Vazir o‘rinbosari: So‘nggi 2-3 yilda biz borib ko‘rmagan, fuqarolarni qabul qilmagan shahar, tumanlar qolmadi

23.02.2022

Dunyo miqyosida 840 million aholi ishsiz.

Bu ko‘rsatkich bugungi kunda yurtimizda 1 million 420 mingtani tashkil qiladi. Jamiyatimizning asosiy muammosi bo‘lib turgan bandlik masalasiga yechim izlash ayni paytda har bir davlat va nodavlat tashkilotlarining birlamchi vazifasiga aylangan.  
Mamlakatimizda ishsizlik muammosiga qanday yechim topilmoqda? Umuman o‘zi bu masalani to‘liq hal qilsa bo‘ladimi? Qaysi muammolar yechimini kutib turibdi?
Bu kabi savollarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida javob berildi.

👉 Batafsil Vazir o‘rinbosari: So‘nggi 2-3 yilda biz borib ko‘rmagan, fuqarolarni qabul qilmagan shahar, tumanlar qolmadi (+video) (uza.uz)