Vazir Qarshi shahar "Ishga marhamat" monomarkazida nogironligi bo'lgan shaxslar bilan uchrashdi

20.01.2022

Vazir Nozim Xusanov Qarshi shahar "Ishga marhamat" monomarkazida nogironligi bo'lgan shaxslar bilan muloqot qildi. Uchrashuv davomida fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar, xorijiy til, kompyuter savodxonligi va kompyuterda dasturlash asoslari bo'yicha tashkil etilgan o'quv kurslari bilan tanishtirildi.

➡️ Ma’lumot uchun: Tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57 sonli "Nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko'maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.