Uchtepa tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkillashtirildi

14.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yilning 14-may kuni Uchtepa tumanidagi beshta hududda – Uchtepa qurilish kolleji, Uchtepa dizayn kolleji, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ekopark va Uchtepa tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkillashtirildi.

Mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 138 ta korxona va tashkilotlar tomonidan 2900 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, beshta hudud bo‘yicha o‘tkazilgan yarmarka ishida jami 600 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi.

Shulardan 92 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, ularning 52 nafari ayol, 30 nafari esa ish bilan band bo‘lmagan uyushmagan yoshlardan iborat.  Shuningdek, kasbga ega bo‘lmagan 9 nafar shaxs
bandlik organlari tomonidan mehnat bozorida talab yuqori hisoblangan kasblarga bepul qayta o‘qitishga jalb etildi.

Shuningdek, yarmarkada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan tijorat banklari, savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq inspeksiyasi va ta'minotchi korxonalar hamkorligida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida tadbirkorlik pavilonlari tashkil etildi.

Ta'kidlash joizki, aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha samarali natijaga erishish maqsadida hozir maxsus ishchi guruhlar tuzilib, Uchtepa tumanidagi 60 ta mahallada uyma-uy yurilib, ishsizlar ruyxati shakllantirilmoqda.

Uchtepa tumanida tashkillashtirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” 18-mayga qadar davom etadi.

IMG_2627

IMG_2629

IMG_2635

IMG_2636

IMG_2647

IMG_2661

IMG_2672

IMG_2680

IMG_2682

IMG_2688