Vazir Mirzaobod tumanidagi tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

09.07.2021

Vazir Mirzaobod tumani "Yangi O‘zbekiston" mahallasida Namangan viloyatidan kelib, shu hududda yashaydigan 100 nafar kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ayollar bandligini ta’minlashni maqsad qilgan tadbirkor — Feruza Yakubjonova bilan uchrashdi.

Tadbirkorga yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilayotgan yumshoq o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi kooperativ faoliyatiga oid tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Tez kunlarda ushbu kooperativda ish boshlaydigan ayollar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha ham yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, vazirlikning 245 mln so‘m subsidiya mablag‘lari evaziga tashkil etilgan, 100 nafar band bo‘lmagan "Ayollar" daftaridagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkor O‘g‘iljon Karimovaning "Mirzaobod vodiy tekstil" ishlab chiqarish kooperativi faoliyati ham o‘rganildi.