Vazir Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kumush tola” XK faoliyatini ko‘zdan kechirdi

13.04.2021
O‘rganishlar davomida korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, Janubiy Koreyadan keltirilgan ipak mato to‘qish dastgohlarini montaj qilish jarayoni, shu bilan bir qatorda "Ipak gilam va ipak par ko‘rpa ishlab chiqarish loyihasi" bilan ham yaqindan tanishildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, korxonaga 200 nafar ishsiz, “Ayollar” daftariga kiritilgan xotin-qizlarni ustoz-shogird yo‘nalishida ipak gilam to‘qishga o‘qitish bo‘yicha shartnoma ham imzolangan.