Vazir o‘rinbosari Bahodir Umurzakov Samarqand viloyatidagi "Ishga marhamat" Monomarkazini ko'zdan kechirdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzakov Samarqand viloyatidagi tez orada foydalanishga topshirishi rejalashtirilgan "Ishga marhamat" Monomarkazida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Ushbu markazda quyidagi yo‘nalishlarda qisqa muddatli o‘quv kurslari joriy etiladi:
👨🍳 Oshpaz-qandolatchi
👨🔧 Elektrik ustasi
🧵 Tikuvchilik ustasi
💇♀️ Ayollar sartaroshi+vizajist
💇♂️ Erkaklar sartaroshi
👨💻 1S buxgalteriya
🚘 Avtomobil ta’mirlash ustasi
🇷🇺 Rus tili
🇺🇸 Ingliz tili
🇰🇷 Koreys tili
va boshqa turdagi kasb-hunar yo‘nalishlarida 2000 nafarga yaqin fuqarolarni qamrab olish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida Monomarkaz ochilish marosimi oldidan olib borilayotgan jihozlash ishlari yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.