Vazir Sherzod Kudbiyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

04.06.2019

2019-yil 4-iyun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev ishtrokida “O‘zbekistonda mehnat sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va natijalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Vazir Sherzod Kudbiyev so‘nggi yillar O‘zbekiston mehnat siyosatida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, aholi bandligini ta'minlash, ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish va tayyorlash, mehnat migratsiyasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tanqidiy-tahliliy to‘xtalib o‘tdi.

“Mehnat sohasida hali ko‘p kamchiliklar borligini yashirmaymiz, ularni hal etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Biroq mazkur muammolarni to‘la bartaraf etish birgina vazirlik faoliyati bilan bog‘liq emas, bunda ommaviy axborot vositalari vakillari ham faol bo‘lishlari, jamoatchilik e'tiboriga mehnat sohasi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni, undagi yutuq va kamchiliklarni xolis va haqqoniy yetkazib borishi zarur. Ana shunday o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa, o‘ylaymizki, olib borayotgan sa'y-harakatlarimiz yanada samaraliroq bo‘ladi” – deya ta'kidladi vazir.

Matbuot anjumani davomida mehnat sohasidagi mavjud muammolar va mavzuga oid boshqa dolzarb masalalarda OAV vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

IMG_3120

IMG_3112

IMG_3135

IMG_3142