Vazirlik markaziy apparati xodimlari Davlat tili – o'zbek tilida ish yuritish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5850-son farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 20-oktyabrida “Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6084-son farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik markaziy apparati xodimlari Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida tashkil etilgan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining malakali mutaxassisi tomonidan bilim va ko'nikmalarini oshirmoqdalar.