Vazirlik mutasaddilari hamda Osiyo taraqqiyot banki Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘limi ijtimoiy sektor katta mutaxassisi Xin Long o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

02.08.2022

Vazirlik mutasaddilari hamda Osiyo taraqqiyot banki Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘limi ijtimoiy sektor katta mutaxassisi Xin Long o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy yilning 25-iyul – 1-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasi doirasida OTB missiyasi yakunlari sarhisob qilindi. Tadbir davomida loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha rejalar va jarayonlar muhokama qilindi, OTBdan tavsiyalar olindi hamda loyihaning keyingi bosqichlari kelishib olindi.