Vazir o‘rinbosari N.Yakubov Surxondaryo viloyati Denov tumanida o'rganishlar o'tkazdi

04.03.2021

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari N.Yakubov Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi bir qator ishlar bilan tanishdi.

Dastlab, yaqinda ishga tushirilgan “Ishga marhamat” Monomarkazida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, hozirda markazda 8 ta yo‘nalishlar - Servis va xizmat ko‘rsatish sohasi:
1. Ayollar sartaroshi;
2. Erkaklar sartaroshi;
3. Tikuvchi (dizayner+modelyer, bichuvchi, tikuvchi);
4. Oshpaz+Qandolatchi;
5. Neyl-stilist (manikyur, pedikyur);
- Texnik soha:
6. Maishiy uy ro‘zg‘or elektrotexnik buyumlarni ta’mirlash ustasi;
7. Santexnik;
8. Payvandlovchi (elektr, gaz alangasida, yarim avtomat (kempi), argon);
- Raqamli texnologiyalarni o‘rgatish masxsus kursi:
9. Kompyuter savodxonligi (Microsoft Office)
10. Tadbirkorlik asoslarini o‘qitish, bundan tashqari, xorijiy til kurslarini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, jami 134 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.

Shuningdek, o'rganishlar davomida tumandagi 1 va 4-son kasb-hunar maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar ham batafsil ko‘zdan kechirildi.