O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRI NOZIM XUSANOV BOSHCHILIGIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Chimboy tumanida bugungi kunda 11 ta MFY va 10 ta OFY da jami 112746 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Shundan 3 ta (Pashentao‘, Mayjap, Tag‘jap) OFYlari muammoli hududlar hisobiga kiradi.
Joriy yilning 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B.Xusanov boshchiligida tumandagi Pashentao‘ OFY hududida aholining turmush darajasini yahshilash bo‘yicha ovul fuqarolar yig‘ini faollari va hududdagi tadbirkorlik sub’yektlari va fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida hududlarda istiqomat qiluvchi 7 ta fuqarolarni e’tirozlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi va tegishli tashkilotlarga masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari Pashentau OFY hududida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha sartaroshxona, xammom va chorvachilikda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha fikr almashildi.