Vazir Kegeyli tumanida
29.07.2021
Nozim Xusanov: - Kegeyli tumanida ham yuzga yaqin loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Yaqin kunlarda trassa atrofida xizmat ko‘rsatish shahobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi kasbga o‘qitilib, shu hududda ishlash imkoniyati yaratiladi.
Vazir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida 10 gektar yer maydoniga tol ko‘chatini ekish yo‘li bilan tol novdasidan savat to‘qish yo‘nalishini ichiga olgan hunarmandchilik klaster faoliyati bilan tanishdi. Ushbu loyiha orqali 1400 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlanadi.
Shuningdek, tumanning band bo‘lmagan aholisi murojaatlarini tingladi.
\