Vazir Jondorda
Jondor yoshlari haqida ma'lumot:
- yoshlar soni 32890 nafar;
- rasmiy band bo‘lgan yoshlar 17060 nafar;
- norasmiy sektorda esa 10529 nafarni tashkil etadi. Ayni kunga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2316 nafar ishsiz yoshlardan 1980 nafarining bandligi ta’minlangan.
Buxoro viloyati Jondor tumanida ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida yigit va qizlardan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishda amaliy yordam, imtiyozli kreditlar, tadbirkorlikni boshlash uchun yer maydoni ajratish, turli xil kasb bilan shug‘ullanish maqsadida dastgoh va ish qurollari bilan ta’minlash kabi 18 ta murojaat qayd qilindi. Ushbu murojaatlarning har biriga ijobiy yechim topish maqsadida aniq muddatlar belgilandi.