Vazir Nozim Xusanov Toshkent viloyatida “Mahallabay" ishlash tizimi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

16.03.2021
Davlatimiz rahbari bugungi kunda mahallalar tizimini isloh qilish, mahallalardagi holatni o‘rganib, “Mahallabay” ishlash tizimini rivojlantirish masalasida vazirlik, idora, tashkilotlar oldiga muhim vazifalarni qo‘ymoqda.
 
Mazkur vazifalarni amaldagi ijrosini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bo‘lib “Mahallabay" ishlash tizimi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
 
Vazirning birinchi manzili tumandagi “Umid” MFYda joylashgan “UMID BARAKA CHEVARLARI” MCHJ hamda Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi hisobidan barpo etilgan “MEHNAT GUZARI” bo‘ldi.
 
Mazkur hududlardagi barpo etilayotgan yangi inshootlar va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, muammolar o‘rganilib, aholi bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan vazir N.Xusanov aholining taklif va muammolari bilan ham yaqindan tanishdi.  
 
Shu bilan birga, “Xo‘jabod” MFYdagi kichik sanoat zonasi faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, mazkur hududda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan aniq va manzilli rejalar yuzasidan kerakli maslahat va takliflar berildi.