Vazir o‘rinbosari Namanganda

02.08.2021

Nodir Yakubov Namangan tumani Olahamak qishlog‘idagi so‘ngi 3 yil davomida foydalanilmagan Iqtisodiyot kollejida bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga, xorijiy tillarga va tadbirkorlikka o‘qitish kurslarini tashkil etish uchun 10 yilgacha bo‘sh bino va inshootlarni ijarasiz foydalanishga berish bo‘yicha hududdagi tadbirkorlar bilan suhbatlashildi.

 Shuningdek, kasb-hunar markazidan ajratib berilgan maydonda 9 ta tadbirkorlar tomonidan yiliga 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilib, 1170 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.