O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri birinchi o‘qishda qabul qilindi

19.11.2020

Bugun, 2020 yil 19 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Majlisda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi natijasida qator imkoniyatlar yaratilishi qayd etildi. Bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanatini ta‘minlash, ularni ijtimoiy hamkorlikka jalb qilish, tomonlar o‘z mehnatining natijadorligiga qiziqishini oshirish, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat qonunchiligini tatbiq qilish shular jumlasidan.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.