarmasi" - Mehnat bozori va mehnat migratsiyasi tahlili Yig‘ma axborot tahlil departamenti mudiri Po‘latov Shuxratjon Kurbanovich;
4. "Yilning eng namunali xodimi" - Tashqi mehnat migratsiyasi va qaytgan mehnat migrantlarning reintegratsiya dasturlari boshqarmasi boshlig’i Askarov Zohid Sadikjanovich ;
5. "Yilning eng jonkuyar erkak xodimi" - Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Maxmudov Temur Asomidinovich;
6. "Yilning eng jonkuyar ayol xodimi" - “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi”MCHJ direktori Gorbunova Yekaterina Sergeyevna
7. "Yilning eng tezkor xodimi" - Vazir yordamchisi Tursunov Sanjar Kabuldjonovich;
8. "Yilning eng faol yosh xodimi" - Ijtimoiy tahlil, statistika va xalqaro reyting boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Egamov Xurshidjon Shukurjon o‘g‘li;
9. "Yilning eng tashabbuskor xodimi" - Ijtimoiy tahlil, statistika va xalqaro reyting boshqarmasi boshlig‘i Nuruddinova Adiba Gaziyevna;
10. "Yilning eng ijodkor xodimi" - Vazirning matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Mavjudaxon Axmadovna Mirzayeva;
11. "Yilning eng kreativ xodimi" – "Ishga marhamat" band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish monomarkazi direktori Shirin Ro’zmetova;
12. "Yilning eng yaxshi tizim tashkiloti" - “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini Yarqulov Xusan Muxtarovich;
13. "Yilning eng yaxshi inspeksiya rahbari" - Toshkent viloyati Inspeksiya boshlig‘i Tashkulov Ma’rufjon Subankulovich.