Vazir Sirdaryo viloyatida
Dastavval Nozim Baxtiyarovich Xusanov va tuman sektor rahbarlari hududdagi "Dehqonobod" mahallasidagi "Dehqonobod asl anori" kooperativida anorni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bundan tashqari “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, "Dehqonobod" MFYdagi tomorqalarida anor yetishtirayotgan fuqarolar A.Umarov va M.Boboyev, R.Raimov, D.Tursunov xonadonlariga birma-bir kirilib, ular bilan suhbatlashildi. Shuningdek, anor yetishtirish va anor yetishtiruvchi xonadonlar sonini ko‘paytirish borasida tuman hokimligi bilan birgalikda choralar ko‘rish masalalari muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, tumanda 1600 dan ortiq anor yetishtiruvchi xonadonlar bo‘lib, ularning sonini qariyb 3000 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Keyingi manzil M39 Toshkent-Termiz magistral yo‘lining Mirzaobod tumani o‘tish qismida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan servis va xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini joylashuv dislokatsiyasi bo‘ldi.
Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad - ushbu magistral yo‘ldan o‘tuvchi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash va bu orqali aholi bandligiga ko‘maklashishdan iborat.