Vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Qirg‘iziston Respublikasi Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.
21.11.2022
Vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Qirg‘iziston Respublikasi Mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi. Unda ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligiga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘qitish sohasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida batafsil axborot taqdim etildi va mazkur sohalarda doimiy tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonning ilg‘or tajribalarini Qirg‘izistonda taqbiq etish bo‘yicha maslahatlashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.