Vazir_Farg`onada

06.05.2022

Bugun Nozim Xusanov vazirlik va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda Koreya Hukumatining grantlari evaziga qurib bitkazilgan Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazidagi o‘quv jarayonlarini borishi bilan yaqindan tanishdi.
O'quv markazida dars berayotgan 5 nafar xorijiy mutaxassislar va KOICA direktori Pak Sunjin xonim bilan birgalikda, markazining ta’lim sifati, Koreya ish beruvchilari, jumladan O‘zbekistondagi Koreya investitsiyalari asosida tashkil etilgan xorijiy va qo‘shma korxonalar uchun malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: O‘quv markazida mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan 5 ta (tikuvchilik, kompyuter dizayn, sartarosh-kosmetolog, elektr-elektronika, avtomobilsozlik) kasb yo‘nalishlari bo‘yicha 6-8 oylik dasturlar asosida Koreya standartlariga mos kasblarni o‘rganayotgan 328 nafar ishsiz fuqarolarga shart-sharoitlar yaratilgan.