Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 424-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

05.08.2022

                            

 

Vazirlar  Mahkamasining  2022-yil  2-avgustdagi

“O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI

HUDUDIDA   XIZMAT   SAFARLARI   TO‘G‘RISIDAGI

NIZOMNI   TASDIQLASH   HAQIDA”gi

424-son  qarori  tasdiqlandi.

 

Mazkur  qarorga  binoan  quyuda  keltirilganlar

bilan  tanishib  chiqishi  taklif  etiladi !

 

  1. Xizmat safariga yuborilgan xodimni xizmat safarida bo‘lgan muddatida va yo‘lda bo‘lgan muddatda ish joyi (lavozimi), mehnatga haq to‘lash shartlari, mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimdagi xodimlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

 

O‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga ish beruvchilarning o‘zaro kelishuvi asosida yuboriladi va uning o‘rtacha ish haqi uni xizmat safariga yuborgan tashkilotda saqlanadi. Xizmat safariga bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham o‘rindoshlik asosidagi ishi bo‘yicha xizmat safariga yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Ichki o‘rindoshlik asosida ishlayotgan shaxs xizmat safariga yuborilganda esa o‘rtacha ish haqi asosiy va o‘rindoshlik asosidagi lavozim bo‘yicha saqlanadi.
  • Xodimning xizmat safari davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda tashkilotning ish kunlari mehnatga haq to‘lashning yangi shartlarida haqiqatda ishlagan kunlariga to‘g‘ri keladigan soni uchun mehnatga haq to‘lovlari qayta hisoblanadi.
  • Xizmat safari davridagi ish vaqtida, shu jumladan, xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytishda yo‘lda bo‘lgan davrlarda xodimning mehnatga layoqatliligini yo‘qotishi yoki vafot etganligi munosabati bilan kompensatsiya to‘lovlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  • 13. Xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy bilan bog‘liq xarajatlar (mehmonxona yoki turar joy ijarasi), xizmat safari joyiga borish, shu jumladan, xizmat safari doirasida shaharlararo va tumanlararo harakatlanish hamda doimiy ish joyiga qaytish uchun yo‘l xarajatlari qoplanadi, shuningdek, kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.

 

  1. Xizmat safariga yuborilgan shaxsga xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi yo‘l xarajatlari qoplanadi:

 

  1. a) umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati:
  • umumiy foydalaniladigan transportning xizmat safariga yuborilgan shaxsga tegishli tasdiqlovchi hujjatlari asosida.
  • Bunda:
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbariyati va xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlariga barcha tariflar bo‘yicha chipta qiymati to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan;
  • boshqa toifadagi xodimlar uchun “biznes” (havo yo‘llari transporti) va “VIP” (temir yo‘l transporti) tarifidan arzon bo‘lgan barcha turlari bo‘yicha chipta qiymati to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan hamda “biznes” (havo yo‘llari transporti) va “VIP” (temir yo‘l transporti) tarifi bo‘yicha chipta qiymatining 70 foizi miqdorida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari (yoki ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarning mablag‘lari), qolgan qismi xodimning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
  • b) transportda yo‘lovchilarni majburiy davlat sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlar;
  • v) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, yo‘lda yurish hujjatlarini oldindan sotish, samolyot va poyezdlarda joylarni bronlash xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar;
  • g) tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, tashkilot rahbarining ruxsati bilan havo, temir yo‘l, suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida bagajni olib o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar;
  • d) umumiy foydalanishdagi transport bilan (taksidan tashqari) stansiyagacha, aeroportgacha yetib olish xarajatlari, agar ular aholi yashaydigan hududdan tashqarida joylashgan bo‘lsa. Bunda kechki vaqtda yoki umumiy foydalanishdagi transport mavjud bo‘lmagan taqdirda, tashkilot rahbariga xodimlar uchun yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga ega taksida yurganlik uchun haq to‘lash huquqi beriladi;
  • e) yo‘lda ko‘rpa-to‘shak buyumlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar (tasdiqlovchi hujjatlarsiz haq to‘lashga qabul qilinadi);
  • j) xizmat safari bekor qilinishi munosabati bilan xarid qilingan (yoki bron qilingan) yo‘l chiptalari qaytarib topshirilishi munosabati bilan olib qolinadigan mablag‘lar va xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan qaytarib berilmaydigan boshqa xarajatlar;
  • z) yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda:
  • budjet tashkilotlari xodimlari uchun xizmat safari yo‘lkirasiga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizi miqdorida;
  • boshqa tashkilotlar xodimlari uchun jamoa kelishuvi (shartnomalari), mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan, biroq har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foizidan kam bo‘lmagan miqdorlarda.
  • Bunda transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, Internet jahon axborot tarmog‘idagi elektron xaritalardan foydalangan holda masofalarni aniqlashga ruxsat etiladi.
  • 15. Xizmat safarining har 30 kalendar kunidan so‘ng dam olish kunlari xodimning doimiy yashash joyiga kelish va xizmat safariga yuborilgan joyiga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l xarajatlari mazkur Nizomning 14-bandi “a” va “z” kichik bandlarida belgilangan miqdorlarda qoplanadi.
  • Shuningdek, xizmat safari davridagi dam olish kunlari xodimning doimiy yashash joyiga kelish va xizmat safariga qaytib borish uchun yo‘l xarajatlari miqdori uning mazkur dam olish kunlari uchun to‘lanadigan yotoqxona va kunlik xarajatlaridan ko‘p bo‘lmagan hollarda dam olish kunlari xodimning ixtiyoriga ko‘ra doimiy yashash joyiga kelish va xizmat safariga yuborilgan joyga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l xarajatlari mazkur Nizomning 14-bandining “a” va “z” kichik bandlarida belgilangan miqdorlarda qoplanadi.
  • Bunda xodimning doimiy yashash joyida bo‘lgan vaqt uchun kunlik xarajatlar to‘lanmaydi.