Uchta xususiy bandlik agentlik MChJlariga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun berilgan lisenziya bekor qilindi
“Avangard Personal xususiy bandlik agentligi”, “Global hansung recruiting xususiy bandlik agentligi”, “Global Resources xususiy bandlik agentligi” MChJlar o‘z arizalari va O‘zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi 25.05.2000 yildagi 71-II-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi 16.10.2018 yildagi O‘RQ-501-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan talablarga binoan lisenziyalari bekor qilindi.