Vazir Sherzod Kudbiyev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
2019-yil 18-iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ishtirokida “O‘zbekiston mehnat bozoridagi holat, majburiy va bolalar mehnatiga qarshi choralar va mehnat migratsiyasi tizimidagi islohotlar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjuman davomida aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mehnat migratsiyasi tizimida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aniq raqamlar va natijalar misolida yoritildi va soha bo‘yicha kutilayotgan istiqbolli loyihalar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari xususida ham alohida to‘xtab o‘tildi.
Matbuot anjumanida OAV vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, mavzuga oid dolzarb masalalarda qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.